Qarshi Filiali "Kompyuter Injiniring "
Download 365.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2 5292261055773282591
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi Filiali “Kompyuter Injiniring “ Fakulteti I-Bosqich RI-11-21 Guruh talabasi Umarov Saidakbarning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan REJA: 1. Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari 2. Jahon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi 3. Yurtimiz allomalarining islom ilmlariga qo’shgan xissalari Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari Diniy ongning shakllanishida asosiy omillar ibtidoiy odamning tabiat injiqliklari oldida ojizligi va undagi qo`rquv, bilimning yetishmasligi hamda boshqalar shunga olib keldiki, uning ongida hayoliy-fantastik tasavvurlar paydo bo`la boshladi. Qabiladagi ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi, ov hamda mehnat qurollarining takomillashuvi, inson ongining amaliyot bilan bog`liq holda o`sib borishi, dastlabki, ibtidoiy diniy tasavvurlarning shakllanishiga, rivojlanishiga va mustahkamlanishiga, keyinchalik esa diniy g`oyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu diniy g`oyalardan biri dafn etish marosimidir. Ushbu jarayon arxeologik ma’lumotlarga ko`ra dastlab, mil.avv. 100-40 minginchi yillarda, ya’ni neandertal odamlar jamoasi yashagan o`rta paleolit davrida ro`y bergan. Ibtidoiy odam o`z qarindoshlarini ko`mishda, maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo`yoqlar bilan bo`yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, mehnat va ov qurollarini qo`yar edilar. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat mavjudligi haqidagi dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo`layotganligidan darak beradi. Ammo, neandertal odamlar “homo habilis”, ya’ni ishbilarmon odamlar bo`lib, bu davrda ibtidoiy dinlar to`liq shakllandi deb ayta olmaymiz. Ibtidoiy din shakllari tizimli ravishda mil.avv. 40- minginchi yillardan keyin, ya’ni “homo sanies” ongli odam shakllangandan keyin vujudga keldi. Ibtidoiy g`oyalarning yana biri ov qilish moslamasidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g`ayritabiiy tarzda aloqa bog`lashga intilganlar. Shu bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning xulq-atvoriga ta’sir o`tkazishga katta yordam beradi, degan tasavvurlari mavjud bo`lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik, tiriklar bilan marhumlar o`rtasida aloqa bog`lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamonlar, folbinlar va boshqalarni vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Download 365.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling