Qarshi davlat


Download 0.52 Mb.
bet3/44
Sana13.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1770114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIK-PSIXOLOGIYA PSIXOLOGIYA FANLARNI О‘QITISH METODIKASI


MARUZALAR MATNI

Qarshi ­ 2021


PEDAGOGIK-PSIXOLOGIYA:PREDMET,TUZILMA,
MUAMMOLAR.
Reja:

  1. Ta’lim tarbiya ko’pgina fanlarning predmeti sifatida.

  2. Pedagogik faoliyat psixologiyasi va ta’lim tarbiyaning psixologik jabhalari.

  3. Pedagogik-psixologiyaning asosiy muammolari .

Tayanch iboralar: shaxsning tarkib topishi qonuniyatlari, ta’lim, tarbiya, biogenetik, sosiogenetik konsepsiyalar, kuzatish, suhbat, tematik – statistik, biografik, eksperiment, mehnat ta’limi, o’quvchining bilim faoliyati, ta’limning shakllarini nomoyon bo’lishi.
Mamlakatimizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etishlari uchun bu jarayonning o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilishi lozim bo‘ladi.
Bu borada pedagogik psixologiya -hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin egallaydi, zero u inson ruhiy olamining tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir.
Pedagogik psixologiya – psixologiya ilmining tarmogi sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.
Ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti o‘quv muassasalarida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya - ta’lim-tarbiyaning ta’siri okibatida o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, o‘quv materiallarining o‘quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklarining tartibiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham o‘rganadi.
Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, ommaviy informasiya va propagada vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol oynaydi.
Ibtidoiy jamiyatda tarbiya alohida faoliyat deb qaraolmagan, yosh avlod tomonidan keksa avlodning hayot tajribalarini shunchaki o’zlashtirishdan iborat bo’lgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek turli urf-odat va oyinlarni o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan.
U avvalo o’sib kelayotgan avlodning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan. Ibtidoiy jamiyatda sinflar bo’lgani tufayli hamma bolalar deyarli bir xilda tarbiya olgan. Erkaklar bilan ayollar o’rtasida mehant taqsimot o’g’il bilan qizlar tarbiyasidagi tafovutni keltirib chiqadi.
Sinflar vujudga kelishi bilan tarbiya sinfiy bo’la bordi. Ekspluatatorlar sinfi unda o’z hukumronliklarini mustahkamlash uchun foydalandilar. Quldorlik davrida badavlat kishilar o’sha davrdagi turli o’quv tarbiya muassasalarida tarbiyalangan va ta’lim olgan. Qullar va ularning bolalari og’ir jismoniy mehnat uchun tayyorlangan. Feodalizm davrida tarbiya tabaqalashtirilgan holda olib borildi. Xususan O’rta Osiyoda saroy ahillari, zadogonlar bolalarini tarbiyalash uchun maxsus murabbiylar tayinlab qoyilgan. Kambag’allarning bolalari asosan uyda keyinroq ustaga shogird tushib tarbiyalanganlar. Feadalizm davrida diniy tarbiya asosiy tarbiya hisoblangan.
Ko’pgina rivojlangan demokratik mamlakatlarda davlat tarbiya muassasalarining keng tarmog’i yaratilgan bo’lib, ularda tarbiyaviy ish maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar tomonidan planli va sistematik ravishda olib boriladi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar tarbiyasida maktab yoshidagi bolalar muassasalari muhim rol oynaydi. O’quv tarbiyasi muassasalari ichida maktab alohida o’rin egallaydi. Bolalar va o’smirlarni tarbiyalashda maktabdan tashqi muasasalar maktab bilan birga ish olib boradi. Internat maktablarda, liseylarda, kasb-ho’nar kollejlarda, mehribonlik uylarida, o’rta maxsus o’quv yurtlarida ham katta tarbiyaviy amallar ishga oshiriladi. Yoshlarning axloqi va dunyoqarashining shakllanishida oliy o’quv yurtlarida ham muhim rol oynaydi. Katta yoshlilar tarbiyasi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot jarayonida, shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari, madaniy oqartuv muassasalari (kutubxona, klub, madjaniyat saroylari) olib boriladi.
Ma’lumki, shaxsning rivojlanganlik darajasida ta’minlovchi asoslar dastlab oilada yaratiladi. I.A.Karimov ta’kidlanganidek «bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi».
Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi.
Oila tarbiyasi – oilada ota-onalar, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy kuch oilaviy tartib, ya’ni oila a’zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va boshqa katta kishilarning xulq atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila byudjeti, yashash sharoiti va harakati. Oila qanchalik tartibli, uni a’zolari o’rtasidagi munosabat samimiy bo’lsa, oila tarbiyasi bolaning shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi bolaning ilk go’daklik davridan boshlanadi. Oilada uning sog’lig’i, jismoniy kamoloti, to’g’ri ovqatlanishi, uxlash rejimi, ozodalik va shu kabilarga ahamiyat beriladi. Bolada yoshlikda boshqalarga taqlid etishi kuchli bo’lganligi sababli oiladagi kattalar uning nojoya hatti-harak qilishliriga yo’l qoymaslik lozim. Bolaning aqliy taraqqiyoti, undagi ijobiy hislatlarning shakllanishiga ham haroakat qilishlariga yo’l qoymaslik lozim. Bolaning aqliy taraqqiyoti, undagi ijobiy hislatlarning shakllanishiga ham ilk yoshligidan ahamiyat beriladi. Bola katta bo’lgan sari oila tarbiyasi ham murakkablashadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga har narsaga qiziquvchanlik, intilish juda kuchli bo’ladi. Bu davrda oilada bolaning hatti-harakatini qat’iy nazorat qilib, ijodiy faoliyatga undagi yo’lga solish, qobiliyatining o’sishiga ahamiyat berish zarur. Oilada bolaning hayotiga mos rejim o’rnatish uni tartibli bo’lishga odatlantiradi, o’z xulq atvorini boshqarish ko’nikmasini hosil qiladi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotida oyin asosiy o’rin tutadi. Ota-ona bolalarining va ularning oyinlarini vaqt-vaqti bilan nazorat etishlari kerak.
Bolaning katta ilk yoshligidanoq bola gigenasi tartibi va jismoniy mashqlarni muntazam o’rganib borish lozim(bolalar va o’smirlar gigiyenasi). Bu ishda kattalarning o’rnak bo’lishi muhim o’rin tutadi.
Oilada mehnat tarbiyasi bolalarni uy yumushiga jalb etishdan boshlanadi. Bolaning ilk mehnat tajribasi (kiyimini o’zi kiyish, o’rin ko’rpasini yig’ishtirish, idish tavoq yuvishi, gulga suv quyishi va shu kabilar) kelgusida uning mehnat faoliyati samarali bo’lishiga asos bo’ladi, yana ham murakkabroq vazifalarga undaydi. Oila madaniyatining o’sishi, turmushda radio, televideniye, gazeta, jurnallardan keng foydalangan bolaning aqliy tarbiyasiga jiddiy tasir ko’rsatadi. Bolaning hayotdagi kuzatishi o’sgan sayin kattalarga savollar bilan murojaat qilishi tabiiy holdir. Bunday savollrga diqqat bilan quloq solish, ularga yetib boradigan darajada tushuntirish, mustaqil o’rganishlariga yo’llanma berish bilan ota-ona bolaning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Kinoteatr, televideniye bolaning estetik taassurotlarini boyitadi, lekin ulardan rejali, maqsadga muvofiq foydalanilgandagina yaxshi samara beradi. Bolaning soatlab televizor ekrani oldida o’tirishi uning sog’lig’i va tarbiyasiga zarar yetkazadi, badiiy asarni yuzaki idrok etishga o’rgatadi. Bola o’z hissiyot va fikrlarini mustaqil ijod etish-rasm solish, ashula aytish, oynash orqali ifodalanishiga imkon berishi muhimdir.
Bolaning maktabga chiqishi doimo maktab ta’siri bilan muvofiq holda bo’lishi kerak. Oilaning vazifasi – bolalarni o’quv materiallari ustida mustaqil ishlashga, chidam bilan bilim olishga o’rgatishdan iborat. Ota-ona o’z bolalarini o’quv, uy vazifalarini tayyorlashlariga zaruriy yordam ko’rsatishlari bilan cheklanib qolmasdan, pedagoglar bilan aloqa bog’lab, bolaning maktabdagi hayoti bilan tanishib borishlari ham lozim. Yigit va qizlar o’smirlik davrirdagi hayotda o’z yorinlarini topish, kasb tanlash kabi hayotiy masalalarga duch keladi. Ota-ona bu davrda ularning nimaga qiziqishlarini kuzatib, o’rgatib, kasb tanlashlariga yordam berishlari zarur. Bolalarda jinsiy uyg’onish davrida ota-ona ular organizmi va psixikasida jinsiy o’zgarishlarni sekin-asta tushuntirishlari, ularga gigiyenik maslahatlar berishlari, axloqiy hissiyotlarini tarbiyalashlari lozim.
Bolaning oiladagi tarbiyasida ota-onaning obro’si muhim ahamiyatga ega. Oiladagi kattalarning har bir xatti-harakati, bir-birlari bilan muomilalari, ishlab chiqarishdagi mehnati, jamoa ishida ishtirok etish- yoshlar taqlid etishi uchun eng yorqin namunadir. jamoa

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling