Qarshi Davlat universiteti Tarix fakulteti 1-kurs talabasi Normurodov
Download 488.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqabu-nasr-inb-muhammad-farobiy
498
biri deb bildi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bagʻishlovchi ahloqni tarbiyalovchi vosita deb bildi, u bu haqda uzining" musiqa haqida katta kitob" nomli koʻp jildli asarida qayd qilgan. Farobiyning fan tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar oʻz vazifasiga koʻra bir biridan farq qiladi. Masalan matematika tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aql zakovatini boyitishga xizmat qiladi. Gramatika sheʼriyat va mantiq esa fanlardan toʻgʻri foydalanish bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yani aqliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslikga oid bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarni oʻrgatadi. Xullas faning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta oʻrta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi Farobiy shahar davlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxt-saodatga elitishi uning boshligʻi esa adolatli yuksak axloqli va maʼrifatli oʻzida butun ijobiy xislatlarni toʻplagan boʻlishi lozim. Lekin shunday yoki mamlakatlar boʻladiki ularning aholisi nafsga berilgan butun fikru zikri boylik boylik toʻplash boʻladi. Farobiy bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik toʻplashga ruju qoʻygan boʻladi. "Ulardan chiqqan rahbar ham-deb takidlaydi alloma- rahbarlikni mol-dunyo koʻpaytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayu-kech mol-dunyo toʻplash harakatida boʻladi. Bunday rahbarlarning qoʻl ostida boʻlgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar shahvoniy nafs, bir birini talash dushmanlik nizojanjallar paydo boʻladi. Farobiyning yozishicha haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, oʻzaro yordam qiluvchi xalqini birlashtirgan shahar fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida oʻzaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa boʻladi. Farobiy fikriga koʻra davlatni idora etuvchi shaxs oʻzining fazilat xalq odobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan boʻlishi, yani adolatli va dono boʻlishi boshqalarga 499 gʻamxoʻrlik qilishi qonunlarga toʻla rioya etishi va qonunlarni yarata olishi kelgusini oldindan koʻra bilishi kerak. Farobiyning talqinicha fozil shaharlar yuqori madaniyatli boʻladi. Unda yashagan xalq oʻzi istagan kasb hunarni egallaydi.bunday jamiyatda toʻla erkinlik va teng huquqli hukm suradi. Farobiyning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti uning axloqiy kamolot va baxt saodatgacha erishuv hamda insonparvarlik gʻoyalari bilan chambarchas bogʻliqdir. U oʻzining ijtimoiy falsafiy siyosiy va axloqiy qarashlari markaziy insonni uning maqsad muammolarini oʻrganishni axloqiy kamolot va baxt- saodatga erishuv yoʻllarini koʻrsatishni qoʻyadi. Axloqiy kamolot deganda xayr ehsonli fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalaqit beruvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik bilimsizlik ongsizlik kasb hunarsizlikni kiritadi. Farobiy aql, ilm va maʼrifatni baxt saodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi Adabiyotlar: "Buyuk yurt allomalari"- Ramziddin Isoqjonov. Filosofskiye traktati- AlmaAta 1972 Download 488.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling