Aqliy hujumning maqsadi va qoidalari
Aqliy hujumni o’tkazishdan maqsad:
muammoni hal qilish uchun g’oyalarni topish;
g’oyalarni ularning ahamiyatliligiga qarab tartiblash;
faol fikrlash malakasini shakllantirish;
kutilmagan g’oyalarni paydo bo’lish jarayonini namoyish qilish;
topilgan g’oyalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish.
Aqliy hujum qoidalari:
g’oyalarni ilgari surilishi bosqichida tanqid taqiqlanadi;
original hatto fantastik g’oyalar rag’batlantiriladi;
barcha g’oyalar yozib boriladi yoki qayd qilinadi;
agar ma’qul topsa muallifning o’zi ham yozib boradi;
“Aqliy hujum” metodida qatnashchilar bir-biri bilan yuridik va ma’muriy jihatdan bog’liq bo’lmasligi zarur;
tahlilchilar guruhi nisbatan samarali g’oyalarni tahlil qiladi, sintez qiladi, baholaydi va tanlaydi;
ushbu tadbirni o’tkazishda keysning “ iqtisodchilar adashsalar ham ularni g’oyasi kelajak uchun xizmat qiladi” degan qoidasiga amal qilish.
Natija:
ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarni puxta o’zlashtirishga erishiladi;
vaqt ajratiladi va qilinadi;
har bir ta’lim oluvchilar faollikka intiladi; - ularda erkin fikrlash layoqati shakllanadi.
|
“SWOT-tahlil” metodidan foydalanish
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |