Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary education karshi state university
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
Download 399.07 Kb.
|
UMK majmua 222
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI Jahon adabiyoti fanidan (SEMINAR MASHG’ULOTLAR) Qarshi 2019 yil SEMINAR 1. Antik adabiyotining taraqqiyot bosqichlari SEMINAR REJASI: Antik adabiyotining taraqqiyot bosqichlari milliy, tarixiy va ijtimoiy xarakteri. Gomerning Iliada va Odisseya dostoni «Mehnat va kunlar» asarida inson mehnatining ulug‘lanishi. Gomer dostonlarida xudolar va qahramonlar obrazi HESIOD
Hesiod mehnatni qadrlaydi. Aslida o'zi ham ertadan-kechgacha ter to‘kib tirikchilik o'tkazadi. Otasidan qolgan katta davlatni sovurib, yordam so'rab, yalinib-yolvorib kelgan ukasi Persni halol mehnat qilishga chaqiradi. Ter to‘kmasdan, jon kuydirmasdan, qing'ir-qiyshiq yo'llar bilan boylik orttirgan kimsalar ustidan zaharxandalik bilan kulib, ularga qarshi nafrat o'ti bilan sug‘orilgan satrlar bitadi. Qadimshunos olimlar Hesiodni Homerdan bir qadar ustun qo‘yishadi. Hattoki, yunon adabiyoti boshlovchisi, jahon adabiyoti beshigini tebratgan shoir, deb ko‘klarga ko‘tarishadi. Bu da’volarini isbotlash uchun Hesiodning tarjimai holini misol qilib keltirishadi. Shoir tug'ilib o‘sgan Kim shahri haqida ozmi-ko‘pmi ma’lumot saqlangan. Buning ustiga keyinchalik turli xil sabablarga ko‘ra, Beotiya viloyatiga borganligi Askra degan joyda yashab, umrguzaronlik qilganligi haqida manbalar mavjud. Hesiodning nomi hayotiigidayoq Geshkok tog‘ining chor - atrofidagi katta-kichik qishloq va shaharlarga yoyilib borgan, Yunonis- toning boshqa viloyatlarida ham ma'lum va mashhur bo'lgan. Hesiod ijodida urush mavzusi asosiy o'rindadir. Uning deyarli barcha asarlari Yunon-Troya atrofida bo'lib o'tgan urush voqealariga bag'ishlangan. Birgina go'zal Yelenani deb qanchadan-qancha kishilar qon to'kishgan. Axir. butun boshli Troya yer bilan yakson bo'ldi. Uning ustiga o'n yildan ortiq qamal azobini tortgan shahar ahlining chekkan azoblarini aytmaysizmi?! Hesiodning ≪Mehnat va kunlar≫ asari pand-nasihat, didaktika mav- zusiga bag'ishlangani uchun ham Yunon pedagogikasi sahifalarini bezatib turibdi, hattoki G'arbdagi ko'pgina davlatlarda pedagogika tarixini o'qitishda asosiy qo'llanma vazifasini o'taydi. Qadimgi Yunon adabiyotida mifologik xarakterdagi hikoyalar juda ko'p topiladi. ≪Mehnat va kunlar≫ poemasida ayrim ma’budalar insoni- yatning yovuz dushmani, ayrimlari insoniyatning xaloskori, madadkori sifatida talqin etiladi. Prometey, Dionis, Demetra kabilar insonning do'sti, har doim yordam beruvchisi sifatida ta’riflangan. Hesiod Zevs obraziga katta urg'u beradi. Muqaddas olovni Olimp tog'idan olib, insonga hadya etgandan so'ng, Prometey Zevsning qahriga uchrab, og'ir jazoga mubtalo bo'ladi. Zevs bu bilan cheklanib qolmasdan insonga yovuzliklar qilib, beadad qirg'inlar keltiradi. Yasama go'zal Pandorani Prometeyga hadya etadi. Aslida bu go'zalni Zevsning topshirig'i bilan temirchilar piri Gefest tuproq bilan suvdan yasab, uning ichiga kasallik tarqatuvchi zahar solib yuborgan. Bir kuni undan zahar otilib chiqib, hamma yoqni zaharlab, natijada son-sanoqsiz insonlar qirilib ketgan. Odatda ma’bud va ma’budalami ulug'lashgan. Hesiod, boshqalardan farqli o'laroq, ma’bud va ma’budalardan nafratlanadi. Ulami qarg'aydi, inson zotining dushmani deb biladi. Poemadan keng o'rin egallagan ≪Burgut va bulbul≫ masali ham mazmunan nihoyatda boydir. Shoir bulbulni og'ir mehnat qilib, ma- shaqqatli hayot kechiruvchi oddiy xalq vakiliga, burgutni zolim, boy- badavdat kishilarga o'xshatadi. Asardagi voqealar ≪O'ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan≫, degan xalq maqolini eslatib turadi. Burgut panjalari orasida bulbulni changallab, osmonga uchib, xohlasa qonini ichib, ezib tashlashi mumkin. Bechora bulbul qancha qichqirmasin, har qancha tipirchilamasin ojizligicha qoladi. Hesiodning xosiyatli va xosiyatsiz kunlar, oy va yillar taqvimiga oid naqllari ham ruhiyat bilan bog'liq lavhalardir. Shu jihatdan olib qaraganda, poemaning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati ham kattadir. www.ziyouz.com kutubxonasi ESXIL
Download 399.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling