Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


O‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya


Download 0.83 Mb.
bet30/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

O‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya. Krepostnoy huquq bekor qilinganidan keyin fuqaro bilim yurtlarida jismoniy tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi qoniqarsiz ahvolda qolaverdi. Chor hukumati yosh avlod tarbiyasiga unchalik g‘amxo‘rlik qilmas edi. Biroq ijtimoiy ta’lim-tarbiyaviy harakat ta’siri ostida 1864-yilning 19-noyabrida qabul qilingan yangi maktab ustaviga muvofiq gimnaziya va progimnaziyalarda gimnastkani joriy etish mo‘ljallandi.
1864-yilgi o‘rta maktab islohoti jismoniy tarbiyani taraqqiy ettirish ishida m aium darajada oldinga tomon qadam qo‘yilganligUii anglatardi. Ammo bu islohot moddiy baza va kadrlar bilan mustahkamlanmagan edi. Shuning uchun ham u bilim yurtlari o‘quvchilarining jismoniy tarbi- yasini yaxshilash imkonini bermadi.
1889-yilda maktab o‘quvchilari va harbiy tayyorgarlikka chaqiriluvchilar jismoniy tarbiyasini yaxshilash maqsadida xalq maorifi vaziri tomonidan «Erkaklar bilim yurtlarida gimnastika o'qitish qoilanmasi va dasturi» tasdiqlandi. Unda yoshlar jismoniy tarbiyasining vazifalari to‘g‘risidagi umumiy qoidalar, darslarni o‘tish metodikasi va maktab majburiy fan sifatida joriy qilgan jismoniy mashqlar ro‘yxati berilgan. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari sifatida gimnastika va 0‘yinlar tavsiya etilgan edi. Bilim yurtlarida gimnastikani joriy etish oson ish bo‘lib chiqmadi. Undan dars bera oladi- gan kishilar yo‘q edi. Gimnastika darslarini o‘tishga ofitserlar va hatto unter-ofitserlar taklif qilina boshladi. Bu hoi shunga olib keldiki, grajdan bilim yurtlarida harbiy gimnastika joriy etildi. Uni o`rgatuvchi o‘qituvchilar juda oz maosh olishar, shuning uchun ham gimnastika o‘qitishga tasodifiy bir mashg‘ulot deb qarardilar. Faqatgina ayrim gimnaziyalarning direktorlari jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini tushunar, bu ishga tajribali o‘qituvchilami taklif qilish yo`llarini axtarar edilar.
Ko'pchilik olimlar, pedagoglar va shifokorlar jurnal sahi- falarida bilim yurtlaridagi jismoniy tarbiyaning mavjud ahvolini tanqid qilishar edi. 1899-yili Moskva universiteti huzuridagi pedagoglar jamiyatining yig‘ilishida N.S.Filitis o'zining o‘rta maktabda gimnastika 0‘qitish haqida qilgan ma’ruzasida quyidagi xulosalaiga keldi: «1889-yilda belgilangan gimnas­tika sistemasida yaxshi narsalar ham, shu bilan biiga ko'pgina yomon narsalar ham bor. Biroq undagi yaxshi narsalar mak­tablarda qo'llanilmaydi, yomon narsalar esa qo‘llaniladi. Ana shuning uchun ham o‘rta maktab dasturlarini qayta ко‘rib chiqish bo'yicha Moskva pedagoglarining yaqindagina bo'lib o'tgan majlisida tuzilgan jismoniy tarbiya masalalarini aniqlash komissiyasi bir ovozdan gimnastikaning hozirgi ahvolda o'rgatilishini zudlik bilan yo'q qilishni iltimos etishga qaror qildi».
Rasmiy doiralar maktabda jismoniy tarbiyani yo'lga qo'yishni yaxshilash yuzasidan choralar ko'rmadilar. Faqat ayrim pedagoglarning tashabbusi bilan maktablarda jismoniy tarbiyani yaxshilash harakati boshlandi. Sankt-Peterburg (1892-yil), Odessa (1892-yil); Kiyev (1893-yil), Moskva (1893-yil) va boshqa shaharlarda tuzilgan o'quvchi yoshlar jismoniy kamolotiga yordam beruvchi jamiyatlar bu sohada katta rol o'ynadi. Ular o'yin maydonchalari ochdilar, o'quvchilar uchun sayr va ekskursiyalar uyushtirdilar. Jamoat tashkilotlari, ilg'or pedagoglar, shifokorlar va adabi- yotchilaming qattiq turib talab qilishlari natijasida xalq mao- rifi vaziri 1902-yilning 15-avgustida farmoyish chiqarib, bu hujjatda maktablarda harakatli o'yinlar, haibiy gimnastika, buyumlar bilan bajariladigan gimnastika, konki va chang'i, suzish va eshkak eshish, velosipedda yurish, qilichbozlik, qo'l mehnati, raqs va ashulani joriy etishni nazarda tutdi. Unda maktab gimnastika bayramlari o'tkazish zarurligi ham ko'rsalib o'tilgan. Jismoniy mashqlar mashg'ulotlarini har kuni 30 minut davomida va, albatta, o'quv kunining o'rtalarida o'tkazish, o'quv kunining dastlabki va oxirgi darslarida o'tkazilishiga sira yo'l qo'ymaslik tavsiya etilar edi.
1904-yilning 10-iyunida chiqarilgan yangi farmoyishda o'quvchilaming o'qituvchilar va qarindosh-urug'lar bilan sayr etishlari ham qo'shimcha qilinib, bu imkoniyatlar yanada kengaytirildi. Unda suv sportini keng yoyish, suzish maktab- lari tashkil qilish tavsiya etilar, yuqori sinf o'quvchilarini o'q otadigan qurol bilan tanishtirish nazarda tutilardi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling