Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik diagnostika va korreksiya


-mavzu.O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda pedagogik diagnostika


Download 1.04 Mb.
bet11/31
Sana23.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1045410
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
PEDAGOGIK KORREKSIYA YANGI UMKA

10-mavzu.O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda pedagogik diagnostika.
1.Bo‘lajak kasbni tanlashda irsiyat va tabiiy layoqatning roli.
2. Kasbiy yo'nalganlikni tashxislash.
Tayanch tushunchalar: Kasb, irsiyat, tarbiya, zakovat, tashxis tamoyillari, pedagogik diagnostika, intellektual, ijtimoiy rivojlanish, diagnoz, komponent.
Bo‘lajak kasbni tanlashda irsiyat va tabiiy layoqatning roli. Hozirgi davrda
yoshlaming kasbiga oid bilimlarini hayotda qo’llay olishlari uchun keng imkoniyat
yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifa ta’lim sifatini yuksak darajada
ko’tarishni, puxta va bilimli raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashni, boshqacha qilib
aytganda, ta’lim va tarbiya tizimida tub sifat o’zgarishlarini sodir etishni talab qiladi.
Shunday ekan, pedagogik diagnostika asosida tashkil qilingan ta’lim va tarbiya
o’quvchi shaxsining “Men”ini yorqinroq namoyish etishga, qobiliyat va iqtidorini
anglashga, uni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Pedagogik diagnostika ta’lim jarayoni sifatini loyihalashtirish, unga erishish va
qo’llab-quwatlash hamda uni amalga oshirish yo’llarini o’rganadi, natijalarini
tashxislaydi. Bu jarayonda ta’lim sifatini ta’minlash, zamonaviy yondashuvlarining
asosiy negizi- turli xil boshqamv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’limga
joriy etish xam amalga oshiriladi. Bo’lajak kasbni tanlash uchun o’quvchilami
maktab davridanoq kasb egallashga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, ulaming irsiy va
kasb tanlashga bo’lgan hohishini o’rganish - zamonaviy pedagogik diagnostika
metodlariga murojaaat etishni talab etadi O’z kasbini sevgan inson ijodkorlikka
intiladi, yangilik yaratishga qodir bo’ladi.
Germaniyaning «Ta'limni rivojlantirish yagona rejasi»da shunday deyiladi:
«Pedagogik diagnostika tushunchasi pedagogika sohasidagi barcha jarayon va
muammolami yoritilishini, ozlashtirishni va o'quv jarayoni samaradorligini
oshirishni, ta'lim olish sohasidagi har bir kishining imkoniyatlarini aniqlash
choralarini, ayniqsa, maktab ta'limi tizimida xohlagan kasbni va ta'limning uchinchi
bosqichini tanlsh choralarini nazarda tutadi».
Yoshlaming kasb-hunarga layoqatini o’rganish uchun ulaming aqliy, jismoniy
qobiliyatlarini bilish, malaka va ko’nikmalarini o’rganish lozim.
Kasb tanlash - jiddiy va mas’uliyatli ishdir. O’z hayot yo’lini jiddiy suratda belgilab
olish - oson ish emas. Buning uchun uzoq vaqt, maxsus tayyorgarlik ko’rish talab
etiladi. Yoshlami mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ulaming kasb-
hunarini o’z qobiliyatlariga yarasha to’g’ri tanlashlariga erishish uchun maktab
o’qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek,
akademik, tashki'lotchilik, perseptiv va h.k.) qobiliyatlar yuksak bo’lishi, fan
asoslarini turmush bilan bog’lab o’rganilishi, to’garak va qo’shimcha, yordamchi
kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to’g’risida ma’ruzalar
o’qilishi, suhbatlar, munozaralar, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, kasb-hunar
fotoko’rgazmalari tashkil qilinishi zarur. Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish
o’qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Mehnat ta’limini
turmush bilan bog’lash, uyg’unlashtirish, o’quvchilaming individual-tipologik, yosh
davrlari xususiyatlari, texnik qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini
hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki har bir kasb-hunar shaxsdan irodaviy zo’r
berishni, aqliy jiddiylikni va sinovlarga bardosh bera oladigan yigit — qizlamigina
mazkur tanlangan kasbga nisbatan yaroqli bo’lishga undaydi. O’quvchini u yoki bu
kasbga maqsadli у o’naltirishdan awal uning shaxsini o’rganish lozim. Buning uchun
uni kuzatish ( bevosita, bilvosita ) o’quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila
va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilish, so’rovnoma o’tkazish, suhbat, test,
olish mumkin. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimizda
qaysi soha mutaxassislanga ehtiyoj mavjudligini nazarda tutish va shunga yarasha
maktab o’quvchilarini ulaming mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va
jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligim aniqlab, so’ng
kasbga yo’llash lozim.
Kasbga yo’naltirishda turli kasblar, ularga qo’yiladigan talablar, bu kasbni
qayerda egallashlari mumkinligi to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish katta
ahamiyatga ega. Kasb mahorati va insoniy tafakkuming rivojlanishi, fandagi mavjud
muammolami va ulami hal etish yo’llarini ko’ra bilish qobiliyati bulaming hammasi
muammoli - evristik saviyadir.
Shu o’nnda o’quvchilami kasbga yo’naltirishning nazariy va amaliy aspektlari
mavjud, ular quykiagilarda o’z ifodasini topadi:
__ kasbga yo’naltirishning nazariy aspekti kasb faoliyatining barcha tomonlari
to’g’risidagi chuqur bilimlaming shakllanishi, shu bilimlarga tayangan holda ta’lim
olishni, nazariy bilimlami amaliyotga tadbiq etish va buning aksi bo’lgan
amaliyotning nazariyaga ko’chirish yo’llarini o’rganishni nazarda tutadi
Kasbga yo’naltirishning amaliy aspekti esa egallangan bilimlami hayotiy
faoliyatning ma’lum bir sohasida qo’llashni o’rganishdan iboratdir.
Bu esa yoshlami biror kasbni tanlashga ongli munosabatda bo’lishga tayyorlaydi.
O’quvchilar kasblar to’g’risidagi ma’lumotlami, bilimlami faqat maktabda emas,
balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari yoki qarindoshlaridan ham bilib
oladilar. Yuqoridagilami hisobga olgan holda yoshlami kasbga yo’naltirishda
quyidagilarga e’tibor berish lozim bo’ladi:
— o’quvchilaming faolligi, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu —
niyatlari, xususan kasbga bo’lgan qiziqishlarini vaqtida aniqlash;
— o’quvchilaming individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga
olgan holda ulaming har birini oqilona kasbga yo’llash;
— kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun yoshlaming aqliy va
jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqligini aniqlab, so’ng
kasbga yo’llash kerak;
— ota-onalar bilan mustahkam aloqa o’matish;
— kasbga yo’naltirish bo’yicha maslahatlar uyushtirish lozim bo’ladi.
O’quvchi - yoshlami kasbga yo’naltirish - ularga kelajakda o’z kasblarini aniqlab
olish uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy, psixologik,
pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish — texnik tadbirlaming asoslangan
tizimi hisoblanadi. Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida turgan ijtimoiy,
siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyoj,
o’quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Kasb egallash
istagi o’quvchilarda atrof muhit omillari va maktabda o’tkaziladigan kasb hunarga
yo’naltimvchi ishlar orqali shakllanadi.
Kasbiy motivatsiya o’zgamvchan bo’lib, uning shakllanishi uzluksiz jarayon
hisoblanadi va u ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sinda kechadi. SHu sababli kasbiy
motivatsiyani ilk bosqichlarda aniqlab, zarurat tug’ilsa, uni korreksiyalash maqsadga
muvofiqdirKasbiy motivatsiya (moyillik) kasb tanlashga sabab bo’ladigan aniq
rag’batlantiruvchi harakatdir. Shu sababli zamonaviy o’qituvchi tahsil oluvchilarda
kasbiy motivatsiyani shakllantirishi, turli metodlar orqali ularda tanlangan kasbiga
bo’lgan ishtiyoqni rivojlantirishga harakat qilishi va bu boradagi ilg’or
metodikalardan xabardor bo’lishi talab etiladi.
KASBIY YO’NALGANLIKNI TASHXISLASH
( Xolland metodikasi asosida)
Amerikalik psixolog olim YA.Xolland taklifi bo’yicha muayyan kasblami shartli
ravishda6 guruhga bo’lish mumkin (realistik, ijtimoiy, konvensial (shartli), tadbirkor,
artistik tiplar). Bu metodika asosida yuqorida qayd qilingan tiplami qay biri qay
darajada shaxsda namoyon bo’lishini aniqlash mumkin. Mazkur metodika shaxs
ruhiyatida qaysi bir yo’nalish ko’proq shakllangan bo’lsa, shu kasb uni
o'ziga ko'proq jalb qilishni xohlaydi.
Tiplarning tahlili:
Realistik tip. Bunday tipdagi shaxs ko’proq konkret, ya’ni aniq ob’ektlar
(narsalar, asbob uskunalar, hayvonlar, mashinalar) bilan shug’ullanishni afzal
ko’radilar, konkret ob’ekt bilan shug’ullanish, chaqqonlik va aniqlikni yoqtiradi.
Odamlar bilan muloqotda bo’lishni yoqtirmaganliklari sababli yuqori lavozimlarda
ishlashni xush ko'rmaydi. Injener, mexanik, elektrik, agronom, bog’bon, haydovchi
va shunga o’xshash kasblami tanlaydi.
Intellektual tip. Bunday odamlar o’zining sezgir va boy xayoloti bilan
boshqalardan ajralib turadi. Ular amaliy mashg’ulotlami bajarishdan ko’ra,
muammolami nazariy hal qilish ustida o’ylashni yoqtiradilar. Mavhum kasblami
tanlashadi: biolog, botanik, astronom, fizik.
Ijtimoiy tip. Bunday odamlar muammoni yechishda ko’proq o’zlarining
intellektual qobiliyatlaridan ko’ra shaxsiy hissiyot va tuyg’ularga asoslanadilar.
Avtomat-mashina-avtomat tamoyili asosidagi faoliyatni yoqtirmaydilsir. Ko’proq
ta’lim va sog’liqni saqlash sohasiga qiziqadilar: shifokor, psixolog, o’qituvchi
kasblarini tanlashlari mumkin, chunki ularda muloqotga kirishish, boshqaruv va
san’atga ehtiyoj katta.
Konvensial (shartli) tip. Bunday insonlarda moslashish salohiyati juda past.
Ularga past faollikni talab qiluvchi mashg’ulotlar va mutaxassisliklar hamda aniq
tizimli faoliyatlar ko’proq yoqadi. CHunki bunday faoliyatlarda aniqlik va noaniqlik
belgilab berilgan. Boshqamv faoliyati qo’l kelmaydi, chunki bunday odamlar
masalalami hal qilishda ko’proq boshqalaming fikriga suyanadilar. Tavsiya etilgan
kasblar iqtisod, hisobchi, kotiba va hokazo.
Tadbirkorlik tipi. Bunday tiplar yuqori lavozimlarda ishlashni yoqtiradilar,
Ularga qo’l mehnati, diqqatni bir nuqtaga jalb etuvchi faoliyatlar yoqinaydi. Ular
quyidagi kasblami tanlaydilar: direktor, teleoperator, artist, diplomat, jumalist. 6.
Artistik (kreativlik) tip. Bunday insonlarda xayol va intuitsiya yaxshi rivojlangan.
Ular hayotni murakkablashgan holda qabul qiladilar. "Erkaklashtirilgart" — sport,
avtota’mirlash kabi ishlar qiziqtirmaydi. Ular ijodiy xarakterdagi mashg’ulotlami
xush ko’radilar. Ya’ni, musiqa, ras9omchilik, adabiyot va shu kabi sohalarda yuqon
natijalarga erishishlari mumkin.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling