Qarshi davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti lingvistika kafedrasi


Download 360 Kb.
bet32/32
Sana08.01.2022
Hajmi360 Kb.
#247632
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
UMK Antik adabiyot 222

kalendar tematik rejasi



Mavzular

soat

Guruhlar

Imzo













1.

Antik adabiyoti tarixi faniga kirish. Yunon adabiyotining ibtidoiy davri. Gomer dostonlari: “Iliada” va “Odisseya”.

2
















2.

Yunon adabiyotining attika va ellinizm davri.

  • V-VI asrlarda yunon jamiyati va madaniyati

  • Dramaning paydo bo’lishi

  • Esxil va Sofokl ijodidan namunalar

2
















3.

Rim hukmronligi davrida yunon adabiyoti.

  • Davrning ijtimoiy va madaniy ahvoli.

  • Plutarx ijodi va uning o’ziga xosligi.

  • “Ahloqiy asarlar”, Qo’shaloq hayotnomalar”.

2
















4.

Rim adabiyoti.

  • Eramizdan oldingi III- II asr birinchi yarmida Rim jamiyati va dastlabki Rim shoirlari.

  • T.M. Plavt ijodi

2
















5.

Respublika davrida Rim adabiyoti.

  • Dastlabki Rim shoirlari.

  • Plavt ijodi va uning asosiy xususiyatlari.

  • “Maqtanchoq jangchi” komediyasi.

2
















6.

Ichki urushlar davrida Rim adabiyoti.

  • Sitseron ijodi

  • Lukretsiy ijodi va uning “Buyumlar hislati” poemasi.

2
















7.

Avgust asri.

  • Vergiliy , Goratsiy ijodi

  • Rim ellegiyasi

  • Ovidiyning adabiy faoliyati

2
















8.

Imperiya davri Rim adabiyoti.

  • Rim jamiyati va madaniyati.

  • Seneka ijodi. Uning siyosiy va falsafiy qarashlari.

2



















Jami:

16

















Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
"Antik adabiyoti" bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.

Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq urganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi xamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil urganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniklash, internet tarmoklaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun xam mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.

Uy vazifalarini tekshirish va baxolash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baxolash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

"Antik adabiyot tarixi" fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 8 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi




Mustaqil ta’lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar


Bajar. muddat.


Hajmi

(soatda)


1

Yunon lirikasi va uning turlari. Notiqlik san’ati.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.

1-

hafta


2

2

Gomerning estetik ahloqiy qarashlari.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

2-

hafta


2

3

Ilk dramaturglar: Esxil, Sofokl, Evripid.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Masalalarni yechish. Mustaqil topshiriqlarni bajarish.

3-

hafta


2

4

Plutarx ijodi va uning o’ziga xosligi.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

4-

hafta


2

5

Dastlabki Rim shoirlari. Plavt ijodi va uning asosiy xususiyatlari.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

5-

hafta


2

6

Sitseron antik dunyoning ulug’ so’z ustasi sifatida.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

6-

hafta


2

7

Rimning eng ulug’ shoiri Publi Vergiliy Maron ijodi.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

7-

hafta


2

8

Seneka ijodi. Uning siyosiy va falsafiy qarashlari.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

8-

hafta


2

Jami

16


Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

Dasturdagi mavzularni o‘tishda ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi”, “Bumerang”, “Yelpig‘ich” hamda «Muammoli ta’lim» texnologiyasining «Munozarali dars» metodi, shuningdeq adabiyot va san’atga doir slaydlardan foydalanish, didaktik va rolli o‘yin usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.


Antik adabiyot tarixi” fani bo‘yicha baholash mezoni
1-§. Nazorat turlari

1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

2. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.

3. Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.

Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib ishchi dasturda keltiilgan mezon asosida o’tkaziladi.

4. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

5. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.

6. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.

7. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

8. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi.

9. Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
2-§. Talabalar bilimini baholash mezonlari

10. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:

- talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;

- talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;

- talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;

- talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

11. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.

3-bob. Talabalar bilimini baholash

12. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.

13. Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.

Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.

14. Oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibi tegishli fan professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.

Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.

15. Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.

16. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.

17. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

18. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

19. Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim.

20. Bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo‘yicha o‘zlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

21. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.

Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

22. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.

23. Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.

24. Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o‘zlashtirmagan semestr boshidan to‘lov-kontrakt asosida mazkur o‘quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq o‘qishni davom ettiradi.

25. Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.

26. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.



4-bob. Baholash natijalarini qayd qilish

27. Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.

Professor-o‘qituvchi Jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim.

28. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

29. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yiladi.

30. Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi.

31. Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari Jurnalga qayd etilganda, shu kunning o‘zida talabaning Baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak.

32. Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.

33. Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi.

34. Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha ishchi o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholangan talaba oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘iga asosan keyingi kursga o‘tkaziladi.

35. Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

36. O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilg‘or xorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida qo‘llaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga o‘tkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida amalga oshiriladi.



Tavsiya qilinayotgan adabiyotlar ro‘yxati

Asosiy adabiyotlar

  1. Alimuhammedov A. Antik adabiyot tarixi. T., “O’qituvchi”, 1975.

  2. Boynazarov F. Jahon adabiyoti. T., “Musiqa” nashriyoti, 2006.

  3. Normatova Sh. Jahon adabiyoti. Т., “Cho’lpon” nashriyoti, 2008.

  4. Sulaymonova F., Sharq va G’arb. Т., “O’zbekiston”, 1997.

  5. Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi. (V-XVIII), T., “O’qituvchi”, 1979.

  6. Тронский. И.М. История античной литературы. М., «Высшая школа», 1988.


Qo’shimcha adabiyotlar

1. Karimov B. Abdulla Qodiriy tanqid, tahlil va talqin. T.: “Fan”, 2006.

2. Komilov N. Tafakkur karvonlari. Т., «Ma’naviyat», 1999.

3. Mahmudov M. Hayrat va tafakkur. Т., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1990.



4. Sitseron. Notiqlik san’ati haqida ikki risola. Т.: “Yangi asr avlodi”, 2007.

5. Ярхо В.Н. Антическая драма. Технология. Мастерство. М., «Высшая школа», 1990.
Download 360 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling