Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik diagnostika va korreksiya


-mavzu. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish


Download 1.04 Mb.
bet13/31
Sana23.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1045410
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
PEDAGOGIK KORREKSIYA YANGI UMKA

12-mavzu. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish.
REJA:
1.Oilaning “tarbiyaviy potensiali” tushunchasining mohiyati.
2.Oiladagi sog‘lom muhitni tashxis etish.
3. Oiladagi pedagogik muhitni tashxis etish.
Tayanch tushunchalar: Oila, tarbiyaviy potensial, oila a'zolari, muhit, axloq, tarbiya, zakovat, tashxis tamoyillari, pedagogik diagnostika, intellektual, ijtimoiy rivojlanish.
Oilaning “tarbiyaviy potentsiali” tushunchasining mohiyati. Oila
jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'inidir. U o'zida oila a’zolarining ehtiyojlari,
qiziqishlari, mayyan, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-
onalaming bola shaxsiga ilmiydunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat,
mehnat va boshqa ijtimoiy omillami shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko'rsatish
jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy
umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy hayot va oilaviy tarbiya o'zining
milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik tashxislashda oila tarbiyasi o'z milliy
va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur.
Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma’naviy saviyasi,
osoyishtaligi, oila a’zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika va psixologiya fanlanda ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli
hil yondaShuvlar mavjud. Shulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-
RubinShteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munawarov, O. Musurmonovalar
tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma’rifiy-
axborotli yondoshuvlardir. Bu yondashuvlaming mazmuni va mohiyatidan kelib
chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma’lum tizim asosida yordam berish
maqsadida oila uchun ommaviy ta’lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar
asosida oilaning bola tarbiyasidagi rolini faollaShtirishga muvaffaq bo'linmoqda.
Ma’lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o'z samarasini beradi,
shuning uchun muayyan ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj oilalami ijtimoiy
pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko'rsatish, ya’ni oilada
valeologik sog'lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to'g'ri tarbiya berish
maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila tashxisi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Наг bir oilaning ehtiyojlanni inobatga olgan holda ularga ijtimoiy pedagogik
yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim ahamiyatga ega.
Oiladaga sog‘lom muhitni tashxis etish. Oilada sog'lom turmush tarzini
saqlashga doir-ota-onalaming pedagogik-psixologik tayyorgarligiga bo'lgan ehtiyojni
tashxis etish bo'yicha maxsus amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi:
-maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlami aniqlab, ularga suyangan
holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday
yordamga muhtoj ekanligini belgilash;
-harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o'matishga doir
anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ulaming tavsifiga ko ra ota-
onalami kichik guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi
faoliyatdir;
-tashxis asosida pedagogik konsiliumlami tashkil etish, psixologik xizmatni amalga
oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlaming
psixologik holatini, muhitni o'rganishga doir
»Oilada pedagogik muhimi aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «To'gallanmagan
jumlalar», «Oilaning kinetik rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish
mumkin.
Oilaviy tarbiyaning o'ziga xosligi Shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-
qardoshlik, avlod-ajdod hislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni
shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.
«Oilaviy tarbiya doimo o'zining murakkab va ko'p qirraliligi, ajoyib va seijiloligi
bilan ajralib turadi»11-, deb ta’kidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila o'ziga xos bir
olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig'magan olam, u tarbiya ishida
o'ziga xos, takrorlanmas xususiyatlami o'zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun
ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo'1-yo'riqlari mavjud emas.
Tashxislash jarayonida jamiyatning asosiy bo g'ini bo'lmish-oilaming
vazifalarini ham inobatga olish lozim.
Bola maktabga kelguncha oilada tarbiyalanadi. Oila bolanmg dunyoqarashi,
xulqi va didiga ta’sir ko'rsatishi tabiiy xoldir. Ota-onalaming bolalami
tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari bolalaming sog'ligini saqlashdir. Buning
uchun bola to'yib ovqatlanishi, gigiyena talablariga rioya etishi lozim bo'ladi. Ota-
onalar o'zlanning mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna
bo'lishlari shart O'zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so'zlashuvni tashkil etish
lozim.
Ota-onalar bolalarining maktab-o'quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash
uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
- bolalaming darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo'l
qo'ymaslik;
- bolalaming mashg'uloti uchun uyda unga qulay Sharoit yaratish;
- bolalaming uy vazifalariga halollik bilan qarashga o' rgatish, bolalaming g'ayrat va
chidamliligini oshirish;
- bolalami vijdonli va rostgo'y bo lishga, mustaqil ishlarga o' rgatish.
O zbek xalqining milliy xususiyatlari : axloqiylik, o'z-o'zini anglash, milliy
tuyg'u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o'z aksini topadiki,
o'zbek oilasining tuzilishi va Shaxslararo munosabatini o'rganishda bulami chetlab
0 tish mumkin emas. O zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdinko'p
bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo'lishi; qarindoshchilik,
bir necha avlodlaming birgalikda yashashi.
Olidagi pedagogik muhitni tashxis etish. Oiladagi sog'lom muhit, odamiylik,
insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Ota-onaning о zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g amxo'rligi oiladagi
farzandlaming munosabatlarini to’g'ri Shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida
muloyimlik, Shirinsuxanlik, qizlargaxos oriyat,uyatchanlik, ibo, ifFat kabi fazilatlami
tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro'zg'or yumushlarini o'rgatish ham lozim. Ota
o'g'lida to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fidoiylik, saxovatpeShalik kabi
hislatlami Shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan
xabardor qilishi kerak. Ayrim statastik ma’lumotlarga qaraganda1 bugungi intensiv
turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari
tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona-4-5 soat, ish bilan mashg'ul deb qaraluvchi ota-12
minut, ona-3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko'rinib turibdiki bu ajratilgan vaqt
bolalaming barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas. Ayrim oilalarda
erkaklaming bola tarbiyasidagi ishtiroki kam vaqtoi egallaydi. Shu sababli bugungi
kunda ко cha bezori, deviant xulqli bolalar pay do bo lmoqda.
Ma’lumki, oila va qanndoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining
zaruny qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar,
aka-ukalar va opa-singillar o'rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli
bo'lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlami chuqur umidsizlik va
gunohkorlik to'yg'ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to'la
bo'lishi mumkin. »Oilaviy hayotning «qorong'u tomonlari» televideniye va boshqa
ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko'rkam manzaralariga
ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlami, janjallami
hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o'ziga tortmaydigan ko'pgina salbiy
tomonlari ham mavjud. Ba’zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar
xarakteriga ta’sir etadi. O'zining salbiy oqibatlariga ko ra, oilaviy hayotdagi
agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og'ir holatlar
hisoblanadi»1.
Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o'tkazadigan salbiy ta’sirini baholash
juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o'rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli
ekanligiga, bolalaming yoshiga, ulaming qarindoshlari bor-yo'qligiga, bolaning
ajralgan ota-onaga bo'lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko'rishib
turish imkoniyatimng bor-yo'qligiga ko'p narsa bog'liq. Bular va boshqa bir qator
omillar bolaning ko'nikish jarayoniga ta’sir ko'rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-
ma’naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish
holatlarining salbiy oqibatlari bolalar uchun nihoyatdaog'ir kechadi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so ng, ko'p hollarda
bolalar o'zlanga kela olmay, xomush yurishadi.
Oilada pedagogik muhitni tashxislash bo'yichal954 yili T. Liri, R. L. Laforje, R.
F. Sucheklar tomonidan ota-onalaming interpersonal xulqini tashxislash metodikasi
yaratildi. Mazkur metodikadan dunyoning ko'pgina rivojlangan mamlakatlarida
hanuzgacha foydalanishadi, chunki u o'zining dolzarbligini yo'qotganicha yo'q.
Metodika mualliflarining fikricha, ota-onalaming oilada individual interpersonal
xususiyatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling