Qarshi davlat universiteti
Temir (III) kationining reaksiyalari
Download 86.92 Kb.
|
Maxmarasulov Mansur 018-66
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ammiak
- Natriy gidrofosfat
- Ammoniy sulfid
- Kaliy geksatsianoferrat (II)
2.3. Temir (III) kationining reaksiyalari
Uch valentli temir tuzlarining eritmalari sariq yoki qizil-qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. 1. O‘yuvchi ishqorlar temir (III) tuzlari bilan qizil-qo‘ng‘ir rangli kuchli kislotalarda eriydigan Fe(OH)3 cho‘kmani hosil qiladi: Fe3+ + 3ON- Fe(OH)3 Alyuminiy, xrom va rux gidroksidlaridan farqli ravishda amalda Fe(OH)3 ishqorlarda erimaydi. Temir (III) ioni Fe(OH)3 shaklida pH~3,5 bo‘lganda to‘liq cho‘kadi. 2. Ammiak ham temir (III) tuzlari bilan qizil-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma hosil qiladi. 3. Natriy atsetat sovuq sharoitda temir (III) ioni bilan qizil rangli kompleks birikma [Fe(CH3COO)6(OH)2]+ hosil qiladi. Qizdirganda bu modda qizil-qo‘ng‘ir Fe(OH)2CH3COO cho‘kma hosil qiladi. 4. Natriy gidrofosfat temir (III) bilan sarg‘ish rangli cho‘kma – FePO4 hosil qiladi. 5. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar temir (III) ioni bilan qo‘ng‘ir rangli (FeOH)2(CO3)2 tarkibli kislotalarda eriydigan cho‘kma hosil qiladi. Bu cho‘kma qizdirganda gidroliz tufayli Fe(OH)3 ga aylanadi. 6. Ammoniy sulfid Fe3+ ioni bilan qora rangli Fe2S3 cho‘kma hosil qiladi: 2Fe3+ + 3(NH4)2S Fe2S3 + 6NH4+ Bu cho‘kma kuchli kislotalarda eriydi: Fe2S3 + 6NSl 2FeCl3 + 3H2S Reaksiyada vodorod sulfid (qaytaruvchi) hosil bo‘lganligidan temir (III) temir (II) gacha qaytariladi va bunda erkin oltingugurt ajraladi: 2FeSl3 + H2S 2FeSl2 + S +2HCl Umumiy holda Fe2S3 ning kislotalarda erish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Fe2S3 + 4HCl 2FeSl2+ 2H2S + S Reaksiyani bajarish. Uch valentli temir tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha (NH4)2S eritmasi qo‘shiladi. 7. Kaliy geksatsianoferrat (II) bilan temir (III) ioni to‘q ko‘k rangli «berlin lazuri» cho‘kmasini hosil qiladi: 4FeSl3 + 3K4[Fe(CN)6] Fe4[Fe(CN)6]3 +12KCl 4Fe3+ + 3[Fe(CN)6]4- Fe4[Fe(CN)6]3 Cho‘kma kislotalarda erimaydi, ammo ishqorlar ta ’siridan Fe(OH)3 hosil qilib parchalanadi:
Download 86.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling