Qarshi davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti lingvistika kafedrasi


O’quv bo’limi boshlig’i PhD. M.Fayzullayev


Download 360 Kb.
bet2/32
Sana08.01.2022
Hajmi360 Kb.
#247632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
UMK Antik adabiyot 222

O’quv bo’limi boshlig’i PhD. M.Fayzullayev

Antik adabiyot tarixi” fani O‘UM ning mundarijasi



MUNDARIJA


1.

O`MMning titul varag`i




2.

Mundarija




3.

Amaliy mashg‘ulotlar




4.

Seminar mashg‘ulotlari




5.

Mustaqil ta’lim bo`yicha usuliy ko`rsatmalar va mavzular




6.

Glossariy




7.

Ilovalar:







-fan dasturi







-ishchi fan dasturi







-tarqatma materiallar







-testlar







-baholash mezonlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar







-O‘UMning elektron varianti





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
LINGVISTIKA KAFEDRASI

ANTIK ADABIYOT TARIXI

fanidan
Amaliy mashg’ulotlar
1 kurs

Bilim sohasi: 100000 -Gumanitar soha

Ta’lim sohasi: 120000 -Gumanitar fanlar

Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish

(ingliz tili)

Qarshi
1-mavzu:

KIRISH. Antik adabiyot tarixi faniga kirish. Yunon adabiyotining ibtidoiy davri.

Gomer dostonlari " Illiada" va " Odisseya"

Reja:

1. Antik madaniyat va adabiyotning tarixiy axamiyati

2. Mif va afsonalarning paydo bulishi

  1. Kadimgi yunonlarning diniy tasavvurlari

Antik adabiyot. Eng kadimiy adabiy yodgorliklar. Mifologiya. Yunon adabiyoti. Folklor. Didaktik epos. Lirika. Tragediya. Komediya. Nasr.

Ellinizm davri adabiyoti. Lirika. Dostonlar. Nasr. Roman. Bukolikalar. Idilliyalar. «Yangi» komediya.

Rim adabiyoti. Lirika. Nasr. Drama. Komediya. Avgust asri adabiyoti. Rim adabiyotining «oltin davri». Bukolikalar. Georgikalar. Kasidalar. Nomalar. Dostonlar.


I. Antik jamiyat - insoniyat rivojlanishining aloxida boskichi sifatida. Antik jamiyatning rivojlanish boskichlari. Antik adabiyot va madaniyatning istiklol davri uchun tarixiy axamiyati.

Antik dunyo bilan, xususan Misr, Bobil, Yunoniston kabi mintakalar bilan Markaziy Osiyoning madaniy alokalari. Ipak yulining kup kismi mamlakatimizdan o‘tishi hunarmandchilik, savdo-sotiqning erta va keng rivojlanishiga olib keldi. Antik dunyoning jahon madaniyatiga ta’siri, uni o‘rganish manbalari. Adabiyot va yodgorliklarning saqlanishi, tarjima va qo‘llanmalar.

qadimda yunon qabilalarining vujudga kelishi. Yunon folklori: mehnat va marosim qo‘shiqlari, dehqonchilik qo‘shiqlari, to‘y va ziyofatlarda aytiladigan qo‘shiqlar, ertaklar, maqol va matallar, topishmoqlardan iboratligi yunon xalqining anchagina boy va rang-barang og‘zaki adabiyoti bo‘lganidan dalolatdir.

Yunon mifologiyasi ming yillik tarixga ega.

Xalq og‘zaki ijodining mahsuli bo‘lmish mif va afsonalar kishilarning zaif tomonlarinigina emas, balki ularning kuch-qudrati va orzu-armonlarini ham fantaziya asosida tasvirlaydi, mujassamlashtiradi, u adabiyot va san’atning ravnaq topishiga zamin tayyorlaydi.

Mif va afsonalar uchun yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat o‘rtasidagi kurash xarakterlidir. Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo‘yib, baxt o‘lkasi, baxtsizlik o‘lkasi degan miflarni yaratganlar. Tabiatda ulug‘ va foydali kuchlar - quyosh va suv abadiy bo‘lgan o‘lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo‘lgan o‘lka bor deb hisoblaganlar. Ko‘pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o‘lka va ular o‘rtasidagi kurash fonida gavdalanadi.

Barcha xalqlarning tarixida bo‘lgani kabi yunon adabiyoti ham, muqarrar, miflar zaminida yuzaga kelgan. Kollektiv ijod natijasida maydonga kelgan miflar va afsonalar kishilarning tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan. «Koinotning chaqmoq, momaqaldiroq, zilzala, bo‘ron, to‘fon, yong‘in, oy va quyosh tutilishi kabi hodisalari qurshovida yashagan ibtidoiy odam, bu hodisalar sababini anglamasdan, tabiatdagi bu o‘zgarishlarga ilohiy ma’no bergan. Bugun borliqni ins-jinslar, dev-parilar va boshqa turli-tuman mahluqlar makoni tarzida tasavvur etgan, ular haqida diniy afsonalar yaratgan.

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da bu so‘zlar quyidagicha izohlangan:

MIF - Xudolar, afsonaviy qahramonlar, dunyoning yaratilishi va yer yuzida hayotning paydo bo‘lishi haqidagi qadimiy xalq rivoyatlari, afsona.

MIFOLOGIYA - 1. Miflar haqidagi fan.

2. Biror xalqning miflari, afsonalari majmui

(«O‘zbek tilining izohli lug‘ati», I tom, Moskva, 1981, 468-bet).

Biz bu ta’rifni butunlay rad etmagan holda, unga bir oz o‘zgartirish kiritish tarafdorimiz. Ajdodlarimizning dunyo tuzilishi to‘g‘risidagi tushunchalari, tabiat va kishilik jamiyatida sodir bo‘layotgan barcha hodisalarni tushuntirishga intilishlari miflarda o‘z aksini topgan. Shu bois ham, miflardagi xudolar, ma’bud va ma’budalar obrazlariga ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk badiiy obrazlar sifatida qarashimiz kerak deb hisoblaymiz. Ular bu obrazlar orqali adolat, haqiqat va ezgulik kabi fazilatlarni ulug‘laganlar. Keyinchalik xudolar obrazi jamiyatdagi voqelik bilan uyg‘unlashtirilgan, unga yaqinlashtirilgan. Bu esa xudolar, ma’bud va ma’budalar obrazlarining xayoliy emasligini ma’lum darajada tasdiqlaydi. YA’ni miflar shunchaki xayol mahsuli, kishilarning tabiat hodisalari oldidagi o‘z ojizligini tan olish emas, balki insoniy fazilatlar ulug‘langan, kishilarning orzulari ifodalangan, kishilarni hayotni sevishga, har qanday ishda g‘olib chiqishga yo‘llovchi va insonning kuch-qudratini ulug‘lovchi ilk asarlardir.

Yunon miflari hali yunonlar xat-savodni bilmagan vaqtlaridayoq yaratila boshlangan, asrlar davomida sekin-asta tartibga kelgan, og‘izdan-og‘izga, nasldan-naslga o‘tgan va hech qachon alohida bir kitob shaklida yozilmagan. Miflarni biz qadimgi yunon adiblaridan Gesiod va Xomerlarning, yunon dramaturglari Esxil, Sofokl, Evripid hamda ancha keyinroq yashagan yozuvchilarning asarlarida ko‘ramiz. Shuning uchun ham yunon miflarini har xil manbalardan to‘plab, bir tizimga yig‘ishga to‘g‘ri kelgan.

Miflarda hikoya qilinishicha, yerda dastavval dahshatli mahluqlar: DEVlar, oyoqlari o‘rnida bahaybat ilonlar bilanglab turgan GIGANTlar, kattaligi tog‘day YUZ-qO‘LLIKlar, peshonasi o‘rtasida bittagina chaqchaygan ko‘zi bor vahshiy KIKLOP (SIKLOP)lar, Yer va osmonning dahshatli bolalari - qudratli TITANlar yashagan. Yunonlar GIGANTlar va TITANlar obrazida tabiatning yovuz kuchlarini gavdalantirganlar. Miflarning hikoya qilishicha, oqibat natijada tabiatning bu yovuz kuchlari dunyoda tartib o‘rnatgan va unga hukmronlik qilgan Chaqmoq, Chaqar va Bulut quvlar osmon iohi ZEVS tomonidan jilovlangan va bo‘ysundirilgan. TITANlar o‘rniga ZEVS saltanati bunyodga kelgan.

Yunonlar xudolarni odam shaklida tasavvur qilganlar, ularning bir-birlari bilan munosabati ham kishilar o‘rtasidagi munosabatga o‘xshagan. Yunon xudolari o‘zaro janjallashgan, yarashgan, odamlar hayotiga doimo aralashib turgan, urushlarda ishtirok etgan. Har bir xudoning o‘ziga yarasha ishi bo‘lgan, olamda ma’lum «xo‘jalik»ni «boshqargan». Yunonlar o‘z xudolariga odamlar singari tabiat (xarakter) va xulq-atvor berganlar, xudolar oddiy odamlardan faqat o‘lmasligi bilangina farq qilgan.

Har bir yunon qabilasining o‘z yo‘lboshchisi, harbiy boshlig‘i, sudyasi va xo‘jayini bo‘lgani kabi, yunonlar ZEVSni xudolarning boshlig‘i deb hisoblaganlar. Yunonlarning e’tiqodicha, ZEVSning oilasi -aka-ukalari, xotini va bolalari u bilan birgalikda dunyoga hukmronlik qilgan. ZEVSning xotini GERA oila, nikoh, uy-ro‘zg‘or himoyachisi hisoblangan. ZEVSning akasi POSEYDON dengizlar ustidan hukmronlik qilgan, ukasi AID (GADES) esa yer osti o‘liklar dunyosini boshqargan. ZEVSning singlisi DEMETRA dehqonchilik ma’budasi bo‘lib, hosilni boshqarib turgan. ZEVSning bosh xotini GERAdan va boshqa ma’budalardan ko‘rgan bir qancha farzandlari ikkinchi darajali ma’budalar qatoriga kirgan. GERAdan tug‘ilgan birinchi o‘g‘li GEFEST - otash ma’budi, temirchilik homiysi; ikkinchi o‘g‘li ARES - qonli urushlar ma’budi; zulmat ma’budasi LATONdan tug‘ilgan o‘g‘li APOLLON - yorug‘lik, san’at, she’riyat va musiqa ma’budi, ulug‘ qohin hamda buyuk chavandoz; uning singlisi ARTEMIDA - qamar ma’budasi, o‘rmonlar va ularda yashovchi jonivorlar malikasi, charchashni bilmaydigan ZEVSning miyasidan bunyodga kelgan AFINA PALLADA - donolik ma’budasi, hunar va bilim, shaharlar homiysi; Olimp sultonining zebo qizi AFRODITA va uning o‘g‘li EROT - sevgi va go‘zallik ma’budalari; parizod MAYYadan tug‘ilgan o‘g‘li GERMES - ma’budalar jarchisi, murdalar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi, sayyoh va savdogarlar homiysi, badantarbiya ishlarining rahnamosi.

Miflarning hikoya qilishicha, bu xudolar odamlar kO‘zidan doimiy bulutlar bilan to‘silgan OLIMP tog‘ida istiqomat qilganlar, «xudolar ovqati» - obi-hayot va ambroziya yeb kun kechirganlar. Barcha ishlar ZEVS huzuridagi bazmlarda hal qilingan. Yerdagi odamlar o‘z kasblariga ko‘ra, xudolardan biriga sajda qilganlar, ularga atab ehromlar qurganlar, xayr-ehson keltirib, qurbonlik qilganlar.

Miflarda ko‘rsatilishicha, bu asosiy xudolardan tashqari butun yer yuzi tabiat kuchlarini gavdalantirgan ma’bud va ma’budalar bilan to‘la bo‘lgan. Daryo va soylarda nimfa NAYADlar, dengizda NEREIDlar, o‘rmonda echki oyoqli, boshida shoxi bor - DRIADlar va SATIRAlar yashaganlar; tog‘larda nimfa EXO yashagan. Osmonda GELIOS - quyosh hukmronlik qilgan, u nafasidan o‘t chaqnovchi otlar qo‘shilgan oltin aravasida har kuni dunyoni aylanib chiqqan; qip-qizil EOS - shafaq dunyoga uning chiqishidan darak bergan; tunlari osmonda SELENA - oy hasrat chekkan. Shamollar ham har xil ma’budalar bilan ifodalangan: dahshatli shimoliy shamol BOREY bo‘lsa, iliq va mayin shamol ZEFIR bo‘lgan. Kishilar hayotini uchta taqdir ma’budasi - MOYRAlar idora etgan, ular kishi hayotining ipini tug‘ilganidan to o‘lguncha yigirib turganlar va istagan paytlarida uzib yuborishga qodir bo‘lganlar.

ZEVS - xudolar xudosi, Olimp tog‘ida joylashgan saroy taxtida o‘tirib, o‘z qo‘li ostidagi saltanat - koinotni boshqaradi. Shu jihatdan uni o‘zbek mifologiyasidagi ezgulik xudosi AXURA MAZDA (XURMUZ)ga o‘xshatish mumkin. Lekin uning AXURA MAZDAdan farqli tomoni shundaki, ZEVSning tabiatida keskinlik va qattiqqo‘llik ham uchraydi. Buni quyidagi misollarda aniq ko‘rish mumkin:

1. Esxilning «Zanjirband Prometey» tragediyasiga asos bo‘lib xizmat qilgan, Yunonistonda keng tarqalgan PROMETEY haqidagi afsonada aytilishicha, PROMETEY qadimgi ma’budalar nasliga mansub TITANlardan bo‘lgan; ZEVS o‘z otasi KRONOSni OLIMP taxtidan ag‘darib, uning o‘rniga o‘zi mavjudod hukmroni - bosh ma’bud bo‘lib olganida, TITANlar unga qarshi bosh ko‘tarishadi, OLIMP tog‘ida ko‘tarilgan dahshatli jangda TITANlardan yolg‘iz PROMETEYgina ZEVS tomonida turib, sheriklariga qarshi kurashadi. ZEVS o‘z dushmanlarini tor-mor etib ko‘ngli tinchigach, odamzodni mahv etib, yangi bir nasl yaratmoqchi bo‘ladi. hukmronning nohaq niyatlaridan qattiq nafratlangan PROMETEY OLIMP mehrobidagi muqaddas o‘tdan uchqun o‘g‘irlab, odamzotga keltirib beradi va shu jasorati bilan ularni halokatdan saqlab qoladi. Biroq PROMETEYning odam bolalariga qilgan bu yaxshiligi bosh xudoni g‘azablantirib, ulug‘ TITAN boshiga ko‘p kulfatlar soladi. ZEVS uni qoyaga zanjirband etib, parchinlab qo‘yishga hukm chiqaradi.

2. Kekchi rafiqasi GERAning ba’zi qiliqlaridan bezor bo‘lgan ZEVS uni yer bilan osmon o‘rtasiga osib qo‘yib, chaqmoqlari bilan uch kecha-yu, uch kunduz savalaydi. Onasining yoniga tushgan GEFESTni OLIMP tog‘idan shunday itarib yuboradiki, bechora otash ma’budi bir umrga oqsoq bo‘lib qoladi.

Ma’budalarni odam qiyofasida tasavvur etish, o‘z navbatida mifologiyani haqiqiy hayotga yaqinlashtirdi va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bag‘ishladi. Yunon mifologiyasining bemisl boyligi, obrazlarining nafisligi butun insoniyat tarixi davomida kitobxonning diqqatini o‘ziga jalb etib keldi, yunon adabiyoti va san’atiga esa behad-behisob porloq mavzular hadya qildi.

Yunonlar xudolar to‘g‘risidagi miflardan tashqari qahramonlar to‘g‘risida ham miflar yaratganlar. qadimgi Yunoniston bir butun davlat bo‘lgan emas, ular bir-biri bilan tez-tez urushib turadigan, ba’zi-ba’zida birlashib, umumiy dushmanga qarshi kurashgan mayda shahar-davlatlardan tashkil topgan. har bir shaharning, har bir viloyatning o‘z qahramoni bo‘lgan. Masalan Afina qahramoni ona-vatanini istilochilardan himoya qilgan va bahaybat MINOTAVR buqasini yakkama-yakka olishib yenggan TEZEY ismli yigit bo‘lgan. MINOTAVR buqasi yemish uchun Afina o‘g‘il-qizlaridan olib turar ekan. Frakiya qahramoni mashhur qo‘shiqchi ORFEY bo‘lgan. Agrivyanlarning qahramoni bir qarashda odamni toshga aylantirib qo‘yuvchi MEDUZAni o‘ldirgan PERSEY bo‘lgan.

Keyinchalik Yunon qabilalari sekin-asta birlashib, yunonlar o‘zlarini yagona xalq ellinlar deb bilganidan so‘ng GERAKLni butun Yunonistonning qahramoni deb e’tirof etishgan. Turli Yunon shaharlari va Miflar yaratilgan. Gerakl - xalq qaramoni.

Gerakl qahramonliklari turkiy xalqlar yaratgan «Gershasp»,


«Elikbek» kabi miflardan ko‘ra ko‘proq qahramonlik eposlari hisoblangan «To‘maris» va «Shiroq» afsonalariga o‘xshab ketadi. Bizga ma’lumki, To‘maris ham, Shiroq ham xalq qahramoni obrazlari bo‘lib, ular taxminan eramizdan avvalgi VI-V asrlarda yashab o‘tgan tarixiy shaxslardir. Geraklni esa bizdan bir necha o‘n asrlik olis masofa ajratib turadi.

Xalqimizda: «har qanday afsona va rivoyat zamirida oz bo‘lsada, haqiqat mavjuddir», - degan ibora bor. Ehtimol, yunon xalqi yaratgan «Gerakl» afsonasi zamiridagi haqiqat tarixda yunon mamlakatida Gerakl ismli xalq qahramoni yashab o‘tganligidir...



Download 360 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling