Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Ortiqcha tushunchani topish metodikasi


Download 4.49 Mb.
bet47/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

4. Ortiqcha tushunchani topish metodikasi


Ushbu metodika yuqorida ko’rsatilgan metodikaning verbal (so’zlar yordamida ifodalanadigan) varianti bo’lib, talabaning mavhum va so’z-mantiq tafakkurini, abstrakt materiallarni umumlashtira olish malakasini o’rganishda qo’llaniladi. Talabaga bir qancha so’zlar majmuasi beriladi. So’zlar abstrakt so’zlar bo’lishi mumkin. Masalan, oliyjanoblik, to’g’riso’zlik, kamtarlik, ko’rolmaslik, botirlik. Shuningdek, vazifa narsa va hodislarning nomlaridan iborat bo’lishi ham mumkin (soat, barometr, samolyot, termometr, sekundomer). Pedagogning o’zi ham o’z predmetiga oid so’zlardan vazifalar tuzishi mumkin. Bu holda fanga oid terminlar, fanda uchraydigan eng muhim predmet, detallarning nomidan foydalanish maqsadga muvofiq. Tekshiriluvchining vazifasi berilgan beshta so’zlar orasidan boshqalarga to’g’ri kelmaydigan “ortiqcha” so’zni topish, qolgan so’zlarga umumiy nom berishdan iborat. Vazifani to’g’ri bajarish uchun talaba berilgan tushunchalarning eng muhim predmet va umumiy belgilarini topishi, shu belgilar asosida ularni umumlashtirishi va umumiy nom berishi lozim. Shundan keyingina talaba ajratilgan (topilgan) muhim belgiga ega bo’lmagan, ya’ni “ortiqcha” so’zni topadi.
Ortiqcha tushunchalarni topish bo’yicha misollar va uning bayoni.
Sizga beshta so’z berilgan. Ularning to’rttasi umumiy belgilar bilan birlashgan. Beshinchi so’z ularga to’g’ri kelmaydi. Uni topib tagini chizish kerak. Faqat bitta so’z ortiq bo’lishi mumkin xolos.


Nazorat va muhokama qilish uchun savollar



  1. Mehnat malakalari va ko’nikmalarini o’rganish masalalari nimalarga asoslanadi?

  2. Talabalarning aqliy rivojlanish darajasini nechta oddiy metodika mavjud?

  3. Ortiqcha predmetni olib tashlash metodining o’tkazilish texnologiyasi qanday?

  4. Ortiqcha tushunchani topish metodikasiga misollar keltiring.

  5. Tushunchalarni taqqoslash qanday amalga oshiriladi?

  6. Oddiy va murakkab analogiya metodini tavsiflab bering?




Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling