Qarshi davlat univyersiteti geografiya kafedrasi biogeografiya
-mavzu: BIOGEOGRAFIYA FANINING PREDMETI, TARMOQLARI VA
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamatov A. Biogeografiya
1-mavzu: BIOGEOGRAFIYA FANINING PREDMETI, TARMOQLARI VA
BIOLOGIYA HAMDA GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMIDA TUTGAN O’RNI Reja : 1. Beogeografiya fanining o’rganish ob’yekti, tarkibiy tarmoqlari, uning botanik geografiya va zologik geografiya fanlaridan tashkil topganligi. 2. Biogeografiya-biologiya, ekologiya va geografiya fanlari oralig’idagi chegaraviy fandir. 3. Biogeografiyaning biologiya va bioekologiya fanlari bilan aloqasi. 4. Tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya fanlari bilan biogeografiyaning aloqasi. Geoekologiya haqida tushuncha. 5. Biogeografiyaning amaliy ahamiyati. Beogeografiya-organizm jamoalari va komponentlarining geografik tarqalishi va hududiy joylashishi haqidagi fandir. Boshqacha aytganda, biogeografiya sayyoramiz o’simlik qoplamini, hayvonot dunyosini, organizmlarning tur va boshqa taksanomik birliklarining geografik tarqalishi qonuniyatlarini urganadi. Ko’p vaqtlar mobaynida biogeografiyani o’simliklar geografiyasi yoki fitogeografiya va hayvonlar geografiyasi yoki zoogeografiyaga bo’lib o’ganishga odatlanganlar. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, tirik organizmlarning tarqalishi chuqur urganilishi munosabati bilan zamburug’lar geografiyasi, mikro organizmlar geografiyasi kabi tarmoqlarga ham bo’linadi. Geografik qobiqning eng muxim tarkibiy qismilarini tadqiq etadigan uchta yirik fan- biologiya, ekologiya va geografiya tutashgan tugunidagi masalalarni biogeografiya urganadi. Biogeografiya turli soha geograflariga organizmlarning biologik xususiyatlari, rang-barangligi, organik olam evolyutsiyasi, organizm jamoalarining tuzilishi va tarqalishi, biosferadagi biokimyoviy jarayonlarda tirik organizmlarning roli haqidagi ma’lumotlarni beradi. Ekologik biogeografiya organizmlarning tarqalishiga ekologik sharoit va ekologik omillar ta’siri, biogeotsenoz haqida tushuncha, organizmlarning yer yo’zida tarqalish usullari, areal haqida tushuncha, yer yo’zidagi floristik, faunistik va biotik oblastlar, balandlik mintaqalari, dunyo okeanini biogeografik rayonlashtirish va boshqa shunga o’xshash ko’pdan-ko’p bilimlarni beradi. O’simlik va hayvonot resurslaridan oqilona foydalanish tabiiy muvozanatni va muvozanati bo’lgan ekosistemalar, landshaftlar holatini yaxshilash masalalarini o’ganish va tahlil qilish biogeografiyaning o’ganish doirasiga kiradi. Organizmlarning tarqalishi hozirgi zamon va tabiiy sharoitga aloqador bo’lgani uchun biogeografiya, ekologiya, paleogeografiya, evolyutsiya va paleontologiya kabi fanlar bilan bog’langan. Biogeografiya chegaraviy fan sifatida uni o’ganish va tabiiy fanlar bilan aloqa doirasi keyingi paytlarda tobora kengaymokda. Chunonchi, biologiya va kimyo oralig’idagi geoqimyo bilan geologiya va fizika oraliridagi geofizika bilan, geografiya va ekologiya oralig’idagi geoekologiya fanlari bilan aloqasi kuchaymoqda. Ammo biogeografiyaning manfaatlari tutashgan yo’nalishlardagi masalalarni o’rganuvchi fan sifatidagi urni bir tomondan biologik fan, ikkinchi tomondan geografik fan ekanligi g’oyasi yetakchi masala bo’lib qolavyeradi. Organizmlar va ular jamoalarining geografi tarqalishi masalalarini tadqiq etganligi uchun geografik fan bo’lib qoladi. Organizmlar tarqalishini urganganligi uchun biologik fan hisoblanadi. Shuni ham aniqlab olish kerakki, xuddi relefni geomorfologiya, iqlimni iqlimshunoslik, suvni gidrologiya, tuproqni tuproqshunoslik urgangani kabi organizmlarning tarqalishini biogeografiya urganar ekan- bu fan u mumiy tabiiy geografiyaning tarkibiy hisoblanadi. Biogeografiya fanini shu taxlit talqin etish, aslo uni ikki fan biologiya va tabiiy geografiya fanlari kabi fakat ikki qismga bo’linadi degan ma’noni bermasligi lozim. Gap shundaki, bag’zi adabiyotlarda biogeografiyani biologik geografiya va geografik biologiya qismlaridan iborat deb muloxaza etilmokda. Biogeografiya geografiya bilan biologiya fanlari chegarasidagi fan sifatida vujudga kelib, bu fanlarning tugunida rivojlanayotganligining uzi biogeografiyaning yuqorida ikki fan tarmoqlari va boshqa tabiiy fanlar bilan aloqadagi ilmlar sohasi ekanligini ko’rsatadi. Tabiiy fanlaridan tabiiy hududiy komplekslarni o’rganuvchi landshaftshunoslik fani biogeografiya uchun aloxida ahamiyatga ega. Chunki, landshaftning boshqa komponentlarini urganadigan iqlimshunoslik, tuproqshunoslik, gidrologiya va boshqalar qatori landshaftning biologik komponentini o’rganuvchi biogeografiya ham shu fan tarkibiga kirishi mumkin. O’z navbatida turli geografik regionlarning florasi, faunasi o’simliklari, hayvonot olamini tadiqot etuvchi regional biogeografiya umumiy va regional tabiiy geografiya fanlari uchun zaruriy ma’lumotlar berishi bilan ahamiyatlidir. Biogeografiya kartografiya bilan yaqindan bog’langanlgi. organizmlarni tarqalishini ko’rsatish uchun biogeografik kartografik metodni egallagan bo’lishi lozim. Chunki xaritada izohlanayotgan mazmunni tegishli kartografik qoidalarni bilmasdan ifodalash juda ko’p chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Demak, kartografik metodni egallash biogeografiya uchun va geografiya uchun birdek zarur. Biologiya fanlaridan biogeografiyaga biologik ekologiya va biotsenologiya fanlari ko’proq yaqin turadi. Ekologiya organizmlarning uzaro munosabati va ularning tashqi muhit bilan aloqalarini urganadigan fan sifatida ekologik biogeografiya deb tan olish mumkin. Zyero , ekologik biogeografiya Yer sharining turli regionlarida ekologik munosabatlarning tafovutini urganadi. Ekologiya qoiunlarni bilish regional tafovutlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Biotsenologiya — organizmlar haqidagi fan bo’lganligi uchun ham jamoalarning strukturasi (tuzilishi) va dinamikasi haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar asosida organizmlar hamjamoalari o’rtasidagi jamoalarning geografik farqiy xususiyatlarini aniqlash mumkin. Organizm jamoalarining geografik tarqalishi haqida qonuniyatlarni aniqlash mumkin bo’ladi. Biogeografiya tabiiy fan sifatida tarixiy geologiya va paleontologiya fanlari bilan bog’langan. Planetamizning o’tmishida, turli geologik davrlarda materik va okeanlar nisbatining o’zgarishi turli davrlarda organizmlar o’zgarishiga sabab bo’lgan, o’tgan geologik davrlarning qazilma holdagi o’simlik va hayvonot qoldiqlari qayda ularning o’zgarishi hozirgi davrdagi organizmlarning geografik tarqalishini aniqlashga yordam beradi. Chunki hozirgi organizmlarning tarkibi yashash tarzining xususiyatlari geografik tarqalishi nafaqat ularning ekologik xususiyatlari bilan bog’liq, balki ular yashagan va taraqqiy etgan geologik davrlar bilan bog’liq bo’ladi. Shuni ham aytish mumkinki, organizmlar geografiyasi faqat hozirgi ular yashab turgan muhitning xususiyati bilangina emas, balki muhitga iqtisodiy-ijtimoiy omillar ta’siri bilan ham bog’liq ekanligi ma’lum. Chunki ayrim turdagi organizmlarning kamayib qolishi yoki yuqolib qolishi arafasiga kelgani birinchi navbatda iqtisodiy va ijtimoiy omillar bilan ham bog’liq ekanligi ayondir. Demak, ba’zi regionlarda organizmlarning kamayib yoki ko’payib ketishi iqtisodiy va ijtimoiy ob’ektlarning ko’payishi ya’ni iqtisodiy geografik omillar bilan bog’liq bo’ladi. Shunday ekan, biogeografiya fani ijtimoiy fan bo’lgan iqtisodiy-ijtimoiy geografiya bilan bog’liqligini alohida ta’kidlash o’rinli. Muayyan ekologik o’zgarishlar birinchi navbatda aniq hududlarda ruy beradi. Masalan, turon yo’lbarsining tur sifatida yuqolishi O’rta Osiyoning tabiatidagi o’zgarishlar bilan bog’langan. Demak, muayyan organizmning kamayishi, yuqolishi yoki noyoblashuvi bu tur yashagan joy ekologik muhitning o’zgarishi bilan bog’liq. Shunday ekan, bu geoekologik masaladir. Beogeografiyaning amaliy ahamiyati ko’p qirrali. Biogeografiyani asosini bilmasdan turib, o’simlik va hayvonot resurslaridan oqilona foydalanish amri- mahol. Chunki, inson uchun foydali bo’lgan o’simlik va hayvon turlari Yer sharida nihoyatda notekis tasimlangan. O’simlik va hayvon resurslaridana hom ashyo sifatida foydalanish turli regionlarda turlicha qulay paytlarda amalga oshiriladi. Organizmlarning ko’payishi, urchishi, ularning miqdorini bilmasdan turib, ulardan foydalanish uzoq, yillarda, ba’zan abadiy ulardan foydalanish imkoniyatini yuqqa chiqarishi mumkin. Bunday achinarli holat bo’lmasligi uchun foydali o’simlik va hayvonlarning geografik tarqalish qonuniyatini bilish, yil ichida, yil davomida o’zgarishini, sonining uzgarib turishini bilish, bunday organizmlarning qulay mavsumlarda ko’payishini vaqt va makonda bo’lish biogeografiyaning qonuniyatlarini bilishni talab etadi. Inson salomatligi uchun qulay sharoit vujudga keltirish masalasi ham beogeografik masala isoblanadi. Meditsina bilan biogeografiya ma’lumotlariga asoslanib, inson sog’ligiga xastalik sifatida ta’sir etuvchi tirik mikroorganizmlar va ularni qo’zg’atuvchi va tashuvchilarning muayyan muht va hudud bilan bog’liqligini bilish, avvalo biogeografik ma’lumot hisoblanadi. Gap shundaki, ayrim kasallikni qo’zgatuvchi mikroorganizmlar yashaydigan qulay tabiiy uchoqlar mavjud bo’ladi. Demak, insonning kasallikka chalinishi, xastalik bilan kasallanish darajasi tabiiy muhit bilan bog’liqdir. Shuning uchun kasallikning oldini olish va kasallikka qarshi kurash uchun kasallik tarqatuvchi mikroblarni tarqalish rayonlarini bilish va shu hududlar tabiiy sharoitini bilish talab etiladi. Demak, biogeografiyani qonunlarini bilish kerak bo’ladi. Ma’lumki, ko’pgina O’simlik va o’simlik jamoalari ular mavjud bo’lgan tabiiy muhitning ko’rsatkichlari— indimqatorlar hisoblanadi. Shunga qarab organizmlar yashab turgan ekologik muhit haqida muayyan tasavvurga ega bo’lish mumkin. Qora saksovul qum tepali relefning sho’rhok pastliklarida, oqsaksovul qumtepalari ustlarida balandliklarida o’sadiki, ularga qarab qumning sho’rhok va balandligini bilish mumkin. Indikatsiya ya’ni muayyan alomatlar orqali organizmlar tarqalgan sharoit haqida tasavvurga ega bo’lish— biogeografiyaning indikatsiya haqida ta’limoti sohasini tashkil etadi. Atrof—muhit ustidan kuzatish, tashkil etish monitoring tizimini ayerofoto va kosmik fotorasmlardan foydalanish yordamida olib borilmoqdaki, bu biogeografiyaning yetakchi tadqiqot metodi deb qaralmoqda. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling