Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication


Download 1.81 Mb.
bet56/123
Sana30.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1412151
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123
Bog'liq
Мажмуа 2019

Gay Pliniy Sekund (24-79 y.) – rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79 yili mashhur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida yuz bergan umumxalq fojeasi vaqtida halok bo’lgan.
Gay Pliniy Sekund – sermaxsul olim, 20 kitobdan iborat “Germanlarning urushlari”, ikki jilddan iborat “Pomponiy Sekundning hayoti” va 37 kitobdan iborat “Oddiy tarix” nomli asarlar yozib qoldirgani ma’lum.
Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo’ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan bahs yurituvchi “Germanlarning urushlari” nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56-117-yy.) “Colnomalar” imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning halok bo’lishigacha (milodning 68 yili) bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga oladi hamda “Germaniya” (unda german va boshqa qabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bo’lgan.
“Pomponiyning hayoti”da Pliniy sobiq boshlig’i Pomponiy Sekundning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar ham bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
“Oddiy tarix” Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etilgan. Unda miallifning o’z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo’lmaganligi, ayrim dalil va voqealarni buzib ko’rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi bo’yicha keng ma’lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e’tiborga sazovordir.

67
Oddiy tarix”da O’zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar, masalan, skiflar, Oks-Amudaryo, Yaksart-Sirdaryo va skifcha joy nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) – mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan.
Jahonga mashhur “Almagest”- “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o’z ichiga oladi), “Optika” (5 kitobdan iborat), “Germanlar haqida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va, nihoyat, “Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin olimga shuhrat keltirgan asarlari “Almagest” va “Geografiya”dir.
“Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning 24- bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shaharlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan.
Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va So’g’diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o’sha mamlakatlar va ular bilan tutash o’lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Yunon va Rim olimlarining tarix va gkografiyaga oid asarlari ma’lum darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bo’lib xizmat qildi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling