Qarshi davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti lingvistika kafedrasi
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
Download 360 Kb.
|
UMK Antik adabiyot 222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim mavzulari Berilgan topshiriqlar Bajar. muddat.
- Jami 16 ANTIK ADABIYOTI TARIXI FANI BO‘YICHA GLOSSARIY
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
ANTIK ADABIYOTI TARIXI FANI BO‘YICHA GLOSSARIY Lirika – torli cholg‘u asbobi lirikaning nomidan kelib chiqqan bo‘lib ma’nosi musiqa jo‘rligida ijro etiluvchi «she’r» demakdir. Monodik lirika – yakka xonanda tomonidan ijro etiluvchi qo‘shiq. Xo‘r lirikasi – ko‘pchilik tomonidan ijro etiluvchi qo‘shiq. Gekzametr – vazn olti turoqdan iborat bo‘lgan vazn, bu turoqlarning har qaysisi daktil deb atalgan bir uzun (-) ikki qisqa (UU) bo‘g‘indan tarkib topgan she’riy vazndir. Spondiy – ikki uzun hijo (- -) deb yuritiladi. Ellegiya – Kichik Osiyodagi Fregiya viloyati bo‘lgan. Janrning nomi ham shu yerning xalqi tilidan olingan ma’nosi «qamish» demakdir. Fleyta – nay cholg‘u asbobi. Yamb – atamasining kelib chiqish tarixi ancha qorong‘u. Dmitra afsonasi bilan bog‘liq. Sho‘x va o‘ynoqi degan ma’noni bildiradi. Axloq - ruscha – moral, lotincha «mores», «moralis» so‘zlaridan olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat demakdir. Axloq so‘zi arabcha bo‘lib, xulq so‘zining ko‘pligidir. Etika - yunoncha «ethos» so‘zidan olingan bo‘lib, buning ma’nosi xulq-odat demakdir. Demokrit – axloqiy g‘oyalarining asosida inson ruhining osoyishtalikda bo‘lishi, tabiat hodisalarini o‘rganish asosida hayotdan lazzatlanish, tinch va osoyishta umr kechirish o‘z burchini bajargan holda jasur, o‘tkir, aqlli bo‘lish, do‘stliq o‘rtoqlikni kabi fikrlar yotadi. Suqrot – birinchi marta bilim bilan axloqning uzviy birligi haqida fikr yuritadi. Aflotun - o‘zining etik sistemasini ustozi Suqrotga ergashib yaratdi. Aflotun etikasining asosiy tayanch no‘ktasi – inson ongidan tashqarida, xudoning doimiy nazorati ostida bo‘ladigan yagona o‘zgarmas «yaxshilik» g‘oyasidir. Arastu – «Nikomax etikasi» va «Siyosat» asarlarida axloq haqidagi fikrlarni sistemalashtirib unga etika deb nom berdi. Arastu etikasining asosida baxtga intilish yotadi. Motam qo‘shig‘i–bironta obro‘li sinor yoki yaqin kishining vafotiga shoirning qayg‘usini bayon etgan she’rdir. Bardlar - qadimgi island lirik poeziyasi bilan shug‘ullangan va lirik qo‘shiqlar ijrochisi. Filidlar – islad qo‘shiqchi – hikoyachilari deb yuritiladi. (VII-VIII asrlar.) Edda - qadimgi skandinaviya edda qo‘shiqlari deb nomlangan. XIII asr boshlariga asoslanib edda deb nomlaganlar. Voluspa - kelajak jarchisi demakdir. Rekankista - dushman bosib olgan mamlakat yerlarini ozod etish harakati. Sid - arabcha sayid so‘zidan olingan bo‘lib janob demakdir. Korpes - ispaniyada qonun chiqaruvchi majlis. Jonglyor - qo‘shiqchi baxshi. (Fransuz tilidan olingan.) Kansona–sevgi qo‘shig‘i bo‘lib, unda muhabbat va diniy mavzu yoritiladi. Bu janrdagi she’rlar nafisligi va bandlarining murakkabligi bilan ajralib turadi; Sirventa–asosan siyosiy xarakterdagi, qisman shaxsiy masalalarga bag‘ishlangan munozara yo‘sindagi qo‘shiqdir, shoir unda o‘z dushmanlariga qarshi hujum qiladi; Tensona–sevgi adabiy falsafiy mavzularda ikki shoir o‘rtasida bo‘lgan she’riy diologdan iborat; Alba yoki tong qo‘shig‘ida ritsar o‘z do‘stining kuzatuvi ostida tunda sevgani (birovning xotini) bilan uchrashgani borishi kuylanadi. Tong yorisha boshlashi bilan do‘sti «tong» qo‘shig‘ini aytadi va ritsarni ogohlantiradi; Pastorela–mavzusi jihatidan alba kabi alohida voqeani aks ettirgan lirik qo‘shiq bo‘lib, ko‘pincha u suhbat diologdan tashqil topgan kichik pyesani eslatadi, unda ritsar bilan cho‘pon qizning uchrashuvi va ular o‘rtasidagi munozara tasvirlanadi. Qo‘shiqning kirish qismida ritsar qizni tabiat quchog‘ida uchratib unga mulozamat qila boshlaydi. Qiz ritsarning so‘zlariga ishonib unga o‘z ixtiyorini topshiradi, biroq ritsar uni tashlab ketadi yoki aksincha qiz ritsarga jiddiy zarba berib uni haydab yuboradi; Independent–yepiskoplarni rad etuvchi protestantlik cherkovi tarafdorlari Uyg‘onish davri xalq og‘zaki ijodiyoti - o‘sha davrga qadar insoniyat boshidan kechirgan keskin o‘zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o‘zgarish edi, titanlarga muhtoj bo‘lgan, hamda tafakkur kuchi, zavqu-ehtirosi, xarakteri, har taraflama ma’lumotliligi va bilimdonligi jihatidan titanlarni vujudga keltirgan davri. Hajviya - Do‘zaxga zid o‘laroq jannatda doimo harakat hukm suradi. Jannat osmonlarining hammasida yorug‘liq nur, ruhiy kamolot hukmronlik qiladi. Realizm – voqelikni aynan tasvirlash. Novella. Roman. Drama va teatr. Sonetlar. Komediya. Tragediya. Edda - qadimgi skandinaviya edda qo‘shiqlari deb nomlangan. XIII asr boshlariga asoslanib edda deb nomlaganlar. Voluspa - kelajak jarchisi demakdir. Ananke- yunoncha taqdir, qismat degan ma’noni bildiradi. Dogma-qotib qolgan ma’nosida. Download 360 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling