Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication
Download 1.81 Mb.
|
Мажмуа 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvint Kurtsiy Ruf
Pompey Trog ( milodgacha I-milodning I asrlari o’rtasida yashab o’tgan) – “Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bunyoda bo’lib o’tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan.
Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma’lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqlir deb hisoblagan. “Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va So’g’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar mavjud. Pompey Trogning bu asari Yustin (II-III asr) tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan. Kvint Kurtsiy Ruf (milodning 1 asri) – mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar yozib qoldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan. Kvint Kurtsiy Rufning asarida O’zbekiston hududining Iskandar Zulqarnayn qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo’zg’olon keng yoritib berilgan. “Buyuk Iskandar tarixi” 1841 yili Myuttsel, 1867 yili T.Nyoldeke va 1885 yili Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan (M.,1963 y.). Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling