Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8- mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja
- Tayanch so‘z va iboralar
- «o‘zbek modeli»
Savol va topshiriqlar 1. Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi to`g`risida nimalar bilasiz? 2. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati haqida gapirib bering? 3. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz? 4. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni haqida gapirib bering? 5. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish borasida mamlakatimizda qanday islohotlar amalga oshirilmoqda? 134 8- mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja: 1. Oʼzbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yoʼnalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. 2. Oʼzbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga oʼtishning huquqiy asoslarining yaratilishi. 3. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xoʼjaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yoʼnalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasinining rivojlanishi. 4. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. 5. Nodavlat, notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoyani amalga oshirishdagi ishtiroki. Tayanch so‘z va iboralar:Iqtisodiy islohotlar. Strategik maqsadlar. Xususiylashtirish. Kichik va o‘rta biznes. Agrar islohotlar. Bozor infratuzilmasi. Mashinasozlik sanoati. Yoqilg‘i mustaqilligi. G‘alla mustaqilligi. Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu o‘zgarishlar iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy sharoitidan kelib chiqib, O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish masalasi dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi. O‘tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga o‘tish zarurati, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbekiston yo‘li» kabi masalalarning tub mohiyatini anglash eng dolzarb masalalaridan biri edi. Ma’lumki, hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan bo‘lib, shu asosda iqtisodiy taraqqiyotini belgilab kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish XX asrga xos bo‘lgan umumjahon voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish kishilarning xoxish – irodasi emas, balki obyektiv zaruratdir. Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar – pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti azaldan mavjud. U bir necha ming yillardan beri rivojlanib, turli iqtisodiy – ijtimoiy tizimlar doirasida saqlanib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish – bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda bozor munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yo‘lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga, mulchilikning xilma – xilligiga, narx erkinligiga, raqobat qurashiga, shaxsiy huquq va erkinliklarning qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga erishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zamonidagina ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko‘plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga bo‘lgan talabni qondirish, tejamli 135 xo‘jalik yuritish, to‘kinchilik yaratib, xalqning farovon turmushini ta’minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat o‘rnatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti — jamiyat taraqqayotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir. Tarixan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish eng so‘nggi navbatda «sotsialistik» mamlakatlar o‘tmoqda. Xalqaro tajribada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bir qancha modellari mavjud bo‘lib, ularni umumlashtirib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning uch turga yoki modelga bo‘lishimiz mumkin: 1. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‘li. 2. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining yo‘li. 3. Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi mamlakatlari, boshqacha aytganda, «sotsialistik» rivojlanish yo‘lidan borgan va hozirda bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan mamlakatlar yo‘li. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda davlatlashtirilgan, o‘ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan — bozor iqtisodiyotiga o‘tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etdi: 1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning huquqiy asoslarini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish. 2. Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o‘rnatishga ko‘mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish. 3. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish usullarini privatizatsiyalash. 4. Narx – navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qo‘yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xil bo‘lishi bilan bir qatorda har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi yo‘li mavjuddir. Bunda uning xo‘jalik tuzilishi va shart – sharoitlari, joylashgan yeri, tabiati va iqlimi, milliy kelib chiqishi, rasm – rusumlari, an’ana va milliy harakteri hamda boshqa omillar sabab bo‘ladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Hozirda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli modellari mavjud bo‘lib, ular barcha mamlakatlarni bitta manzilga — erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining sotsial – iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo‘lganligi tufayli, unga o‘tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo‘lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo‘lmaydi. Natijada o‘ziga xos yo‘lni tanlash muhim hisoblanadi. Sobiq tuzumda amal qilgan va markazlashgan ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot o‘zining hayotiy emasligini, aholining o‘sib boruvchi ehtiyojlarini ta’minlay olmasligini aniq ko‘rsatdi. Natijada mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyoti uchun O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini ishlab chiqish va bu yo‘lda tub islohotlarni belgilash zarurati yuzaga keldi. O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishga Birinchi Prezident I.A. Karimov boshchilik qildi. 136 Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 1992 yil 4 yanvardagi IX sessiyasida so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992 yil avgust oyida nashr etilgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta belgilab berdi. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no – mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Besh tamoyilini o‘z ichiga olgan bu modelning mazmuni va mohiyati Prezidentning 1993 yilda nashr etilgan «O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» nomli asarida asoslab berildi. Bu yo‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deb qabul qilindi.O‘zbek modelini ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo‘jalik imkoniyatlari, shart – sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Quyidagi keltirilgan jadval orqali besh tamoyilning mohiyatini ko‘rishimiz mumkin: Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta o‘zgartishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan o‘tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999 yil 14 aprel) kuyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan to‘ldirildi: 1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. 2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish. 3. Kadrlar masalasi. 4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish. 5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash. 6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti O‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bo‘lib qoldi. Bu yo‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning qo‘yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish; ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan – to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash; 137 moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishini ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish; iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish; jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish; kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish. Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy – islohotlarning asosiy va muhim tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: mulkiy islohotlar; institutsional va moliya–kredit islohotlari; agrar islohotlar; tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari; ijtimoiy sohadagi islohotlar. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir». Shu nuqtai nazardan dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu qonunlarni mazmun – mohiyati jihatidan quyidagi yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 1. O‘zbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqaruv qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar. Ana shu yo‘nalishda «O‘zbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida», «Yer osti boyliklari to‘g‘risida», «O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida», «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida», «Fuqarolarning o‘zini – o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi. 2. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, yer to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy – joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. 3. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug‘urta, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuvchi 138 qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo‘jalik – protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo‘jalik sudi tuzildi. 4. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari birinchi Prezident farmonlarida, hukumat qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o‘tish bozorning ko‘p bo‘g‘inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bo‘lmasdan bozor mexanizmlari to‘liq ishlay olmaydi. O‘tish davrida bozor infratuzilmasi shakllantirish va kengaytirish borasida ko‘plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shaklantirish va ularni samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi. Isloholar davrida respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari — turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi vujudga keldi. Avvalombor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi — transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari yaratildi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling