Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi


Xulosa..........................................................................................................84


Download 3.39 Mb.
bet3/14
Sana11.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1767358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Odilbek ilmiy ish

Xulosa..........................................................................................................84
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati.......................................86
Ilovalar........................................................................................................91

KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbdigi. Dunyo miqyosida kechayotgan xalqaro globallashuv jarayonlari davlatlararo munosabatlarni integratsiyalashuvini kuchaytirmoqda. Shuningdek, har bir xalqning madaniy merosi va milliy mentalitetini saqlab qolishni, tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolar va sulolalar tarixi hamda faoliyatini o‘rganish dolzarb masalaga aylanmoqda. Xususan, jahonning turli mamlakatlarida mashhur bo‘lgan Amir Temur va temuriylar davridagi madaniy jarayonlarni – Temuriylar Renessansini ilmiy tadqiq qilish, jahon sivilizatsiyasiga ijobiy ta’siri masalalari hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Jahonning bir qator xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarida Amir Temur va temuriylar davrida kechgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarning mazmun-mohiyati hamda nihoyatda ulkan ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
YUNESKO homiyligida 1996 yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilinib, Sohibqiron tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. Bugungi kunda 50 dan ziyod mamlakatda temurshunos olimlar samarali ilmiy faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 900 dan ziyod, Sharq tillarida esa 1000 dan ortadi. Albatta bu raqamlar soni hozirgi paytda yanada oshib bormoqda.
Amir Temur ham yurtimizning har bir burjida ulkan qurilishlarni amalga oshirib, masjidu madrasalar, buyuk zotlarga maqbaralar bunyod etgan bo‘lsa, bugungi kunda poytaxtni qo‘yaturing, viloyat markazlari, tumanlar, qishloqlardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi.
O‘zbekiston milliy davlatchilik tarixining bosqichlari, ko‘plab tarixiy buyuk shaxslar faoliyati, o‘rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va diniy-madaniy jarayonlarning omillari va natijalarini ilmiy tarzda ochib berishga mustaqillik yillarida katta e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “ ... bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar xech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak”1. Shuning uchun ham Amir Temur va temuriylar davrida mintaqaning gullab-yashnaganligi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish asosida ilmiy muomalaga kiritish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-sonli “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari, 2016-yil 18-iyundagi PQ-2562-son “O‘zbekiston tarixi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 18-noyabrdagi “O‘zbekiston milliy madaniyatini yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-son qarorlari va hukumatimizning boshqa qaror va farmoyishlarida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning boy tarixi, moddiy va madaniy merosi ilmiy o‘rganish, targ‘ib qilish va boyitib borish kabi ustuvor vazifalarini bajarishda ushbu tadqiqot ma’lum darajada xizmat qiladi.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling