Qarshi davlat unversiteti


O‘QUV TANISHUV AMALIYOTINING IKKINCHI KUNI


Download 0.78 Mb.
bet2/4
Sana30.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
#138624
1   2   3   4
Bog'liq
2 5220102431219648312


O‘QUV TANISHUV AMALIYOTINING IKKINCHI KUNI

Hovlimiz tomorqasida begona o‘t holda o‘sagan, yem-xashak ahamiyatiga ega bo‘lgan, dorivor, xar hil mevali, manzarali o‘simliklar bilan tanishdim. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika bog‘ida o‘sayotgan introdutsent va endemik o‘simliklar haqidagi ma’lumotlarni internet saytlari orqali o‘zlashtirdim.



4-topshiriq.

O’simliklrning poyalari xilma xiligini o’rganish, o’t o’simliklar poyalaridan gerbariy uchun materiallar to’plang gerbariy tayyorlash.

Poyalar tuzilishiga ko‘ra yogoch poya (terak, qayrag‘och) va ot poya (arpa, ituzum)ga bo‘linadi. Yog‘och poyali o‘simliklardan har yili yangi kurtaklar

hosil bo‘ladi. Natijada ko‘p yillik yerustki poya vujudga keladi.O‘tsimon poyalarning yerustki poyalari esa ko‘pincha birmavsum yashaydi.Poyalar juda kalta (piyozda) va haddan tashqari uzunbo‘lishi mumkin.

Masalan, mirzaterakning balandligi 20–25 m ga yetsa, Kaliforniyadagi sekvoyadendronlarniki 135–145 m, Avstra liyadagi evkaliptlarniki 150–155 m bo‘ladi.Shuningdek, Janubiy Osiyoning tropik o‘rmonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib o‘sadigan Rotang palmasi poyasininguzunligi 400 m ga yetishi barchani qiziqtiradi.Poyalar shoxlagan (olma, yong‘oq), shoxlamagan(palma), bargli (jiyda, do‘lana) yoki qipiqsimon bargli (saksovul, qandim) bo‘ladi. Shuningdek, poyalar joylashishigaqarab bir necha xil bo‘ladi: tik o‘suvchi (terak, olma,bug‘doy va boshqalar), ko‘tarilib o‘suvchi (sebarga), o‘raluvchi (qo‘y pechak, karnaygul). O‘ra luvchi poyalargaega bo‘lgan o‘simlik atrofdagi o‘simlik yoki birontatayanchga o‘ralib oladi. Tok o‘simligi ham gajaklari yordamida bag‘azlarga ilashib oladi.

Yoyilib yoki palak yoyib o‘suvchi o‘simliklar bironta tayanchga o‘ralmasa tik tura olmaydi. Bularga qovoq, qovun,tarvuz, bodring va temirtikan kabilarni misol qilish mumkin.

O‘rmalovchi poyalar yer yuzasida qo‘shimcha ildizlarchiqarib o‘sadi. Qulupnay, g‘ozpanja kabi o‘simliklarningpoyasi o‘rmalovchi poya hisoblanadi. Poyalarningyo‘g‘onligi ham har xil. Bular orasida ipsimondan (pechaklar)to aylana sining uzunligi 4–6 m (yong‘oq) va 8–10 m(chinor)gacha yetadigan salobatli xillari ham bor.

Poyalarning ko‘ndalang kesimi ham juda xilma-xil. U ko‘pincha yumaloq (bug‘doy), shuningdek, uch qirrali (hilol), qanotli(burchoq), to‘rt qirrali (rayhon) va hokazo. Poyalar yuzasisilliq yoki tuklar bilan qoplangan bo‘lishi mumkin.

O‘QUV TANISHUV AMALIYOTINING UCHINCHI KUNI

Hovlimizda o‘sayotgan daraxt va butalarni lotincha nomlanishini aniqladim, ularning hayotiy shakllari, o‘sish balandligi, yo‘g‘onligi, shoxlarining tiplari, barglarning o‘simlikda joylashish tartibi bilan tanishdim. O‘simliklardan gerbariylar yig‘dim va ularni oilalarga ajratdim. Gerbariy uchun tergan o‘simlik namunalarini morfologik tahlil qilishni o‘rgandim.




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling