Qarshi davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti lingvistika kafedrasi
Download 360 Kb.
|
UMK Antik adabiyot 222
4- mavzu:
Rim adabiyoti Reja: 1.Komediyaning kelib chikishida xajviy kushiklarning roli 2.Arestofan ijodida urush va tinchlik 3.Arestofan asarlarida shakl va mazmun birligi Komediya tragediyaga nisbatan keyinroq rivojlanadi, Tragediya Dionisga bag‘ishlangan kuzgi bayramlardan, komediya esa ko‘klamdagi shodiyonalardan kelib chiqqan va adabiy janr holiga kelgan. Uning eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmiga kelib sahnaga qo‘yila boshlagani ma’lum. Yunon komediyasi qadimgi, o‘rta va yangi davr komediyalariga bo‘linib, qadimgi davr komediyasidan keyingilariga nisbatan ko‘proq yetib kelgan. O‘rta davr komediyasidan hech narsa ma’lum emas. Yangi davr komediyasidan Menandr asarlaridan parchalargina bizgacha yetib kelgan. qadimgi Attika komediyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Undan Dionis ko‘klam bayramiga xos bo‘lgan satira elementi, masxarabozliklar saqlangan. Lekin bular jamiyat oldida turgan ijtimoiy masalalar bilan bog‘langan. Asar nomi xor kiyimiga qarab qo‘yilgan. Agar tragediya mazmuni mifdan olinib, unda xudolar ishtirok etsa, komediyaning mazmuni xudolar, qahramonlar, mifologiyaga tanqidiy qarashdir. qadimgi Attika komediyasining vakili Epixarm bo‘lib, u komediyani dramatik janr holiga keltirgan, uning shakllanishida nihoyatda xizmati katta. Komediya so‘zi yunoncha komoslar qo‘shig‘i degan ma’noni bildiradi. Komos deb esa, to‘y-tomoshalardan keyin ko‘chalarda to‘da-to‘da bo‘lib xursandchilik qilib yuruvchi kishilarga aytiladi. Komediya musobaqalari faqat 488-486 yillardagina Dionis bayramlarida o‘tkazila boshlandi. Aristofan qadimgi komediyaning yagona vakili bo‘lib, taxminan 447-385 yillarda yashagan. U uzluksiz davom etgan urushlar davrida yashagan; shu sababli ham urushga qarshi mavzuda «Axarnaliklar», «Tinchlik», «Lisistrata» komediyalari yozilgan. Ularda tinchlik mavzusi qo‘yilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra Aristofanning 44 komediyasi bo‘lib, bizgacha 11 tasi yetib kelgan: «Axarnaliklar», «Chavandozlar», «qushlar», «Lisistrata», «Tinchlik», «Bulutlar», «Arilar», «Xotinlar Fesmoforiy bayramida», «Xotinlar Xalq majlisida», «qurbaqalar», «Boylik» komediyalaridir. «Bulutlar» komediyasida sofistik oqim ustidan kuladi. Tarbiyaning yangi bir usulini, uning zararli oqibatlarini tanqidiy tasvirlash komediyaning g‘oyasini tashkil qiladi. «qurbaqalar» komediyasi Afinaning ikki buyuk tragik shoiri Evripid va Sofokl vafoti munosabati bilan yozilgan. Asar san’at masalasiga bag‘ishlanib, adabiy-tanqidiy asardir. Aristofanning «Lisistrata» komediyasida tinchlik uchun kurashuvchi Lisistrata, shahar ayollari ishtirok etadilar. Nihoyat, ular urushni to‘xtatib, ittifoq o‘rnatishga erishadilar. «Axarnaliklar»da dehqonlar obrazini yaratsa, «Chavandozlar»da Afinani boshqarayotgan kishilarni tanqid qiladi. Aristofan o‘tkir tanqidi, tilining ta’sirchanligi va uslubining go‘zalligi bilan o‘zidan keyingi davr adiblariga o‘rnak bo‘ldi. Yunon xalqi o’zining mustaqilligidan ayrilib, ilmu-fan, san‘at va adabiyot sohasida to’xtovsiz inqirozga ketayotgan bir davrda, Italiya tuprog’ining g’arbiy qirg’og’ida antik dunyo adabiyotining ikkinchi tarmog’i – Rim adabiyoti paydo bo’la boshlaydi. Yangi adabiyot Italiya yerlarini birlashtirish ishida ko’proq xizmati singan latin qabilasi tilida yaratiladi. Rim adabiyotining tug’ilish, ravnaq topish va nihoyat tanazzulga ketish holatlari ham xuddi yunon adabiyoti singari quldorlik jamiyati sharoitlarida kechgan. Badiiy ijod sohasida o’z faoliyatini yunonlardan qariyb to’rt-besh asr keyin boshlagan Rim xalqi uchun, darhaqiqat bu borada butun ishlarni iptidosidan takrorlashning hech qanday zaruriyati yo’q edi, albatta. Rimliklar necha yuz yillar davomida yunon adabiyoti yaratilgan tayyor badiiy meros andozalaridan o’rnak olib, ana shu qimmatbaho namunalar asosida o’zlarining milliy adabiyotlarini yaratadilar. Rim adabiyotining beshigini tabratgan, uni atak-chechak qildirgan va nihoyat voyaga yetkazishda ko’maklashgan kishilar chindan ham Gomer, Evriped, Sofokl, Demosfen, Pindar va yunon adabiyotining boshqa ulug’ zotlari bo’lgan. Rim adabiyoti yunon adabiyoti erishgan barcha yutuqlardan va shu bilan birga, ellinizm davri adabiyotining bu xazinaga qo’shgan qator yangiliklaridan to’la-to’kis foydalanib, ham shakl, ham mazmun jihatidan yana bir daraja yuqori bosqichga ko’tariladi va keyinchalik yangi dunyo Yevropa adabiyotiga kuchli ta‘sir ko’rsatishga qodir bo’ladi. Qudratli bir adabiyotga aylanadi. Darhaqiqat, uyg’onish davrining qalam ahillari, XVII asr yozuvchilari o’z faoliyatlarida yolg’iz Rim adabiyoti namunalariga taqlid etadilar. Faqat XVIII asrga kelib, burjua gumanistlari (Lessing, Gyote, Shiller) bevosita yunon adabiyotiga murojaat qila boshlaydilar. Binobarin, qariyb asr davomida Yevropa xalqlari badiiy ijodining shakllanishida asosiy rolni yunon adabiyoti emas, balki Rim adabiyoti o’ynaydi. Eramizdan oldingi IV asrning oxiri – III asr boshlarida Rim davlati Italiya yerlarining asosiy qismini egallab, xuddi Yunonistonda bo’lgani kabi qulchilik asosiga qurilgan demokratik polis tuzumini joriy etadi. III asrning o’rtalarida rimliklarning jahongirlik siyosati tobora kuchayib, ular birin-ketin Italiya tuprog’ining qolmish qismlarini ham zabt etishga kirishadilar. Italiyaning janubiy qirg’oqlarini va Sitsiliya orolini egallash, Rim jamiyati tarixida ayniqsa juda muhim voqea bo’lgan. “Ulug’ Yunoniston” nomi bilan shuhrat taratgan bu yerlar qadim zamonlarda ellinlar qo’liga o’tib, ularning mustamlakasi bo’lib qolgan edi. Bosqinchilar ilk marta xuddi shu yerda yuksak yunon madaniyatining shohidi bo’ladilar. Xullas, yuqorida bayon etilgan urushlar va ularning oqibati o’laroq paydo bo’lgan qator o’zgarishlar natijasida yunon madaniyatining keng miqyosida Rim hayotiga kirib kelish harakati boshlanadi. III asrning o’rtalarida o’z xohishi bilan Rimga ko’chib kelib muhimlashib qolgan yunonlarning soni anchagina bo’lgan. “Ulug’ Yunoniston” Rim axtiyoriga o’tgandan keyin va ikkinchi Pun (Karfagen) urushidan so’ng bularning nufuzi yana ortadi. Rimga kelgan yunonlar o’zlari bilan birga asrlar davomida yetishtirgan ulug’ madaniyatlari mahsullarini ham olib keladilar va Rim hayotining hamma sohalarida bab-baravar ta‘sir ko’rsatadilar. Qisqasini aytganda, Rimning madaniy hayotida yunonlarning xizmati sinmagan deyarli hech qanday soha bo’lmagan desak xato qilmaymiz. Ular badavlat xonadonlarda bolalarni tarbiya qiluvchi murabbiy, davlat arboblari qo’lida mirza bo’lib xizmat qiladilar: falsafa, notiqlik bobida saboq beradilar, yangidan rasmga kirayotgan teatrlarda aktyor bo’lib ishlaydilar. Hattoki, Yunonistonda yaratilgan Eney haqidagi afsonani ham Rim davlati rasmiy ravishda qabul qiladi. Plavt Ulug’ Rim komediyanavisi Tit Makk Plavit (taxminan 250-184 yil) Italiyaning Umbriya viloyatida tug’iladi. Uning hayotiga doir ma‘lumotlar juda oz. Borlari ham unchalik inobatga doir emas. Plavtning nodir poetik mahorati uning asarlarini kattakon tekis yo’ldan Yevropa sahnasiga olib chiqdi. Yangi dunyoning Shekspir, Moler, Goldoni, Lope de Vega, Bomarshe, Lessing kabi dramaturglari Plavt komediyalariga qayta-qayta murojaat qilganlar. Bu hayotiylik qahramonlarning tilida, inchunin, juda yaqqol seziladi. Shoir asarlarining birinchi betidan to oxirgi sahifalariga qadar sochilib yotgan ajoyib xalq iboralari, asrlar o’tishiga qaramay, bizni hamon maftun etadi. Plavtdan keyin yashagan mashhur Rim olimlaridan biri: “Mabodo muzalar lotin tilida so’zlashishni istasalar, ular muqarrar Plavt tilini tanlashar edi”, - deb bejis aytmagan. Rim shoirining so’z san‘atkorligi haqida izhor qilingan bu tariqa yuksak bahoning to’g’riligiga aslo shubha yo’q. Rim madaniyati va umuman, Rim hayotining turli-tuman sohalarga xos milliy holat va alomatlarini ham to’la-to’kis ruhiga singdirib yuborish – Plavt ijodining asosiy xususiyatidir. Plavt o’z faoliyatini faqatgina komediya doirasi bilan chegaralagan va eng muhimi asarlarning deyarli hammasi bizga qadar yetib kelgan birinchi Rim komediyanavis shoiridir. Uning “Maqtanchoq jangchi” va “Xumcha” komediyalari o’zining badiiyligi va mohiyati jihatidan bir-biridan qolishmaydi. Sahna sirlarini nihoyatda chuqur bilish ham Plavtning eng muhim fazilatlaridandir.
Download 360 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling