Qarshi Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o’qitish metodikasi yo`nalishi
Download 447.52 Kb. Pdf ko'rish
|
2.3. Qishloq xо‘jaligi, ixtisoslashuvi. AQSh qishloq xo`jligi yuqori darajada entensivlashgan. Bu tarmoqda 22.8 mln kishi (18 % ishlovchilar) band. Yirik fermerlar ko`paymoqda . 500 ming dan dollar daromad oluvchi 2 % fermer xo`jaliklar 13 % ishlanadigan yerga egalik qilganlari holda , 40 % mahsulot ishlab chiqarilmoqda . AQSH agrosanoat majmuasi qishloq xo`jaligi, transport, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari, moliya-bank tizimi va ilmning samarali uyg`unlashgan asosidagi agrobiznes darajasiga yetdi. AQSH jahon bozoriga 50 % makkajo`xori , 20% mol va qo`y g`oshti , 1/3 bug`doy yoki jami qishloq xo`jaligi mahsulatlarning 15 %ni chiqaradi . Ko`rinib turibdiki, qishloq x o`jaligi yirik ko`lami va xilma- xil mahsulotlar ishlab chiqarish mehnat unumdorligining yuqoriligi va texnika bilan qurollanganlik darajasi , yuqori Tovar xo`jaliklarning ixtisoslashuvi va koperatsiyasi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi. Haydaladigan yerlar barcha yerlarning 20 % , o`rmonlar va to`qayzorlarning 29 %ni , o`tloq va yaylovlarning esa 26 % ni tashkil etadi . Yer fondining katta qismi (hududining 2/3) qismi xususiy yer egaliga , qolgani davlatda qarashlidir .Xususiy yerlarning 62 %i fermer xo`jaliklarga qarashli bo`lib, 60 % fermerlar yeri to`la xususiy mulk bo`lsa qolganlari qisman egalik qiladi yoki ijarachidir . Fermerlar yerlarining 1/3 qismigina to`la shaxsiy yer egaligiga qarashlidir . Qishloq xo`jaligida yirik xo`jaliklarning roli ortib bormoqda. Bunday yirik xo`jaliklarga fermer maydonlarining 50 %i qarashli bo`lib, qishloq xo`jaligidagi daromatning 50 %ga yaqini tog`ri keladi . AQSH g`arbida esa o`rtacha fermer xo`jlaiklari (180 ga ) kengaymoqda. Ammo yirik xo`jaliklar tomonidan kichik va o`rta xo`jaliklarni siqib chiqarish jarayonlari ham kuzatiladi . Qishloq xo`jaligi tarkibida chorvachilik (Qishloq xo`jaligi mahsulotining qiymatining 52 %) ustun rivojlangan . Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarning 52 % yaylovlarda iborat (239 mln ga ) va dunyo Avstraliya va Xitoydan so`ng uchinchi o`rinda turadi . Ziroalchilikda yirik don xo`jaliklari katta o`rin tutatdi . (Yalpi hosil bo`cha Xitoy dan ikkinchi o`rinda turadi ). Ayova va Illinois shtatlarida makka jo`xori , Buyuk tekisliklarning g`arbiy rayonlarida bug`doy yetishtirish yetakchi o`rin tutadi . Ekish va hosilni yig`ishda iqtisoslashgan maxsus qishloq xo`jaligi fermalari ishtiroki toboro oshib bormoqda. AQShda agroiqlimiy xususisyatlar hamda istemol mintaqalari tasirida quyidagi ixtisoslashgan qishloq xo`jaligi mashinalari shaillangan . sut chorvachiligi mintaqasi- mamlakatning shimoli va shimoli - sharqi , Buyuk Ko`llar rayoni ; makkajo`xori mintaqasi – go`sht chorvachiligi bilan uyg`unlashgan holda Buyuk Ko`llar janubida ; chorvachilik- donchilik mintaqasi - asosan makkajo`xori mintaqasining janubida ; bug`doykor mintaqasi – Preriya , mamlakatning shimoli – g`arbi Kolumbiya platosida; paxtakor mintaqa - shimolda chorvachilik – donchlik va bug`doykor mintaqalari orali`gi , janubda tor polosada Meksika qo`ltig`idan Atlantika okeaniga qadar ; yaylov chorvachiligi mintqasi - g`arb tog`li shtatlarini o`z tarkibiga oladi va eng katta hududni egallaydi ; sabzavotchilik mintaqasi – Atlantika sohil bo`yidagi tor polosa ; nam Suptropik mintaqa - Meksika ko`rfazi va Floridani o`z tarkibiga oladi va sitrus mevalar , sholi, tamaki , shakar qamish va boshqa qishloq xo`jaligi ekinlari yetishtiriladi ; quruq suptropik mintaqasi - Tinch okeani qitg`oq bo`yining janubi va Kaliforniya vodiysini o`z ichiga oladi hamda sitrus mevalar, uzumchilik va bog`dorchilik , sabzavot – poliz – kartoshkachilik rivojlangan. Download 447.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling