Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik diagnostika va korreksiya


-mavzu.Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini


Download 1.04 Mb.
bet12/31
Sana23.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1045410
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
PEDAGOGIK KORREKSIYA YANGI UMKA

11-mavzu.Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini
tashxis etish.
Reja:
1.Sinf (guruh) jamoasining “tarbiyaviy imkoniyatlari” tushunchasining mohiyati. 2.Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish metodikasi.


Tayanch tushunchalar: Sinf jamoasi, imkoniyat, axloq, tarbiya, zakovat, tashxis tamoyillari, pedagogik diagnostika, intellektual, ijtimoiy rivojlanish, diagnoz, komponent.
Sinf (guruh) jamoasining “tarbiyaviy imkoniyatlari” tushunchasining
mohiyati.
Sinf jamoasi faqat o’quv faoliyati birligi bo’libgina qolmasdan, balki
o’quvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir. Z.
Qo’zievning fikricha «jamoaga qo’yilgan umumiy talablarga ko’ra jamoa a’zolari
quyidagilardan qoniqish hosil qilishlari kerak: o’zaro munosabatlardan;o’qish va
mehnat jarayonidan; rahbarlikdan; uyushqoqlikdan; ongli intizomdan; oqilona va
foydali faoliyatdan; xotiijamlikdan; o’z qadr-qimmatini saqlashdan; jamoa bilan
faxrlanishdan; himoyalanganlikdan.
Jamoa a’zolariga:
• ixtiyoriylik;
• demokratik faoliyat;
• so’z erkinhgi;
• tashabbuskorlik;
• mastaqillik;
• faollik;
• ijodiy faoliyat ko’rsatishlari uchun imkoniyat yaratilishi kerak»6.
O’quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda turli farqlar bilan amalga
oshiriladi. Shuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo’l-yo’riqlami belgilab
bo’lmaydi. Ayniqsa, boshlang’ich, V va IX sinflarda o’quvchilar jamoasini tashkil
etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug’diradi. Bu sinflarda ko’pincha
o’quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o’zgaradi. Shuning uchun o’quvchilar
jamoasini yangidan tuzishga to’g’ri keladi.
VI-VII sinflarda o’quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko’proq
jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o’zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar,
mehnat qilish malakalari va ko’n ikmalarini rivojlantiradilar.
Sinf rahbari quyi va o’rta sinflarda bu ishlami amalga oshirishda bolalar va
o’smirlar uyushmasiga, yuqori sinflarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati
yordamiga tayanadi. «... Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda
faol qatnashuvchi odamgina shaxs deb ataladi»7,- deb ta’kidlaydi L.S. Rubinshteyn.
Zigmund Freyd o’z asarlarida bayon qilgan nazariyaga ko’ra, bola agar atrof-
muhitning talablari va ong ostidagi qudratli mayllaimi muvozanatda ushlab tura
olsagina, mustaqil mavjudotga aylanadi. Bizning o ’zimizni anglashga bo’lgan
qobiliyatimiz ongsizlik xurujlarini bosish yo’li bilan rivojlanadi.
J.G. Mid fikriga ko’ra bola boshqalar uning o’ziga nisbatan o’zlarini qanday
tutayotganliklarini ко’rib, o’zini aloqida mavjudot sifatida anglay boshlaydi.
Keyinroq, o’yinlarda qamashib, o’yin qoidalarini o’rganib bola «umumlashtirilgan
o’zga»- umumiy qadriyatlar va madaniy me’yorlami tushuna boshlaydi.
Jan Piaje bolaning dunyoni ongli idrok etish qobiliyatining rivojlanishida bir
nechta asosiy bosqichlami ajratib ko’rsatadi. Hair bir bosqich yangi bilish
qobiliyatlarini o’zlashtirish bilan tavsiflanadi va oldingi bosqichning
muvaffaqiyatliligiga bog’liq bo’ladi. Piaje fikrigako’na, kognitiv rivojlanishning bu
bosqichlari ijtimoiylashuvning umumiy xususiyatlari hisoblanadi.
«Ijtimoiylashuv- bu chaqaloqning boshqa odamlar bilan muloqatga kirishish orqali
o’zini anglaydigan, o’zi tug’ilgan madaniyatni tusihunadigan aqlli mavjudotga
aylanish jarayoni».
Ijtimoiylashuv agentlari- bu eng muhim ijtimoiylashuv jarayonlari yuz beradigan
tuzilmaviy guruqlardir. Barcha madaniyatlarda bola ijtimoiylashuvining asosiy agenti
oila qisoblanadi Bundan tashqari, tengdoshlar guruqlari, maktab, ommaviy axborot
vositalari ham ijtimoiylashuv agentlaridir.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiylashuvda jamoaning o’mi beqiyosdir. «Jamoa
ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdigi faoliyat
uchun jipslashgan o’quvchilar birlashmasidir»9
Sinf jamoasini jipslashtirish yo’llari: jamoatchilik topshirig’i berish; sinf
faollarini to’g’ri tanlash; o’quvchilarni istiqbolga chorlash;
4. Sinfda ijobiy an’analami qaror toptirish; o’quvchilarga yagana talablar
qo’yishdan iborat.
Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish
metodikasi. Jamoatchilik topshirig’i. Jamoa bo’lib ishlash, amaliy faoliytt ko’rsatish
sinf jamoasini jipslashtirishda mO’cpmahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat sinf jamoasi
hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi. Sinfdagi barcha O’quvchilarga, qatto qoloq,
intizomi bo’sh o’quvchilarga ham jamoat topshirig’i berish kerak.Bu bolalarni
mehnatsevarlik, tejamkorlik va tartib-intizomga o’rgatadi.
Sinfdagi faollami aniqlash .Sinf raqbari dastlabki kunlardanoq O’quvchilami
jamoat topshiriqlari orqali kuzatib boradi. Ular ichidan faol bolalami tanlab oladi.
Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a’lochi O’quvchilardan sinf faollarini
saylaydi.
Jamoat ishini faqat faollar zimmasiga emas, balki barcha O’quvchilar orasida
taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilami istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin qiziqarli va quvonchli
voqealar manzilidir. Sinfda yorqin va jozibador istiqbollaming bo’lmasligi, bu
jamoada bir xillik va zerikarli qolatlami keltirib chiqaradi.
Istiqbol odatda, oddiy kundalik ishlar: sinf xonasini jiqozlash, kutubxona
tashkil etish, musobaqalarga tayyorlanishdan boshlanib, sayr-tomoshalarga chiqish,
kino, teatrlarga jamoa bo’lib borish orqali davom ettiriladi. So’n gra murakkabroq
istiqbolli vazifalar qo’yiladi: kecha tayyorlash, dramatik to’garak tashkil qilish,
olimpiadalarda qatnashish, sovrinlami («Zulfiya», «Nihol»kabi) qo’lga kiritish
uchun harakat qilish kabi.
«Аn’аnа» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga,
otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari,
qarashlar va shu kabilardir»10. Bu jamoa hayotiga mustaqkam o’mashib qolgan
ijobiy tajribalardir. Turli bayramlami nishonlash, ijodiy ko’riklar tashkil etish,
maktabni bitirganlar bilan uchrashuvlar, tug’ilgan kunlami muborakbod etish kabi
an’an alar bo’lishi mumkin.
Har qanday an’ana sinf o’qituvchi lari va ota-onalar nazaridan chetda
qolmasligi kerak. Ular qo’llab-quwatlagan taqdirdagina bu boqiy an’anaga aylanadi.
Yaxshi an’ana sinf jamoasining jipslashuviga ko’maklashadi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling