QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 020-133-GURUH TALABASI KO’CHKINOVA ZUHRANING PEDAGOGIK AMALIYOT DAVOMIDA TAYYORLAGAN HISOBOTI MEN G’UZOR TUMANI XTB GA QARASHLI 32-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA PEDAGOGIK AMALIYOT O’TADIM AMALIYOT DAVOMIDA BOSHLANG’ICH SINF DARSLARINI KUZATDIM. BOSHLANGI’CH SINF O’QITUVCHILARIDAN ISH TAJRIBA O’RGANDIM. AMALIYOT DAVOMIDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI, MATEMATIKA, TABIIY FANLAR, TARBIYA FANLARINI O’TDIM, FAN O’QITUVCHISIDAN O’Z TAVSIYALARINI VA FIKR MULOHAZALARINI OLDIM Men 28-aprel kuni 4-sinfga ona tili va o’qish darslarida integratsiya tarzida 5 tashabbus ochiq darsini o’tib berdim. Darsim davomida har bir o'quvchi bilan individual ishlab,ularning psixologiyasini,qiziqishlarini o'rganishga harakat qildim.O'quvchilar bilan mavzu yuzasidan bahs yuritdik. PEDAGOGIK AMALIYOT YUZASIDAN XULOSAM Mening pedagogik amaliyotdan xulosam shuki, amaliyot davomida o’qituvchilikning quyidagi sohalari bo’yicha ko’nikma va malakalarga ega bo’ldim. - Dars reja-konspektlarini tuzish malakasini egalladim. - Darsga tegishli ko’rgazmali qurollarni tanlashni o’rgandim, jumladan “Fe’l” mavzusidan buklet va rangli rasmlar, savolli kartochkalar tayyorlab o’quvchilarga namoyish qildim; - Ta’lim metodlari va usullarini tanlash ko’nikmasiga ega bo’ldim, “Charxpalak” metodidan amalda foydalandim va samarali natija berishiga ishonch hosil qildim; Shu bilan birgalikda maktab fan kabineti uchun ko’rgazmali qurollar, tablitsalar, bukletlar va rasmlar bilan jihozlashda yordamlashdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |