Qarshi davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti lingvistika kafedrasi
Antik adabiyot tarixi fanidan nazorat savollari
Download 360 Kb.
|
UMK Antik adabiyot 222
Antik adabiyot tarixi fanidan nazorat savollari
Homer va uning ijodiy faoliyatiga turtki bo‘lgan narsalar nima? Turkum dostonlar deganda nimalarni tushunasiz? Homer nima uchun o‘z madhiyalarini barcha ma’budalarga bag‘ishlagan? «Mehnat va kunlar» asarining didaktik asar deb tan olinishiga sabab nima? «Mehnat va kunlar» asarining asosiy g‘oyasini nima tashkil etadi? Yunon lirikasining turlarini aytib bering. Yamb va Elegiya lirikasining o‘zaro farqi nimada? Monodik lirikaning asosiy vakillari kimlar? «Iliada» dostonining mazmunini so‘zlab bering. Odisseya dostonida tasvir etilgan voqealar tafsilotini so‘zlang. Olimp tog‘i ma’budlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Nima sababdan ma’budlar odamlar bilan birga jang maydonlarida qatnashadi? Vergiliy ijodining o‘ziga xos xususiyatlari. Horatsiy poeziyasining markaziy muammosi Rim elegiyasining paydo bo‘lishi. Ovidiy elegiyanavis shoirlarning so‘nggisi ekanligi va shoir qalbida vatan tuyg‘usi. Rim adabiyotining so‘nggi davri. Yunon adabiyotining rivojlanishida Periklning xizmatlarini so‘zlab bering. Drama janri haqida yunon faylasuf va notiqlarining fikrlari. Esxil ijodining yetakchi mavzulari nimalardan iborat? Sofokl ijodining o‘ziga xos xususiyatlari va bu janrga olib kirgan yangiliklari. «Shoh Edip» asarini nima uchun XVIII–XIX asrlarda «Taqdir tragediyasi» deb atashdi. Miflarning mazmuni va mohiyati. Rim adabiyotining paydo bo‘lishidagi tarixiy sharoit. Rim adabiyotining yunon adabiyoti bilan aloqasi masalalari. Rim adabiyotining oltin davri. Evripid ijodining yuqori cho‘qqilarini nimalar belgilaydi? Komediya janrining asoschilari kimlar? Proza adabiyoti va tarixiy prozani o‘rganishning ahamiyati nimada? Notiqlik san’ati va uning namoyandalari. Bugungi kunda o‘zbek millatining notiqlaridan kimlarni bilasiz? Antik adabiyot haqida ma’lumot. Yunon adabiyotining boshlanishi. Qadimgi yunonlarning dunyoni idrok etish va ijod qilish usullari (animizm, fetishizm, zoomorfizm). Krit-mikena madaniyati – yunon rivoyatlarining tarixiy asosi sifatida. Miflarning asosiy turkumlari. Qadim yunon miflarining asosiy ma’budlari va qahramonlari. Miflarning badiiy va estetik ahamiyati, adabiyot rivojidagi o‘rni. Troya jangi haqidagi rivoyat, uning tarixiy ahamiyati va badiiy adabiyotda aks ettirilishi. «Iliada» - qahramonlik dostoni «Odisseya»- sarguzasht dostoni. Dostonlarning bosh qahramonlari va obrazlar tizimi. Dostonlarning yaratilish davri, makoni, muallif pozitsiyasi. Poemalarning badiiy xususiyatlari, uslubining o‘ziga xosligi. Qadimgi Yunonistonda dramaning yaratilishidagi ijtimoiy-tarixiy omillar. Dramaning turlari, kelib chiqishi, tuzilishi. Qadimgi Yunonistonda teatr (akter, xor, dekoratsiya, niqoblar) Aristotel drama haqida. «Zanjirband Prometey» asarining yaratilish tarixi, syujetining o‘ziga xosligi va tuzilishi. Prometey obrazi (qahramonlik, oliyjanoblik, buyuklik). Esxilning «Oresteya» tragediyasining yaratilish tarixi. Syujetning o‘ziga xosligi, mifologik asosi. Tragediya strukturasi. Dialog, monolog va xorning o‘rni. Tragediyaning bosh qahramonlari. Edip haqidagi rivoyat va uning Sofokl tragediyasida aks ettirilishi. «Shoh Edip» tragediyasidagi asosiy muammo. Yunon tragediyalarining badiiy xususiyatlari. Aristotel yunon tragediyasi haqida. Qadimgi Yunonistonda komediya Janrining shakllanishiga turtki bergan asosiy omillar. Komediya strukturasi (prolog, parad, agon, porabasa, episod, eksar). Aristofan komediyalarida urush va tinchlik muammolarining aks ettirilishi. Aristofan komediyalarida ota va bola, ta’lim-tarbiya, odob va axloq masallalari («Bulutlar»). Aristofanning badiiy-estetik qarashlari («qurbaqalar»). Aristofan komediyalarida tarixiy real shaxslarning xajviy tasvirlanishi (Suqrot, Yevripid, Kleon) Komediyadagi real va fantastik unsurlar. qadimgi Attika komediyasining antik va Ovrupa adabiyotiga ta’siri. Plavt komediyalari, ularning asosiy mavzulari va ko‘tarilgan asosiy muammolar. Plavtning «Xumcha» komediyasining yaratilishi tarixi, kompozitsiyasi. Komediyadagi obrazlar tizimi (Evklion, Megador, Fedra, Likamid) Komediyada qul obrazi, uning roli. Asarning badiiy xususiyatlari. Komediyadagi asosiy muammo. Plavt ijodining jahon adabiyotidagi o‘rni. «Metamorfozalar» janrining kelib chiqishi. Asarda afsona va rivoyatlarning o‘rni. Asarda ko‘tarilgan asosiy mavzular va muammolar. Asarning badiiy xususiyatlari Asarning tuzilishi She’riy vazni va o‘lchovi Asarda hikoyachining o‘rni Asar qahramonlari Ovidiyning doimiy o‘zgaruvchan dunyo konsepsiyasi, asarda zamon ruhining aks ettirilishi. Yevripid va Senekaning «Medeya» asarlarining yaratilish tarixi. Yevripid va Seneka asarlarining obrazlar tizimlari. Yevripid va Seneka asarlarida Medeya obrazi talqinining o‘ziga xosligi. Asarlarning badiiy xususiyatlari Asarlar syujetlarining o‘ziga xosligi, ularning afsonaviy asoslari. Tragediyalarning tuzilishi. Dialog, monolog va xorning o‘rni. Asarlarda konfliktning o‘rni. Yevripid va Senekaning asar yaratishdagi asosiy konsepsiyasi. Rim tragediyasining umumiy xususiyatlari. Download 360 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling