Qarshi davlat universiteti


Download 86.92 Kb.
bet9/34
Sana26.12.2021
Hajmi86.92 Kb.
#183079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
Maxmarasulov Mansur 018-66

Reaksiyaning bajarilishi. Temir (III) tuzining 1-2 tomchisiga shuncha HCl va 2-3 tomchi kaliy ferrosianid eritmasidan qo‘shiladi.

8. Kaliy yoki ammoniy rodanid temir (III) ioni bilan suvda yaxshi eriydigan qizil-qon rangli Fe(SCN)3 yoki reagentdan ko‘proq qo‘shganda, kompleks ion - [Fe(SCN)6]-3 hosil qiladi:


Fe3+ + 6SCN-  [Fe(SCN)6]-3
Bu reaksiya ham Fe3+ ioni uchun o‘ziga xosdir.

Reaksiyani bajarish uchun temir (III) - tuzi eritmasining 2-3 tomchisiga KSCN yoki NH4SCN eritmasidan 1-2 tomchi qo‘shiladi.

2.4. Temir (II) kationining reaksiyalari
Ikki valentli temir ioni Fe2+ och yashil ranglidir.

1. O‘yuvchi ishqorlar temir (II) ioni bilan berk idishda oq rangli Fe(OH)2 cho‘kma hosil qiladi. Reaksiya ochiq idishda o ‘tkazilsa, hosil boiayotgan cho‘kma havo kislorodi ta’siridan oksidlanib, oldin yashil, keyin qizil-qo‘ng‘ir rangli Fe(OH)3 cho‘kmaga aylanadi.

2. Ammiak ta’siridan temir (II) ion ham oq rangli Fe(OH)2 cho‘kma hosil qiladi.


FeSO4 + 2NH4OH  Fe(OH)2 + (NH4)2SO4
Biroq Fe2+ ion to ‘lig‘icha cho‘kmaydi. Fe(OH)2cho‘kmasining ammoniy tuzlarida erishi natijasida Fe2+ ion ammoniy tuzlari ishtirokida Fe(OH)2 shaklida cho‘kmaydi. Eritma aralashmasi ochiq havoda qolib ketsa, Fe2+ ionning oksidlanishi natijasida Fe(OH)3 cho‘kmasi hosil boiadi.

3. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlari ta ’siridan Fe2+ ion oq rangli FeCO3 cho‘kma hosil qiladi, cho‘kma havo kislorodi ta’siridan sekin oksidlanib, qizil-qo‘ng‘ir rangli Fe(OH)3 ga aylanadi:


Fe2+ + CO32-  FeCO3

4FeCO3 + 6H2O + O2  4Fe(OH)3 + 4CO2



Download 86.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling