Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik diagnostika va korreksiya


-mavzu.Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘lchash va shkalalashning asosiy yo‘nalishlari


Download 1.04 Mb.
bet6/31
Sana23.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1045410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
PEDAGOGIK KORREKSIYA YANGI UMKA

5-mavzu.Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘lchash va shkalalashning asosiy yo‘nalishlari.
Reja:
1. Pedagogik diagnostikani o'tkazish yo'nalishlari.
2. Pedagogik diagnostikada o‘lchash va shkalalashning maqsadi.
3. Baholash shkalasi.
Tayanch tushunchalar: Shkalalash, diagnostika, pedagogik diagnostika, intellektual, ijtimoiy rivojlanish, diagnoz, komponent, noadekvat
Pedagogik diagnostikani o'tkazish yo'nalishlari. Pedagogik diagnostikani
o'tkazish yo'nalishlari vatartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
-tayyorlov yo'nalishi: anketa-so'rovnomalami, sxema-chizmalami, u yoki bu
parametrlami, ko'rsatkichlar jadvallarini tayyorlash;
—tashkiliy yo'nalish: diagnostika o'tkazish va uni muhokama qilish
mexanizmlarini tashkillashtirish;
-pedagoglami va o'quvchi-yoshlaming o'z-o'zini baholash yo'nalishi: har bir
shaxs bilan alohida, individual tarzda ishlash;
-ma'muriyat, hamkasabalar, tengdoshlar, sinfdoshlar, ota-onalar va yoshlar
tomonidan baho berish yo'nalishi;
-qo'lga kiritilgan axborotlar ishlovi va tahlili;
-tavsiyalar va takliflami ishlab chiqish;
-pedagogik konsiliumlami tashkil qilish va unda muhokama etilayotgan
pedagogik vaziyatlar yechimini to g'ri hal etilishini ta’minlash maqsadida tavsiyalar
tizimini ishlab chiqish hamda zarur hollarda o'quv-tarbiyaviy jarayonni
korreksiyalash.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat ijodiy izlanishni talab qiladigan murakkab
jarayondir. Bunda pedagogik tashxislash ijtimoiy hayotning ajralmas qismi bo'lib,
o'qitish va tarbiyalash jarayoniga xizmat qiladi.
Pedagogik diagnostikada o‘lchash va shkalalashning maqsadi. Ta’lim-tarbiya
jarayonida o'lchash va shkalalashning asosiy yo'nalishlari mavjud. O’lchashning
maqsadi - doimo ob’ekt hodisa yoki jarayonning belgilari haqida axborot olishni
ko'zda tutadi. Biz ob’ektning o'zini emas, uning xususiyatlari va farqli tomonlarini
ulchaymiz. Masalan, biz stulning o'zini emas, uning balandligi, eni, bo'yi, og'irligi
kabilami o'lchaymiz.
Shkalaning raqamli ко' rsatgichlari haqiqatni aniq aks ettirgan taqdirda
shkalalash solishtirish jarayonini bevosita osonlashtiradi.
Miqdor haqida gapirilganda «empirik relyativ» iborasining ma’nosini tahlil
qilishga to'g'ri keladi. Diktantda to'g'ri yozilgan so'zlar «empirik faktlar miqdorini»
tashkil qilishi mumkin. Agar diktantda Hasan 35 so'zni, Anvar 27 ta so'zni, Umid 24
ta so'zni xatosiz yozgan bo'lsa, biz faqat Hasanda Anvarnikidan, Anvarda
Umidnikidan to'g'ri so'zlar ko'pliginigina emas, balki Hasanda Umidnikidan to'g'ri
so'zlar ko'pligini ham nazarda tutamiz. Empirik faktlar biri-biri bilan ma’lum
munosabatda bo'ladi. Miqdoriy о lchov buni aniq ko'rsatishi kerak. Lekin she’mi
ifodali o'qib bergan o'quvchilami, ulaming axloqiy normalarga mos kelishini yoki
tarbiyalanganlik darajasini bunday o'lchash qiyin. Shu sababli bugungi kunda
o'lchashning darajasiga mos qo'yidagi shkalalar mavjud:
- nominal shkala;
- tartibli shkala;
- intervalli shkala;
- munosabat yoki proporsiya shkalasi.
Shkalalash. Shkalalash o’lchovi metodlaridan biri. Uning yordamida aniq
psixologik hodisalaming sifat ko’rsatgichi miqdoriy baholash tarzida namoyon
bo’ladi. Shkalalashning asosiy uch turi mavjud. Bular: baholash shkalasi, ranjirovka
shkalasi, sotsiometrik shkalalar va h.k.
Baholash shkalasi. Bu turdagi shkaladan matematik metodlar yordamida
tadqiqot natijalariga ishlov berishda foydalaniladi. Ushbu shkala qo’llanilishda
oddiyligi bilan ajralib turadi va aksariyat hollarda real pedagogic va psixologik
holatlar sonlar sistemasi bilan modellashtirilganda ishlatiladi.
Masalan, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlami aniqlash uchun
quyidagi baholash shkalasidan foydalanish mumkin:
1. O’ta salbiy, muholiflik kayfiyali (-2)
2. О’rtacha salbiy (-1)
3. Loqayd(O)
4. О’rtacha ijobiy (+1)
5. Ijobiy (o’ta kuchli)
Baholash shkalasidan foydalanilganda o’qituvchi har bir shkalani alohida tafsiflab
o’tishi joyiz.
Baholash shkalasining yana bir ko’rinishi - bu reytingdir. Reyting -
o’lchovining diagnostika metodlaridan biri sifatida bugungi kunda o’quv-tarbiya
ishlarida keng foydalanilib kelinmoqda Undan ruhiy holat, pedagogik holat,
pedagogik vaziyat, intellectual salohiyat, o’quv - biluv darajasi, o’zlashtirish
ko’rsatgichlarini aniqlash maqsadida fpydalaniladi. Reyting baholashda o’qituvchi
mutasaddi ekspetlar guruhi, yoki ruhiy holat to’g’risida xolisona xulosalar va baholar
sistemasidan oqilona foydalanishi zarur. Masalan, reytingdan o’qitish metodlari
samaradorligini aniqlash, o’zlashtirish ko’rsatgichlarini o’rgagish, tashxislar
vositalari to’g’nsida aniq xulosa olish uchun va ta’lim istiqbollarini belgilashgda
foydalaniladi.
Ranjirovka shkalasi. Ranjirovka shkalasi o’zga ko’rsatkichlar bilan
solishtirilganda, qiyoslanganda hosil bo’ladi.Ko’rsatkichlar salmog’iga ko’ra
qatorlashtiriladi (saralanadi).

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling