Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


-MAVZU: INSON PSIXOMOTORIKASI XARAKTERISTIKASINI ANIQLASH


Download 4.49 Mb.
bet45/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

6-MAVZU: INSON PSIXOMOTORIKASI XARAKTERISTIKASINI ANIQLASH

Reja
1.Mehnat malakalari va ko’nikmalarini o’rganish masalalari.


2.Talabaning o’quv va mehnat ko’nikmalarining diagnostikasi.
3.Ortiqcha predmetni olib tashlash metodi..


1. Mehnat malakalari va ko’nikmalarini o’rganish masalalari
Кo’p yillik kuzatishlar va pedagogik tajribalar, ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, talabaning aqliy rivojlanish darajasini pastligi yoki ularda ma’lum o’quv malakalarning rivojlanmaganligi, past o’zlashtirishga, talabaning kasbga, ilmga qiziqishining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun, talabaning intellektual rivojlanish darajasini, ularda mavjud o’quv malakalarini o’rganish, kamchiliklarni tuzatish, maxsus o’quv va mehnat malakalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ishlar o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Hozirgi vaqtda psixologlar, pedagoglar va amaliy psixologlar oldida ikkita o’zaro uzviy muammo: ta’lim olishga bo’lgan qobiliyat va o’zlashtirishning pastligi sababi hamda qobiliyat va o’zlashtirishning bog’liqligini o’rganish dolzarb bo’lib turibdi.
Agar talabaning ta’lim olishga bo’lgan qobiliyatini alohida o’quv fanlari bo’yicha o’quv materiali asosida tuzilgan metodika yordamida aniqlansa, uning faqat shu o’quv predmeti (iqtisodiyot, psixologiya, pedagogika, buxgalteriya hisobi...) bo’yicha ta’lim olishga bo’lgan qobiliyati aniqlanadi. Masalan, vazifalarning barchasi iqtisodiyot fanidan tuzilsa, talabaning iqtisodiyot fanidan qanday bilimga egaligini, ehtimol unda qanchalik shu fanni o’zlashtirishga imkoniyat va bilim borligini ko’rish mumkin. Bunday metodikalarning qo’llanilish sohalari, chegaralari va qo’llanilish muddatlari cheklangan. Diagnostikaning asosiy vazifasi faqatgina bir fandan emas, balki bir qancha fanlardan o’zlashtirishini, yomon o’zlashtirish sabablarini (agar shunday hol ro’y bersa) topishdangina iborat emas. Psixodiagnost uchun talabaning haqqoniy o’quv imkoniyatlarining barcha qirralarini iloji boricha to’liq ochib berishga xizmat qiluvchi, har qanday sharoitda, qaysi predmetdan qanday mavzu o’tilganidan qat’iy nazar qo’llash mumkin bo’lgan metodikalar zarur.
Ma’lumki, ko’pchilik pedagoglar talabalarning aqliy rivojlanishini baholashda qiynaladilar va buning oqibatida ularning ish faoliyatida ta’lim jarayonida hisobga olinishi lozim bo’lgan muhim omil go’yoki chetda qolib ketadi.
O’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasi ulardagi nazariy yoki amaliy bilim olishga bo’lgan qobiliyat hamda bilimning mavjudligi bilangina aniqlanmaydi. Talabaning aqliy rivojlanish darajasi tafakkur jarayonlarining rivojlanganligi, o’quv materialining muhim va asosiy qismlarini ajrata olishi, olgan bilim yoki hosil qilingan, o’zlashtirilgan ko’nikmani boshqa faoliyatga ko’chira olishi, turli nazariy bilimlarni amalda qo’llay olishi, texnik vazifalarni yecha olishi (texnik tafakkur) kabi bir qancha belgilar bilan aniqlanadi. Shu sababli amaliy psixologlar talabaning o’rganayotgan kasbi, qaysi o’quv predmetining muhimligidan kelib chiqqan holda uni baholashlari osonroq bo’ladi. Masalan, texnik tafakkurini baholashda, uning tafakkurini obrazli komponentlari, predmet va vazifalarni fazoda idrok qila olishi, turli chizma, grafiklarni, chizmalarni tasavvurda tiklashi va real hayotda qanday ko’rinishga, qinday ishlashini tushunishi ko’p ahamiyatga egaligiga e’tibor berish kerak. Texnik tafakkurning asosiy komponentlari tushunchalar, obrazlar, obrazli-harakatli va abstrakt (mavhum) tafakkurdir. Boshqacha qilib aytganda, psixodiagnost talabaning o’quv malakalarini o’rganishda fanning xususiyatlaridan kelib chiqishi lozim.



Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling