Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi
Ushbu so‘rovnoma 57 savoldan iborat bo‘lib, unda
Download 4.49 Mb.
|
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “
Ushbu so‘rovnoma 57 savoldan iborat bo‘lib, unda:
Ekstraversiya-introversiya-24 ta savol. Neyrotizm-barqarorlik –24 ta savol. Yolg‘on –rostgo‘ylik -9 ta savol. Zamonaviy psixodiagnostikada temperamentni o‘rganish borasida izlanishlar ham ijtimoiy, ham konstruktiv dispozitsiyalarni qamrab olishga harakat qilingan. Bu borada B.M.Rusalov «Temperament strukturasini o‘rganish» testini taqdim etgan. Ushbu test tarkibida 9 ta shkala mavjud: 1) erg; 2) sotsial erg; 3) temp; 4) sotsial temp; 5)plastiklik; 6) sotsial plastiklik; 7)emotsionallik; 8) sotsial emotsionallik va 9) nazorat shkalasi 1). Psixodiagnostik tadqiqotlarda shaxs to‘g‘risida yetarlicha va obyektiv ma’lumotlar olishga erishish uchun qilinadigan urinishlar, o‘zbek mutaxassislarini psixologik amaliyotda ma’lum o‘ringa ega bo‘lgan metodikalarni modifikatsiya qilishga undamoqda. Chunki, ishonchli metodikalar o‘zining yetarlicha konseptual asosiga egaligi bilan birga shaxsni o‘rganishga mo‘ljallangan boshqa psixodiagnostik metodikalarni to‘ldirishi va ularni mazmunan boyitishi lozim bo‘ladi. Quyida so‘z boradigan metodika jahon psixologiyasida yetakchi o‘rin egallagan (MMPI, 16-faktorli shaxs so‘ronomasi, ekstraversiya-introversiya va neyrotizmni aniqlash) shaxs testlarini modifikatsiyalash asosida rus olimlari (L.T.Yampolskiy va Melnikovlar) yangi ko‘rinishdagi «Psixodiagnostik test» ishlab chiqdilar. Ushbu test yuqorida sanab o‘tilgan testlarning barchasidagi mavjud jihatlarni mujassamlashtirgan bo‘lib, ularning amalga oshirish lozim bo‘lgan shaxs xususiyatlarini yoritishga yordam beradi. Chunki bizning muhitimizda MMPIning 566 savolli varianti bo‘yicha modifikatsiya mavjud emas, R.B.Kettellning 16-faktorli shaxs so‘rovnomasining 100 ta savolli varianti mahalliy sharoitimizda qo‘llanilib kelinmoqda, uning 187 ta savolli varianti uchun hali psixometrik talablarga javob beruvchi versiyasi mavjud emas. Bugungi kunda G.Y.Ayzenkning “Ekstro-introversiya va neyrotizmni aniqlash” metodikasining ayrim variantlaridan psixologik tadqiqotlarda foydalanilyapdi. Psixodiagnostik test tarkibidagi savollar 14 ta shkalaga mujassamlashtirilgan bo‘lib, ulardan 10 tasi quyi shkala va 4 tasi yuqori shkala hisoblanadi. Quyi shkala tarkibiga nevrotizm (1) (nevrotizm-shaxsning emotsional beqarorligi, bezovtalanishi, o‘ziga past nazar bilan qarashi, vegetativ buzilishlarini tavsiflovchi holatdir.), psixotizm (2)( psixotizm shkalasi esa shaxsning xulq-atvoriga mutanosibligini tekshirishga qaratilgan.), depressiya (3)(depressiya shaxsdagi salbiy emotsional fonni, motivatsiyasidagi o‘zgarishlarni, kognitiv (bilish) tasavvurlari va xulqidagi umumiy passivlikni ifodalaydi.), vijdonlilik (4) (vijdonlilik shkalasi shaxsni ijtimoiy norma va etika talablariga hurmatini, o‘zini -o‘zi nazorat qilishi, vijdoni va umuminsoniy qadriyatlarga munosabatini belgiladi), turg‘unlik (5) (turg‘unlashuv shkalasida shaxs xulq-atvorining vazminlashganligi va ijtimoiylashganligi mujassamlashgan), umumiy faollik (6) (umumiy faollik shkalasi shaxsning kuchi, quvvati va umumiy faollik darajasini o‘lchovchidir), tobelik(7) (jur’atsizlik, uyatchanlik shkalasi bu jur’atsizlik, kuchsizlik va shaxslararo munosabatdagi cheklanganlikni xarakterlaydi), muomalaga kirishimlilik (8) (muloqotmandlik shkalasi shaxsning muloqot jadalligi va ko‘lamini belgilaydi), estetik ta’sirchanlik (9) (estetik ta’sirchanlik esa shaxsning estetik va badiiy qadr-qimmatlarga sezgirligini aniqlaydi) va nazokatliliklar (10) (nazokatlilikda shaxsning madaniyat va jamiyat ko‘rsatmalariga nazokatlilik bilan yondashishi o‘z ifodasini topadi) kiradi. Yuqori shkalani esa psixik beqarorlik (11) (psixik beqarorlik shkalasi shaxsdagi nevrotizm, psixotizm, depressiyani mujassamlashtirb, psixik beqarorlikni umumiy tarzda baholashga yordam beradi), asotsiallik (12) (asotsiallik yordamida shaxsning ijtimoiy ko‘nikishi baholanadi), introversiya (13) (introversiya shaxsning ijtimoiy munosabatlarga bog‘lanishini) va senzitivlik (14) (senzitivlik esa shaxsning emotsional kechinmalardagi nozik tomonlarni tafsilotini aniqlashga mo‘ljallangan)tashkil etgan. Agar ularning sxematik ko‘rinishini keltirib o‘tadigan bo‘lsak quyidagi ko‘rinishni oladi: I II III IV Yuqori shkalaning tashkil etuvchilar o‘z tarkibiga quyi shkalaning bir qator shkalalalrini o‘zida qamrab oladi. Psixologik testlarning muhim xususiyatlaridan biri ularda nazorat shkalasi, ya’ni tekshiriluvchilarning javoblarini obyektivligini baholash xarakteriga egaligidir. Mazkur psixodiagnostik testning nazorat shkalasini yuqori shkala bajaradi. Agar quyi shkala natijalari bilan yuqori shkala natijalari orasida mutanosiblik bo‘lmasa natijalarning haqqoniyligi pastligidan dalolat beradi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling