Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi
- Mavzu: PSIXODIAGNOSTIK TEKSHIRUV VA TADQIQOTLAR
Download 4.49 Mb.
|
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar
2- Mavzu: PSIXODIAGNOSTIK TEKSHIRUV VA TADQIQOTLAR
REJA: 1. Psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar. 2. Tajriba jarayonini standartlashtirish va statistik normalar. 3. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi va psixodiognostik vaziyatlar klassifikasiyasi. 4. Interpretatsiya va qayta ishlash bosqichi. Ishonchlilik..Validlik. 5. Psixodiagnostik metodlar va psixologik testlashtirish shakllari Psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar Tajriba o’tkazish davomida rioya qilish kerak bo’lgan talablar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: sinaluvchilarga ko’rsatmalarni yozma ravishda bir xil tarzda ma’lum qilmoqlik, og’zaki shaklda berilgan taqdirda esa, aynan, o’sha so’zlar yordamida bir xil tarzda eshittirilishi; biror sinaluvchiga boshqalarga nisbatan hyech qanday imkoniyat yaratmaslik; eksperiment davomida ayrim sinaluvchilar uchun qo’shimcha tushuntirilishlar berilmaslik; turli guruhlar bilan bo’ladigan eksperimentning doimo imkon darajasida bir xil vaqt va sharoitda o’tkazilishi; barcha sinaluvchilar uchun topshiriqlarni bajarish vaqtining bir xil belgilanishi va hokazo; Shunga qaramasdan odatda, metodika mualliflari, qo’shimcha ravishda uning o’tkazilish jarayoni haqida aniq ko’rsatmalar beradilar. Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi. 1. Simptomatik diagnoz – bunda dasturi mavjud bo‘lgan har qanday EHM bajarish mumkin bo‘lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. 2. Etnologik diagnoz - ( kelib chiqish sabablari) bunda biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi. 3. Tipologik diagnoz- bunda esa sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi. Kasbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakavrlar o‘zining pedagogik faoliyatida psixologik- pedagogik diagnonostika bilan shug‘ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Psixologik – pedagogik diagnostika o‘quvchining o‘zlashtirishi, o‘qishdagi qiyinchiliklarini, uning o‘kishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o‘rganishga yo‘naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim- tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish, psixologik - pedagogik profilaktika ishlarini ishlarini olib borish imkonini beradi. Psixologik- pedagogik diagnostikaning nazariy va amaliy asoslari «Yosh davrlar fiziologiyasi va gigiyenasi», «Psixolgiya», « Pedagogika», «Umumiy psixodiagnostika», « Yosh psixologiyasi»si fanlaridir. 2. Psixodiagnostika umuman psixologiya fanining oldida turgan hozirgi eng dolzarb vazifasi shaxs va voqelik o‘rtasidagi g‘oya va uning tadqiqidir. Hozirgi sharoitda mamlakatimizda psixodiagnostik qo‘llanmalardan yoshlarni kasbga tayyorlashda, kadrlarni tanlash va joy- joyiga qo‘yishda shaxsdagi psixologik rivojlanishni tekshiradi. Ta’lim jarayonini optimalashtirish uchun xulq –atvorni aniqlash va uni baholashda, shaxsni tibbiy yoki ekspert yordamida o‘rganish keng qo‘lanilmoqda. Individual yondoshish o‘quvchi va talabalarning individual xususiyatlarini o‘rganish shart ekanligi bir davlat hujjatlarida aks ettirilgan. Psixologik- pedagogik diagnostika, pedagogika va psixologiya fanlari oralig‘idagi fan soha bo‘lib, o‘quvchi shaxsini uning individual xususiyatlarini, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qilish omillarini o‘rganadi. Psixologik - pedagogik diagnostikaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. a) pedagogik – psixologik diagnostikaning nazariy asoslari, yo‘nalishlari bosqichlari va prinsiplari bilan tanishtirish. b) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qullashga o‘rganish, v) o‘quvchilar psixologiyasida, xulq- atvorida yuz bergan o‘zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan qurollantirish. Bolalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasidir. Bolalarning psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta’siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog‘liq ravishda ba’zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning o‘z maqsadlari va vazifalarii talab qiladi. Kichik yoshdagi bolalarning psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natijalar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda ta’lim va tarbiya dasturi, (turli hayotiy sharoitlarda) faoliyatda, muloqatda va boshqalarda shaxs xulq- atvori xarakteristikalarini tuzishda hisobga olinadi. Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog‘chada, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy- pedagogik, tadbirlar tuzishda qo‘llanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘z ishida doimo bolalar psixofizik taraqqiyoti masalalari bilan to‘qnashadi. Uni vaqtinchalik natijalargina emas, ( masalan, chorakning oxiriga kelib o‘quvchilarning o‘zlashtirilishi kabi), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlarning rivojlanish istiqbollarini aytib beradigan natijalar qiziqtiradi. 1. Diagnostika uchun zarur ma’lumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba’zi belgilari ko‘rinishini o‘rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma’lumotlar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, bola xulq – atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funksiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi. Masalan, darsda bola diqqatining barqaror emasligi, diqqatni bir joyga to‘plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg‘ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq – atvorning ko‘rsatilgan belgilari bola xulq- atvori ehtiyojlari va motivlari iyerarxiyasining ( bosqichma bosqich) o‘zgarishi natijasi bo‘lishi mumkin. Bunda o‘qituvchi shaxs nonormal holati ko‘rinishlaridan biriga, yoki miya yetishmovchiligining funksional belgilariga duch keladi. Ikkala holatda ham u yoki bu o‘quvchi o‘zlashtirishi va intizomining pasayishi tashqaridan sezilsada, psixodiagnostik tadqiqotlarda o‘rganilayotgan o‘zgarishlar manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo‘lishi psixologik holat belgilari ham o‘rganiladi. Psixodagnostik tadqiqotlar bola psixik funksiyalari rivojlanish darajasining, aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va ma’lumot bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish uchun ham o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma’lum qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir. 2. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash. Bunda, agar « ko‘ndalang kesim» metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot ma’lum bosqichda bola psixik taraqqiyoti darajasini, ya’ni psixik funksiyalar rivojlanishi dolzarb zonasi aniqlanadigan bo‘lsa « uzunasiga kesim» ( longityud) psixodiagnostik tadqiqotlarida bola psixik taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishida, ya’ni ta’lim va tarbiya jarayonida o‘rganiladi. O‘yin va o‘qish faoliyatida ko‘p martalab o‘tkazilgan eksperimental- psixologik tadqiqotlar bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishiga ma’lum faoliyatning ta’sir ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Bolada o‘tkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga egadir, chunki qo‘llanilgan turli metodlarning o‘quv- tarbiyaviy ta’sirini hisobga olgan holda shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. 3. Aqliy zaiflik darajasini, yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qishi haqida masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at ( komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin. 4. Bolalarda paydo bo‘lgan yetarli o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala bo‘yicha katta guruhlarda tadqotlar o‘tkaziladi. Bu krda olingan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. 3. Psixologik- diagnostika tarixi uzoq o‘tmishga ( insoniyat tarixining dastlabki boshlanish davrlari) borib taqaladi. Dastlabki testlar bundan 4 ming ilgari odamlarni individual- psixologik farqlarini aniqlash uchun qo‘llanilgani aniqlangan. Qadimgi sivilizatsiya tarixi bizga bu haqda ko‘pgina guvohliklar beradi. Odamlarda qaror topgan psixologik imkoniyatlarni o‘rganib, ularni; yaxshi yomonga, aqlli- aqlsizga, odobli – odobsizga, mehnatsevar- yalqovga, qo‘rqoq- botirga, ichi qora- ko‘ngli ochiqqa ajratganlar. Bu sifatlarni keltirib chiqargan shart- sharoitlar va sabablarni o‘rganib ularga baho berganlar. Bunday baho mezonlari psixologik- diagnostika jamiyat taraqqiyoti davomida takomillashib kelavergan. XIX- asrning oxirlariga kelib diagnostika psixlogiya faniga ham kirib keldi va o‘lchash g‘oyasi ommaviy ravishda keng tarqaldi. Natijada, psixologiya fani odamdagi individual farqlarning aniq ifodalanishi uchun tegishli imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu jarayon psixologik diagnostika fanining yuzaga kelishiga yordam berdi. Asrimizning 20- yillariga kelib psixologik diagnostika tadqiqotning mustaqil sohasi sifatida tan olindi. Psixodiagnostikaning fan sifatida shakllanishida F. Galton,(1879) , Dj. Kettel ( 1890), G. Ebbingauz ( 1891), A. Binet va Simon ( 1905), E. Krepilina va boshqalarning xizmatlari kattadir. Dastlab, F. Galton 1879 yilda « Aql harakatining sonini aniqlash»ga urinib ko‘rdi. Bu diagnostikadagi dastlabki «aqlni o‘rganish testi» deb nomlanadi. Shu tarzda tadqiqotlar olib borila boshlandi. Birinchi o‘rganish natijalari boshqalari bilan taqqoslandi. So‘ngra, tajriba natijalariga qarab testlar takomillashtirildi. 20- yillarga kelib psixodiagnostika mustaqil fan sifatida tan olindi. Natijada suroqlik va loyiha qo‘llanma sifatidagi diagnostik qo‘llanmalar yuzaga keldi. Psixodiagnostikaning taraqqiy eta borishi fanda nazariya bilan amaliyotni yanada yaqinlashishiga olib keldi. Psixadiagnostikaning rivojlanishida eng muhim omillardan biri matimatik-statistik qurilmaning, ayniqsa, korrilyatsion (o‘zaro bog‘liklik) tahlil va faktirli tahlillarni namoyon bo‘lishi va takomillashib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Psixadiagnostikaning psixomitriya usuli xam mavjud bo‘lib, psixamitriya yordamida psixadiagnostikada individual psixologik farq-larni o‘lchashga talablarni asoslaydi. 1940-1950 yillarga kelib psixolgik diagnostika fani har bir muam-moga psixodiagnostik yondashish nuqtaiy nazardan ancha shakllangan edi. Shu sohaga bog‘liq takomilashish jixatdan tugallangan edi: (masalan Veksler, Rorshaxning testlari) 1960-yillarga kelib olimlar psixadiagnostikada individual psixologik farqlar bilan o‘zaro munosabatni hisobga olish shartligi xaqida bosh qotira boshladilar. Ko‘pchilik olimlar individual psixologik farqlar bilan o‘zgaruvchan vaziyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni hisobga olish zarur ekanligiga e’tiborni qaratdilar. Bu masala psixodiagnostika oldiga nisbatan ishonchli va yaroqli bo‘lgan yangicha tadkiqot usullari majmuasini ishlab chiqish masalasini qo‘yadi. Psixodagnostika fani taraqqiyotini ikki davrga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 1- davrga 1920- 1936 yillar kiradi. Bu davrda xalq ta’limida shuningdek kasb tanlash va kasbga yo‘llash sohasida testlar juda xam ommaviy tusda qo‘llanilganligi bilan xarakterlanadi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bunga bog‘liq ravishda pedalogiya - bola haqidagi fan rivojlana boshladi. Uning predmeti - bolalar hayotini o‘rganish, irsiyatning rolini aniqlash, jismoniy va ma’naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasidagi kasallik ko‘rinishlarini o‘rganishdan iboratdir. ( Kornilov K. N. 1917y) Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishida M. S. Bernshteyn, L. S. Vigotskiy, S. G. Gallershteyn, N. D. Levitov, G. I. Rossolimo, P. I. Shpilreyn, A. M. Shubert va boshqalar katta hissa ushdilar Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg‘or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqodlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy yuzaga keldi. Mashhur rus psixologi L.S. Vigotskiy shaxs psixik taraqqiyoti xususiyatlarini o‘rganishga muhim hissa qo‘shdi. Uning ta’limoti insonga xos bo‘lgan bo‘lgan psixik jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag‘ishlanadi. Uning fikricha, bolalar psixik taraqqiyoti insoniyat madaniyatini o‘zlashtirishi natijasida ro‘y beradi. Bunda shaxs shakllanishida ta’lim va tarbiya jarayonlari yetakchi rol o‘ynaydi. Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50- 60 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Jumladan, A.A. Lyublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funksiyalarining rivojlanish xususiyatlari o‘rganilgan. A. R. Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli o‘rganildi. A. N. Leontyev va A.V. Zaporojets rahbarligida asosiy psixik jarayonlarining rivojlanishida faoliyatning roli o‘rganilgan. D .B. Elkonin raxbarligida nutqning rivojlanishi va bog‘cha davrida o‘yinning yetakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tatqiqotlardan olingan natijalar bolalar uchun talim va tarbiya dasturlarini tuzishda asos bo‘lib hizmat qiladi. Rus psixologlari tomonidan ishlab aqliy taraqqiyotni sifatiy taxlil tamoyili qator vazifalarni hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon qildi av ko‘pgina tatqiqotlarda o‘z aksini topdi(Z.I.Kalmikova,1975, 1982; G.A.Vardaniya, 1979; L.A.Vangir, 1974; K.M.Gurivgich, 1980; V.I.Voytko, Y.Z.Gilbux, 1981; D.B.Elkonin, 1982;V.V.Stolin, A.G.Shmelev, 1987; F.L.Burlachuk, S.M.Morozov, 1989 va boshqalar). Psixologik diagnostikaga kichik amaliy yo‘nalish xos bo‘lib, u yoki bu psixik hodisalarni bilishga va tavsiflashga qaratilgan. B. G. Ananyev ( 1968) psixologik diagnostikani psixologik tadqiqotlarga qaratilgan yo‘nalish, deb ta’riflab, uning maqsadi, psixofiziologik funksiyalar, jarayonlar va shaxs xususiyatlari rivojlanish darajasini aniqlash, turli qo‘zg‘atuvchilar ta’sir qilganda inson holatini bilish, insonning mehnat qobiliyatini, layoqatini aniqlashdan iboratdir. K. K.Platonov (1974) psixologik diagnostikani psixik hodisalarning xossa va xususiyatlarini o‘rganish haqidagi fan, deb hisoblagan. K. N. Gurivich ( 1974) psixologik diagnostikani insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilari bo‘yicha ajratish va tavsiflash metodlari haqidagi fan deb hisoblaydi. V.V. Stolin va A. G. Shmelev ( 1984)psixodiagnostikani psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fan deb hisoblaydi. Diagnoz ( tashxis) - sinaluvchining alohida ko‘rsatkich va xarakteristikalarini chuqur tahlil qilish asosida uning xususiyati va holati haqidagi xulosadir. Shu bilan birga psixodiagnostik tadqiqot, eksperimental tadqiqotdan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi. Shuning hisobiga psixodiagnostika maxsus metodik tamoyillarga bo‘ysunadi. Lekin psixologik diagnostika turlicha ta’rif berishlariga qaramasdan, uning asosiy tushunchasi « psixologik diagnoz» tushunchasi bo‘lib qoladi. Hayotda biz kasalxonalarda turli kasallarga diagnoz (tashxis) qo‘yishlariga o‘rganib qolganmiz. Bunda tashxisning to‘g‘riligi tekshirishning turli klinik metodlaridan foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Qator hollarda bunday diagnostika murakkab apparaturali test metodlaridan foydalangandan keyingina mumkin bo‘ladi. Eksperimental diagnostikada ham tadqiqotchi turli metodlar, apparaturali testlar qo‘llaydi. Olingan ma’lumotlar asosida psixolog sinaluvchining xulq- atvori, faoliyati haqida xulosa chiqaradi, ya’ni shaxsga psixologik diagnoz qo‘yadi. Psixologik diagnoz qo‘yishning umumiy sharoitlariga aloqador asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: psixologik diagnoz insonga xos bo‘lgan maxsus hodisa va xususiyatlarni ochib berishi kerak; har qanday diagnoz olingan natijalarni bayon qilishi bilan chegaralanmasligi, u yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham qo‘shilishi kerak. Psixolog diagnoz tadqiqot sharoitida inson xulq- atvorini xarakterlaydigan bayon qilgan material asosida tushuntirishi kerak. Psixologik diagnoz sinaluvchining shaxsiy hayot va psixik faoliyati haqida eksperimental tadqiqot yo‘li bilan olingan ma’lumotlar asosida qo‘yiladi, Tadqiqotchilik psixik faoliyat natijalari haqida ma’lumot olish uchun turli psixodiagnostik metodlardan foydalanadi. ( N. A. Menchinskaya,1966; Z.I. Kalmikova, 1968, S. Yarubinshteyn, 1970, B. V Zeygarnik, 1976, V. M. Bleyxor 1976, L. F. Burlachuk, 1979, M. K. Gurevich 1984 va boshqalar) Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishida M. G. Davletshin, B. R. Qodirov, G‘. B. Shoumarov, E. G. G‘oziyev, V. A. Tokareva, R. Z. Gaynutdinov kabi olimlar hissalarini qo‘shganlar. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling