Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Download 307.58 Kb.
|
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAKUNIY QISM (xotima o‘rnida)
4-rasm
Qarshi shahri Beklar mahallasidagi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdorining foizlarda ifodalanishi. 50
YAKUNIY QISM (xotima o‘rnida) Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining o‘rganilgan vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan talabini solishtirib, tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi ko‘rinishda ega ekanligini guvohi bo‘lamiz. Agar qishloq tekshiriluvchilarining kunlik ratsionidagi o‘rganilgan vitamin (A, D, C, B
) lar me'yorga nisbatan erkaklarda mos ravishda 26,4%, 28,0%, 40,0%, 23,3% larda kam bo‘lgan bo‘lsa, shahar aholisining ushbu mikronutrientlarga bo‘lgan talabi ularga nisbatan me'yorga bir oz yaqinligi namoyon bo‘ldi, ya'ni tegishli ravishda 7,5%, 16,0%, 17,2%, 20,0% larni tashkil etdi. Xuddi shunday holatni qishloq va shahar aholisining ayollar kontingentida ham kuzatildi. Chunonchi, qishloq ayollarining ayni vitaminlarga bo‘lgan talabi mos ravishda 64,0%, 64,0%, 54,3%, 63,3% larga qondirilgan bo‘lsa, shahar ayollariniki bir muncha yuqori ekanligi ko‘rindi, ya'ni ularning A, D, C, B 12 larga bo‘lgan talabi 85,9%, 76,0%, 75,7%, 73,3% larga qondirilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, shahar aholisining ushbu ingredientlarga bo‘lgan talabi, qishloq aholisinikiga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekan. Tekshiriluvchilarning ovqat ratsionidagi A vitaminning kamligini ular tomonidan ushbu vitaminga serob bo‘lgan baliq va baliq mahsulotlarining kam iste'mol qilinganligi bilan tushuntirish mumkin. Shuningdek, jigar hamda hayvon yog‘larining nihoyatda kam yeyilishi bilan izohlash mumkin. Tekshiriluvchilarning ovqat ratsionidagi A vitamin asosan o‘simlik mahsulotlaridagi karatinoidlar, ya'ni sabzavotlar sifatida ko‘p iste'mol qilinish bilan biroz qondirilgan. O‘rganilgan D, C, B 12 , xususan C vitaminining me'yoridan ancha kamligi qayd qilindi. Bu esa tekshiriluvchilar tomonidan meva va sabzavotlar, ko‘katlar va boshqa vitamin C ga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kam iste'mol qilganligini ko‘rsatadi. Qator vitaminlar, shu jumladan, vitamin C ga bo‘lgan ehtiyojning qoniqtirilmasligi nafaqat qishloqlarda, balki markaziy shaharlarda (Moskva, Novomoskovsk, Novokuznetsk, Toshkent va boshqalar) ya'ni, oziq-ovqat ta'minoti nuqtai nazardan yuqori o‘rinda turadigan joylarda ham kuzatiladi va bunday tanqislik oqibatida organizmda moddalar va energiya almashinuviga, biologik faol moddalarning o‘z vaqtida va yetarli miqdorda sintezlanishida salbiy holatlarga olib keladi. Shuning uchun kundalik taomlarni essensial oziq moddalardan tashqari vitaminlar va ma’danli moddalar bilan boyitish muhim masalalardan biridir(2, 9, 10, 12, 14, 32). Shahar kishilarning kalsiy va fosfor bilan ta'minlanishi qishloq aholisiga nisbatan biroz ko‘proq iste'mol qilinganligi namoyon bo‘ldi. Agar qishloq aholisi yuqorida ta'kidlaganimizdek, kalsiyga bo‘lgan talab erkaklarda 69,4 foizga, ayollarda 72,2 foizga 51
qondirilgan bo‘lsa, shahar aholisida bir muncha ko‘proq, ya'ni mos ravishda 76,8 va 79,9 (7,4 va 7,7 % ko‘p) ta'minlanganligi aniqlanildi. Xuddi shuningdek, bunday farqlanish fosfor elementi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining fosforga bo‘lgan talabi me'yorga biroz yaqin bo‘lsa, qishloq aholisiniki esa ushbu makroelementga bo‘lgan talabi sezilarli darajada pastligi kuzatildi. Chunonchi, tekshiriluvchi shahar aholisining fosforga bo‘lgan talabi ham erkaklarda, ham ayollarda mos ravishda 1112 va 1055 mg bo‘lsa, qishloq aholisida bu ko‘rsatkich 975 va 1018 mg ni tashkil etdi. Ovqat ratsionida ushbu makroelementlarning kam bo‘lishi yoki taqchilligi, ularning