Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik diagnostika va korreksiya


-mavzu.Korreksion faoliyatning mazmun-mohiyati


Download 1.04 Mb.
bet14/31
Sana23.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1045410
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
PEDAGOGIK KORREKSIYA YANGI UMKA

13-mavzu.Korreksion faoliyatning mazmun-mohiyati.
Reja:
1.“Korreksion faoliyat” tushunchasi.
2.Korreksion faoliyatning maqsad va vazifalari.
3.Korreksion faoliyatni samarali tashkil etish shartlari.
Tayanch tushunchalar: Korreksion faoliyat, tashxis tamoyillari, pedagogik diagnostika, intellektual, ijtimoiy rivojlanish, diagnoz, komponent.
Korrektsion faoliyatning mohiyati. Pedagogik diagnostika o’z zamirida
korrekstion tadbirlarni nazarda tutadi.
Korrektsiya-hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o'smirlar bilan olib
boriladigan amq faoliyatdir. Bir qator olimlar:R.S. Nemov, D. V. Olshanskiy, G.
Broyer, G. Matteslar: “Pedagogik korrektsiya-tarbiya jarayonida yoshlaming
ma’naviy-ma'rifiy sohalardagi oldindan yo'l qo'yilgan nuqsonlami bartaraf etish
jarayonidir” l- deb hisoblaydilar.
N. V. Kuzmina bu jarayonni: «Korreksiyalash jarayoni-o'quvchilaming
ongiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etuvchi va turli ijobiy qobiliyatlarim shakllantimvchi
faoliyat turidir1» -deb tavsiflaydi. Korreksiyalash ta’sirida o'quvchi-yoshlaming
g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy
qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quwatlari mustahkamlanadi va shu
bilan birgalikda tarbiya masalalan amalga oshiriladi.
Korrektsiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy
talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish
uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va sinfdan
tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyuShtirish, xulqni idora qilish jarayonida)
tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.
Demak, pedagogik diagnostika va korrektsiya jarayonida bulardan birortasi
(tafakkuri, ongi, hissiyoti, irodasi, qarashlari) e'tiboidan chetda qolsa, maqsadga
erishish qiyinlashadi.
«Muayyan bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari
tarbiyachi tomonidan rejalshtiriladi va tartibga solinadi2» - deb yozadi Fleyk Xobson
fikricha, muayan hislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi
manbalar izlab topiladi va belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va
amaliy manbalami qaysisini va qaerda ishlatish rejalshtiriladi.
Bunday reja asosida olib borilgan tarbiya mohiyati ta'lim - tarbiya tizimini,
jamiyat va insonlaming intellektual va jismoniy faoliyatini tashkil qiladi. Demak,
pedagogik diagnostika va korrektsiya jarayoni ham reja asosida, tizimli va maqsadli
olib borilsa, komil insonni tarbiyalashdek asrlardan ben azaliy orzuni amalga oshirish
istiqbollari kengayadi.
Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik diagnostika va pedagogik konektsiya
ishlari metodik jihatdan to'g'ri yo'naltirilganda jamiyaming har bir a’zosi ongiga
milliy istiqlol g'oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda,
o'quvchilaming o'zligini anglashlanda, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni,
diniy bag'rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos bo'lgan
fazilatlami: sofdillik, to'g'riso'zlik, adolatparvarlik, sahovatlilik, or-nomuslik,
tantilik va boshqa sifatlarni tarkib toptirishda ijobiy samara beradi.
Pedagogik tashxislash va yoshlaming xulqidagi nuqsonlami korreksiyalash
masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo'lib borishi mustaqil
O'zbekistonning har tomonlama rivojlanishidan, jamiyat a'zolanning ma'naviy-
ma'rifiy hayotida paydo bo'lgan muammolarini hal etilayotganidan dalolatdir.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling