271
Marg’iyona – Murg’ob daryosi vodiysidagi qadimiy viloyat. Yozma manbalarda Marg’iyona Marv
viloyati va vohasi nomi bilan tilga olinadi.
Marv - hozirgi Turkmaniston hududida joylashgan shahar.
massagetlar – hozirgi Amudaryoning quyi oqimlari va unga tutash bo’lgan yerlarda yashagan qabilalar.
Midiya – Eronning shimoli-g’arbidagi o’lka.
nmana – katta patriarxal oila
Oks – Amudaryoning qadimgi nomi
Parkana – Farg’ona vodiysining qadimgi
nomlaridan biri
Politimet - Zarafshonning qadimgi nomi
saklar – hozirgi Sirdaryo bo’ylarida, Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston
yerlarida, Farg’ona
vodiysida yashaganlar.
saka tigraxauda – “tigra”- bu “o’tkir”, “xauda”- “bosh kiyim”.
saka-xaumovarka – “xaoma muqaddas ichimlikni ulug’lagan saklar”
saka tiay para so’g’dam – “so’g’dlarning narigi yog’idagi saklar”.
saka tiay darayyo – “daryo, dengiz narigi yog’idagi saklar”
Sangirtepa – hozirgi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hududida
joylashgan qadimgi shahar
satrap – viloyat boshlig’i.
satrapiya – harbiy-ma’muriy hudud.
stadiy – qadimgi yunonlarda qo’llangan masofa o’lchovi. 1 stadiy 150-190 metrga teng bo’lgan.
So’g’diyona – Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzasida joylashgan qadimiy o’lka.
so’g’dlar – hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida hayot kechirganlar.