tayanch-harakat, nerv-endokrin tizimlarining faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. Qishloq aholisining kunlik ovqat ratsionidagi temir ham erkaklarda, ham ayollarda o‘rtacha 70 foizga qondirilgan bo‘lsa, shahar aholisining erkaklarida me'yordan ortiq ekanligi namoyon bo‘ldi. Shahar ayollarida esa temir me'yordan 21,6 foizga kamligi kuzatildi. Ma'lumki, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida temir ikki xil shaklda bo‘lib, go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali qabul qilingan temir organizmda yaxshi so‘riladi. O‘simlik mahsulotlari tarkibida esa temir ko‘p miqdorda uchrasada, ular oshqozon-ichak yo‘lida nisbatan yaxshi so‘rilmaydi. Biz kuzatuv olib borgan tekshiriluvchilarning kunlik ratsionidagi temir asosan o‘simlik mahsulotlari hisobidan ekanligini qayd qilish zarur. Qishloq va shahar aholisining yodga bo‘lgan talabi sezilarli darajada kamligi kuzatildi, faqatgina shahar erkaklarining ushbu mikroelementga bo‘lgan talabi me'yorga biroz yaqinligi ya'ni, 86,7 foizga qondirilganligi aniqlandi. Bunday taqchillik albatta tekshiriluvchilarning endokrin tizimlarining shakllanishida, aqliy va jismoniy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday qilib, biz olib borgan kuzatuvlarning natijalariga tayangan holda shuni aytish joizki, qishloq va shahar sharoitida istiqomat qiluvchi aqliy mehnat kishilarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish, bu borada jamoatchilik orasida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha keng miqyosda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, ularda ovqatlanish madaniyatiga oid tushunchalarini shakllantirish ularning sihat-salomatligini saqlash va muhofaza qilish borasida ijobiy natijalarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 52
XULOSA Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining kunlik ovqat ratsionidagi ayrim mikronutrientlarning 30-39 yosh uchun belgilangan kunlik fiziologik me'yorlarga nisbatan solishtirib va amaldagi ovqatlanishni o‘rganish bo‘yicha mavjud adabiyotlardagi ma'lumotlarni to‘plab, olingan natijalarni tahlil qilib qo‘yidagi xulosalarga keldik. 1. Qishloq va shahar aholisining ovqat ratsionidagi vitaminlar miqdori me'yor darajasidan kamligi aniqlandi. 2. Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining ovqat ratsionida biz o‘rgangan ma'danli moddalardan Ca, P, Fe, J larning miqdori me'yor darajasidan kamligi aniqlandi. Faqatgina shahar erkaklarining temirga bo‘lgan talabi me'yordan ortiq ekanligi kuzatildi. 3. Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining o‘rganilgan vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan talabini solishtirilganda shahar aholisining noessensial oziq moddalarni iste'mol qilishi, qishloq aholisiga nisbatan bir muncha ko‘pligi aniqlandi. 4. Tekshiriluvchilarning vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan bunday taqchilligi birinchidan, ularning ovqat ratsionida ushbu mikronutrientlarga boy bo‘lgan mahsulotlarni kam iste'mol qilinganligi bilan izohlansa, ikkinchidan dekabr oylarida oziq-ovqatlar tarkibidagi ularning miqdorining kam bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. 5. Shahar aholisining erkaklarida temir elementining me'yoridan oshiqcha bo‘lishi, qo‘yidagicha izohlandi, ya'ni oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida temir ikki xil shaklda bo‘lib, go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali qabul qilingan temir organizmda yaxshi so‘riladi. O‘simlik mahsulotlari tarkibida esa temir ko‘p miqdorda uchrasada, ular oshqozon-ichak yo‘lida nisbatan yaxshi so‘rilmaydi. Biz kuzatuv olib borgan tekshiriluvchilarning kunlik ratsionidagi temir asosan o‘simlik mahsulotlari hisobidan ekanligi aniqlandi. Download 307.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling