270
ishlab chiqaruvchi xo’jalik – ancha vaqt urug’ni o’simlik va hayvon
yegulik mahsulotlari bilan
ta’minlab kelgan ziroatchilik va chorvachilikdir. Ziroatchilik termachilikdan boshlangan, chorvachilik
esa ov va hayvonlarni qo’lga o’rgatishdan kelib chiqqan.
matriarxat – yeng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo’lib, qarindoshlik
munosabatlari ona
tomonga qarab belgilangan, urug’ga va oilaga ayol kishi sardorlik qilgan.
mezolit (o’rta tosh davri - yunoncha «mezos» - «o’rta», «litos»-«tosh») - milloddan avvalgi 12-7 ming
yilliklar bilan o’lchanadi.
neolit (yangi tosh davri – yunoncha «neos» - «yangi», «litos»- «tosh») - miloddan avvalgi 6-4 ming
yilliklarga oid.
paleolit (qadimgi tosh davri - yunoncha «paleos» - qadimgi», «litos» - «tosh»).
Mintaqamizda
odamzodning paydo bo’lishi bundan 1 mln. - 700 ming yil ilgari sodir bo’lganligi taxmin qilinadi.
Paleolit davri o’z navbatida uch bosqichga:
ilk paleolit, o’rta paleolit va so’nggi paleolit
bosqichlariga bo’linadi.
patriarxal oila – ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oiladir.
patriarxat – eng qadimgi jamoa tuzumining bir davri bo’lib, unda erkak
kishi jamiyat hayotida
yetakchi mavqyega ega bo’lgan, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: