Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication


Download 1.81 Mb.
bet15/123
Sana30.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1412151
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123
Bog'liq
Мажмуа 2019

Fakultet dekani: prof. B.Eshov

Kelishildi”



O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: M.Fayzullayev
Kirish
Ushbu dastur manbashunoslik va tarixshunoslikning predmeti va obyekti, vazifalari, manbalar va ularning turlari, tarixshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning turlari, manbashunoslik va tarixshunoslikning nazariy muammolari, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati kabi masalalar mohiyatini ochib beradi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va o‘zbek davlatchiligi tarixidagi mavjud bo‘lgan dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, “Manbashunoslik va tarixshunoslik” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish, mavjud ilmiy adabiyotlar va tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Unda kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.


O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda manbashunoslik va tarixshunoslikning vazifasi, predmeti va obyekti, tadqiqot va manbalarning turlarini va tadqiqotlar natijalarini jamlash, manbashunoslikning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va tashqi tahlil qilishni hamda, manbalarni har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil qilishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga manbalar va tarixiy tadqiqotlarning manbashunoslikdagi va tarixshunoslikdagi o‘rni, tarix bilimini targ‘ib qilishning shakllari, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog‘liq manbalar haqida umumiy ma’lumot olishi, ta’lim jarayonida manbalar va ilmiy tadqiqotlardan kichik ilmiy ishlarida foydalanishni o‘rgatishdan iborat.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling