Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Olimpiya an’analarini qayta tiklash harakati


Download 0.83 Mb.
bet11/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

4. Olimpiya an’analarini qayta tiklash harakati.
Insoniyatning iroda, aql va jismoniy harakatini tarbiya- lashga xizmat etuvchi qadimgi Olimpiya bayramlarini qayta tiklash g'oyalari uyg'onish davriga kelib paydo bo‘la boshladi. Uning ilk tashabbuskorlaridan biri italiyalik davlat arbobi Matteo Polmiyeri (1406—1476) hisoblanadi. U o'zining «Fu- qarolik hayoti haqida» nomli kitobida antik Olimpiya o'yinlarining yoshlami jismoniy tarbiyalashdagi mohiyatini ochib beradi. Shuningdek, «Hayot shahri» (Gorod jizni) kitobida yoshlami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatga xizmat qilish ehtiyojini singdirish inson hayotining ma’naviy m e ’yorlarin i tarkib toptirishning asosi ekanligini e’tirof etgan. Qadimgi Olimpiya o'yinlaridan ibrat olishni Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, Fridrix Shiller, Mixail Lomonosov, Iyeronim Merkurialis va boshqa donishmandlar ham tavsiya etishgan. Ba’zi bir davlatlarda qadimgi Olimpiya o'yinlari o'tkazish amaliy jihatdan kuchga kirgan. Bunday o'yinlar faqat bir davlat miqyosidagina o'tkazilganligi ko'zga tashlanadi. 1604- yilda Robert Dover (Angliya) yoshlar orasida Olimpiya o'yinlariga o'xshash musobaqa o'tkazishga muvafFaq bo'ladi. Bu voqea «Gotevold o'yinlari» (joyning nomi asosida) nomi bilan tarixda qoldi. Gotevold tepaliklarida o'tkazilgan musobaqalar dasturida rapira, sablya, shpagada qilichbozlik, kurash, futbol (sul) o'yini, bosqon uloqtirish, otda poyga, shax- mat va boshqa o'yinlar bo'lgan. Uilyam Shekspir «Vindgorlik oyimchalar» (Vindgorskiye devushki) asarida «Gotevold te- paliklaridagi Olimpiya o'yinlari» deb uni tilga oladi. Kapitan Robert Doveming o'yinlari o'ttiz yildan ortiq davr ichida o'tkazib borildi. Uning 1641-yilda vafot etishi bilan uning o'yinlari ham to'xtab qoldi. Antik Olimpiya o'yinlari timsolidagi musobaqa keyinchalik Germaniya, Shvetsiya, AQSH, Kanada, Gretsiya kabi davlatlarda ham o'tkazilgan. Har bir mamlakatning imkoni- yat doirasi va o'zlariga xos xususiyatlari asosida o'yinlar ham turlicha tus olgan. Masalan, 1845-yilda Kanadada bu «Mon- real Olimpiya 0‘yinlari» nomi bilan o‘tkazilgan. Shu tariqa jahonda Olimpiya 0‘yinlari xalqaro miqyosida o‘tkazishiga asta-sekin zamin tayyorlangan. XIX asrning oxirida bu ish to‘la amalga oshirildi. Xulosa qilib aytganda, o‘rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi shakllar va mazmunlarga ega bo‘lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi. Ularni takomillashtirishda harbiy jismoniy tayyorgarlik tadbirlari, yoshlarni har tomonlama tarbyailash maqsadida tashkil etilgan ritsarlik mak- tablari va boshqa shu turdagi o‘quv muassasalarining o‘mi g‘oyat katta bo‘ldi. Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar va qishloqlar aholisi o'rtasida o‘tkazilgan tifrli an’analarda, marosimlar 0‘tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik, kamondan o‘q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o‘yinlardan keng foydalanganlar. Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining shakllana borishi natijasida kelishmovchilik va urushlar ko'payib, o‘q otar qurollardan keng foydalanila boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi bilan bogMnugan holda davom etdi. XV-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar tomonidan yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g'oyalar ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi. Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyot- lar davlatlaming iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo'ldi. Fan, madaniyat va ta’lim-tarbiyaning yangi yo'nalishlari negizida antik Olimpiya 0‘yinlari qayta tiklashga urinishlar bo‘ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya, Kanada va boshqa bir* qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o'yinlariga qiyoslab, yangi ko'rinishdagi o‘yinlar o'tkazildi va umuman, jamiyat- ning o‘sha davrdagi tuzilishi, diniy hukmronlik sharoitida bunday tadbirlarni muntazam o'tkazib borish, ularni xalqaro miqyosda tashkil qilishga hech bir davlat qodir emas edi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling