Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Psixodiagnostikani taraqqiy etishiga hissa qo’shgan olimlar


Download 4.49 Mb.
bet11/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Psixodiagnostikani taraqqiy etishiga hissa qo’shgan olimlar
Genri Gerbert Goddard.
U 1866 yilda sharqiy Vassalboroda katta fermerlar oilasida tug’ilgan. Xeverford kollejini bitirgan (1887 y.). Shu kollejda matematika yo’nalishi bo’yicha magistrlik darajasini olgan (1889 y.). Goddard psixologiya sohasidagi faoliyatini 1896 yildan Klark universitetida boshlagan va shu universitetda u doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan (1899 y.). Pensilvaniyada psixologiya va pedagogikadan dars bergan. 1902 yili Vayndlenda maxsus maktabda ishlab yurgan vaqtida, hamkasblari bilan birgalikda “Aqli zaiflar Veylend klubi”ga asos solgan.
Bu klubni asosiy vazifasi psixik rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalarga har tomonlama yordam berishdan iborat bo’lgan. 1908 yildan Bine testlarini o’rgana boshlagan va keyinchalik, undan intellektual to’liq rivojlanmaslikni turli xil darajasini diagnostika hamda klassifikasiya qilishda foydalangan. 1910 yili birinchilardan bo’lib Bine testlarini umumiy o’rta ta’lim maktabi sharoitida ishlatgan. Bundan tashqari u mazkur testni Amerikaga kirib keluvchi immigrantlarni o’rganish jarayonida ham qo’llagan. 1917 yili harbiy xizmatga chaqiriluvchilar intellektini aniqlashda ishlatiladigan testni yaratuvchi amerikalik yetti psixologni biri bo’lgan. 1918 yil Ogayodagi yoshlarni o’rganuvchi byuroni boshlig’i hamda 1922 yili Ogayo universitetini professori lavozimida ishlagan. 1927 yilda u o’zining aqli zaiflikka doir bo’lgan ko’pgina xulosalari xatoligini tan olgan. Shunga qaramasdan, Goddard izlanishlarining testga doirlari, intellekt psixodiagnostikasini rivojlanishida ahamiyati katta bo’lgan. Genri Gerbert Goddard 1957 yilda vafot etgan.
Lyuis Medison Termen.
1877 yil Indianada fermerlar oilasida tug’ilgan. Indianadagi Denvill markaziy kollejida ta’lim olgan va o’qituvchilik kasbini egallagan. Indiana Universitetidan bakalavr va magistr darajasini olgan. 1903 yil Klark universiteti doktaranturasiga o’qishga kirib, doktorlik dissertasiyasini “Psixologik test” (1905) mavzusida yoqlaydi. 1906 yildan boshlab Los-Anjelosdagi pedagogika kollejining professori bo’lgan. To’rt yil o’tganidan so’ng u Stenforddagi universitetga o’qituvchilik lavozimiga taklif qilinib, Bine shkalasini modifikasiyalash bilan shug’ullanadi. Birinchi jahon urushi davrida armiyada qo’llaniladigan testlarni qayta ishlash jarayonida qatnashgan. 1922 yilda Stenford universiteti psixologiya fakultetiga dekan, 1923 yildan Amerika psixologlari assosiasiyasining prezidenti lavozimlariga tayinlangan. U intellektni aniqlash testini ilmiy darajagacha olib chiqqan yagona mutaxassis. Buyuk amerikalik psixolog 1956 yil Kaliforniyada vafot etgan.
Rishar Meyli
1900 yil Shveysariyada tug’ilib, Berlinda o’qigan. Kurt Levin uni “Geshtalt psixologiyasi” bilan tanishtirgan. Mashhur olim Klaypered taklifi bilan Institut Russoga kelgan va psixologik diagnostika bo’yicha hamda qisman intellektni o’rganish bilan ham shug’ullangan.
Psixodiagnostika bo’yicha 1936, 1951, 1978 yillarda chop etilgan mashhur kitoblarning avtori. Institutni 6 yil boshqargandan so’ng Vernsk Universitetida professor lavozimida ishlay boshlagan. 1930 yildan intellekt omilini o’rganish bilan shug’ullangan. Oxirgi izlanishlari asosida (1981) intellek bo’yicha to’rtta fundamental omil borligini va ular olti yoshda turg’in holatda paydo bo’lishini aniqlagan. O’zining longityud tekshirishlarini (1959) xarakterlangan qirralarning birlamchi elementlarini topishga bag’ishlagan. 1963 yil intellektga atrof-muhitni ta’siri haqidagi tekshirishlari natijasi chop etilgan. Bundan tashqari u intellekt bilan o’qishda jarayonidagi muvaffaqiyatga erishishlarning o’zaro bog’liqligi muammosini ochishga harakat qilgan. U 1984 yil vafot etgan.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling