Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik diagnostika va korreksiya


-mavzu.Korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari


Download 1.04 Mb.
bet15/31
Sana23.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1045410
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
PEDAGOGIK KORREKSIYA YANGI UMKA

14-mavzu.Korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari.
REJA:
1.Korreksion faoliyatning umumpedagogik tamoyillari.
2.Korreksion faoliyatning maxsus tamoyillari.
3.Korreksion faoliyatni tashkil etish qoidalari.
Tayanch tushunchalar: Korreksion faoliyat, umumpedagogik tamoyillar, tashxis tamoyillari, pedagogik diagnostika, intellektual, ijtimoiy rivojlanish, diagnoz, komponent.
Korrektsion faoliyatning umumpedagogik tamoyillari. Ta’lim
muassasalarida pedagogik korreksiya o’tkazish yo'llari xilma-xildir. Bunda o'smir va
o'spirinlar bilan ishlash mazmuni ota-onalar va pedagoglar jamoasining hamkorlikka
asoslangan, maqsadga yo'naltirilgan ish rejalari bilan belgilanishi zarur.
Bu pog'onada pedagogik korreksiya yoshlaming xulqidagi nuqsonlami:
sabrsizlik, betga choparlik, qat’iyatsizlik, janjalkashlik, agressivlik kabi xislatlami
bartaraf etishga qaratiladi.
Keyingi paytlarda o'smirlar va o'spirinlar orasida deviant xulqning turli-
tuman ko'rinishlari progressivlaShib bormoqda. Bu jamiyat, ijtimoiy xizmat
ko'rsatish muassasalari va ijtimoiy pedagog-psixologlar oldiga o'ta dolzarb
muammoni- dezataptatsion holatdagi o'smirlar bilan ishlash yo'llari, metodlari,
Shakllarini topishga, bu sohada o'smir reabilitatsiyasi va zarur bo'Isa, axloqiy xulq
normalaridan og'ish kabi holatlaming olinishiga ta’sir kuchi konsentratsiyalaShuvini
belgilaydi.
L. M. Denyakina : ». . agar tarbiyachi, yoshlarga hech narsa va hech kim ta’sir
qila olmaydi, deb da’vo qiladigan bo'Isa, bu narsa odatda tarbiyachining,
o'qituvchining axloqiy pozitsiyasini belgilab beradigan ta’sirli referent guruhlardan
mutlaqo xabarsiz ekanligini bildiradil»-deydi.
O'smirlik yoshida Shaxs tarbiyasi hal qiluvchi ta’sir ostida tarkib topadi. Tarbiya
maxsus faoliyat sifatida muayyan dastuming, anglab olingan maqsadning mavjudligi
bilan ta’sir ко'rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab benlgan vositalari,
Shakllari hamda metodlarining qo'llanilishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlaridan
ajralib turadi. «Sog'lom tarbiyaviy vaziyatsiz mukammal Shaxs vujudga kelgan yoki
aksincha, to'g'ri' tarbiyaviy ish olib borilgan paytda buzilgan Shaxs tarkib topgan
birortaholni bilmayman1» .
O rta maxsus va kasb-hunar muassasalaridagi, oliy o'kuv yurtlari talabalarining
muayyan axloqiy qoidalar va normalami bilishi ma’naviy xulq-atvoming zarur
Shartidir. Biroq, axloq normalarim Shu tariqa bilish o'z-o'zidan axloqiy xulq -
atvorini tegishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlami ma’naviy xulq-
atvor amaliyotisiz o'zlashtirib olish ma’naviy bilimlar bilan ma’naviy xulq - atvori
o'rtasidagi ajralishda ifodalanadigan (axloqiy formalizm) deb atalovchi
formaJizmning yuzaga kelishiga olib boradi. Shuning uchun o'rta maxsus va kasb-
hunar muassasasi tarbiyalanuvchisining hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil qilishda
ijodiy- axloqiy sotsial-ijtimoiy xulq-atvor tajribasi uning Shaxsini tarkib toptirishda
asosiy bo'lishi kerak. O'smirda bu narsa ota-ona, do'stlar, turli referent guruhlari
ta’siri ostida, tarbiyachi rahbarligida hosil bo'ladi. Yoshlarda bilimlar tizimini: tabiiy,
axloqiy, g'oyaviy-siyosiy bilimlar tizimini, (bu bilimlar muayyan darajada yetakchi
rol uynagan paytda) tarkib toptirish bilan yuz berishi kerak.
L. S. Rubinshteyn, I. S. Коп, A. V. Petrovskiy, E. G'oziyev, G'.Shoumarov, U.
Nishonaliyevlaming bergan ma’lumotlariga ko ra, birgina faoliyaming o'zida (bu
faoliyatning bola uchun nima sababdan yuz berishiga qarab) Shaxsning har xil (va
hatto bir-biriga qarama-qarShi bo'lgan) sifatlarini tarkib toptirish mumkin.
Masalan.tarbiyalanuvchilami boshqalami ochiqdan ochiq va dadil tanqid qilishga
o'rgatamiz. Ana o'xshash qilish bilan bolada prinsipiallik, jasurlik sofdillik tanqidiy
fikrlash fazilatlari tarkib topadi, deb hisoblaymiz. Ammo biz aytilganlami xisobga
olmasak, hamisha ham o'zimiz ко zlagan maqsadga erishavermaymiz. Chunki xulq -
atvorning ana shu to'g'ri formasi negizida o'smir amal qiladigan motivlar yotadi. Bu
xulq-atvor Shaxsan o'smirning o'zi uchun qanday ma’noga ega bo'lishiga qarab
undan har hil sifatlar tarkib topishi mumkin. Agar o'smir o'z о rtog ini prinsipial
motivlar asosida tanqid qiladigan bo'Isa bu tanqid uning o'rtog'idagi xarakterida
prinsipiallik, qat'iylik, halollik singari sifatlami tarkib toptirishga yordam beradi.
bordi-yu o'z aybini o'rtog'ining bo'yniga quyish istagi bilan tanqid qiladigan bo'lsa,
bu xudbinlik, individualizmning tarkib topishiga yordam beradi. Agar shaxsiy araz
bilan tanqid qilinadigan bo Isa, unda shu asosda qasoskorlik, makkorlik, insofsizlik
hislatlari tarkib topadi Agar bunday tanqid qilishga nihoyat o'qituvchidlan qo'rqish
va unga yoqish istagi yoki mag'rurlik istagi prinsipial sabab bo'Isa, unda
laganbordorlik ikki yuzlamachilik singari xislatlar tarkib topishi mumkin, binobarin
to'g'ri xulq-atvor tajribasi bu hatti-harakat muayyan motivlar asosida amalga
oshirilgan vaqtdagina ko'zlagan maqsadga olib keladi. Shuning uchun xulq- atvorini,
to'g'ri motivlanni tajribada tarbiyalash va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb
etadi. O'smirlarda muayyan vaziyatlarda tarbiyaviy ta’sirlar vositasida yuzaga
keladigan ijobiy motivlar ulaming tajribasida mustahkamlanishi va boshlang'ich
vaziyatlarga tarqalishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, shaxsning har bir sifat tarkibiga, binobarin,
o'smiming tegishli hatti-harakatiga ijobiy munosabatda bo'lishiga imkon beradigan
motiv ikkinchidan, hatti -xarakatlaming mustahkamlangan usuli kiradi. O'xshash
qilib, Shaxsning sifati L.J.Bojovichning iborasi bilan aytganda, hatti -harakat
motivlari o'ziga xos birikmalardir. Hatti -harakat barqaror, hukumron (asosiy)
motivlaming sistemasini bazi pedagog, psixolog olimlar (N. Leytes, YU. KJeyberg,
L.I.Bojovich, M.S.Neymark, E. G'oziyev)lar Shaxsning yo'nalishi deb ta’riflaydilar.
Korrektsion faoliyatni tashkil etish. Tahsil oluvchilarning faoliyat у o'nal ishini
korreksiyalashda - jamoaviy, shaxsiy va ishchanlik yo'nalishlarini (ishga, faoliyat
jarayoniga bo'lgan munosabat yo'nalishlarini, ijodiy faoliyatga qiziqishni) alohida
ajratib ko'rsatish mumkin. Yo'nalishning jamoa, Shaxsiy turlari bir xil, to'g'ri
tavsifga ega bo'lmasligi kerak. Xaqiqiy yo'nalishdan tashqari "xudbinlik guruhi" deb
atalgan yo'nalish - boshqa jamoalaming qiziqishlarini mutlaqo mensimagan holda
faqat bitta jamoaning, (gurux) qiziqishlarinigina e’tirof etadigan yo'nalish ham bor.
Shaxsiy yo'nalish Shaxsiy yutuqlarga erishishga qaratilgan yo'nalish sifatida hamma
vaqt ham jamoa yunalishiga qarama - qarshi bo'lavermaydi.
Pedagogik korreksiyalashda tarbiyaviy ish metodlan qo'llanilayotganda,
tarbiyalanayotgan o'smiming yosh va individual xususiyatlarini, ikkinchidan, Shu
o'quvchi a’zo bo'lgan jamoaning xususiyatlarini, nihoyat, tarbiyaviy ta’sir
ко'rsatiladigan muayyan konkret Sharoitlami hisobga olish zarur. Shaxsning ijobiy
yo'nalishini tarkib toptirish uchun yoshlaming barcha vaziyat va holatlarida to'g'ri
yo'l tutishi uchun uning nima qilishni bilishi, o'zi hurmat qiladigan kishilaming nima
qilayotganliklarini ko'rishi va o'zi ham to'g'ri xulq-atvorli bo'lishgamashq qilishi
zarur.
Yoshlarda bilimlar - axloqiy tasawurlar va tushunchalanning muayyan
sistemasini kamol toptirmasdan turib xaqiqiy e’tiqodlami tarkib toptinb bo'lmaydi.
O'z - o'zidan bu bilimlar axloqiy xulq - atvomi belgilamasdan turib, unga muhim
ta’sir ko'rsata olmaydi.
Shaxsning ijtimoiy yo'nalganligi, ma’rifiy mukammallikka intilishi kabi
insoniy to'yg ulami kamol toptirish zamonaviy pedagog, psixologlaming diqqat-
markazidagi vazifadir. Pedagogik diagnostikada bilimdonlikning o'mi muhim
ahamiyat kasb etadi. Pedagogik vaziyatlami oqilona baholash, ulaming umumiy
Shakllarini, uslublarini bilishni talab qiladi. Bu korreksiyalash ishlarini olib
borayotgan о qituvchi, tarbiyachidan metodologik, nazariy, uslubiy, texnologik
bilimlar bilan qurollanishni taqozo etadi. Korreksiyalash jarayonida yoshlarda
ma’naviy-ma’rifiy sifatlami Shakllantirish nazarda tutiladi.
15-16-17 yoshlilardarivojlantiriladigan ma’naviy sifatlar: vatanparvarlik,
ziyolilik, ma’rifatparvarlik, adolatlilik, mas’uliyatlilik va boshqalami tashkil etsa,
Shaxsiy sifatlar: oliyjanoblik, kirishuvchanlik, ochiq ko'ngillilik, hamdardlilikka
moyillik kabilar qamrab oladi. Ijtimoiy xulqni Shakllantiruvchi omillarga:
atrofdagilarga ijobiy munosabatda bo'lish, optimizm, kuzatuvchanlik, o'z-o'ziga
tanqidiy munosabatda bo'lish kabilar kiradi.
O'rta maxsus va kasb-hunar muassasalari, oliy ta’lim tizimida tarbiyaviy
korreksiyalash ishlarini Myunstenberg metodikasi bo'yicha amalga oshirish mumkin.
Bunda mikroguruhdagi xususiyatlar o'rganilib chiqilgach, sotsiometriya,
referentometriya,(o'zaro kirishuvchanlikni Shakllantirish) Timoti-Liri metodikalariga
tayanib, biz o'spirinlaming xulqidagi nuqsonlami korreksiyalaydigan tizimni ishlab
chiqdik. Tadqiqot jarayonida 16-17-20 yoshli o'rta maxsus va kasb hunar
muassasalari hamdaoliy o'kuv yurtlari talabalari qamashdi. Dissertatsiya sahifalarida
tadqiqot natijalarini keltiramiz( «O'smirlar» deb belgilangan yosh davrlari o'rta va
maxsus kasb-hunar muassasasi talabalarim, «o'spirinlar»deb belgilangan yosh
davrlari-oliy o'kuvyurti talabalarini tavsiflaydi):



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling