Qarshi Filiali "Kompyuter Injiniring "


Jaxon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi


Download 365.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi365.33 Kb.
#1159336
1   2
Bog'liq
2 5292261055773282591

Jaxon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi 
Ibodatxona — dindorlarning xudoga muayyan tartibda sigʻinadigan 
joyi, diniy rasm-rusum va marosimlar oʻtkaziladigan bino, inshootlar 
majmuasi. Ibodatxonalarning qurilish uslubi va meʼmoriy bezagi diniy 
mavzular bilan bogʻliq: masalan, xristianlik ibodatxonalari cherkov, 
sobor, monasshir va boshqalar, katoliklarda kostyol, kapella va 
boshqalar, buddizm ibodatxonalari tera, pagoda, zikkurat, dagoba, 
stupa va boshqalar, yahudiylarda sinagoga, musulmonlarda masjid 
kabilar. 
Ibodatxonalar qadimdan yirik jamoat binolari hisoblangan. Qadimgi 
Misr ehrom (piramida) lari, Ossuriya va Bobilda zikkuratlar, Hindiston, 
Xitoy, Yaponiyada stupalar, Qadimgi Rimda haykaltaroshlik va rassomlik 
asarlari bilan bezatilgan xashamatli ibodatxonalar qurilgan. Keyinchalik 
Yevropada bazilika, roman, gotika, barokko, klassitsizm, konstruktivizm 
uslubida qurilgan gumbazli ibodatxonalar keng tarqalgan. 
Yurtimiz allomalarining islom ilmlariga qo'shgan 
hissalari 
 
Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyo- 
sida taraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo‘shganlar. 
Garchi islom dini Arabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bo‘lsa-
da, madaniy jihatdan arab badaviy qabilalaridan ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi darajasi bo‘yicha ancha ustun bo‘lgan Markaziy 


Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdan rivojlanishi va hayot 
ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir ko‘rsatganlar. Buni 
tasdiqlash uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, 
Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va 
Bahovuddin Naqshband kabi muta- fakkirlarni eslash kifoyadir. Ularning 
nomlari butun islom dunyosida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. 
Mustaqillikka erishilgach, O‘zbekiston hukumati o‘z ichki siyosatida 
mustamlakachilik davrida unutilgan, biroq xalqimiz tarixida chuqur iz 
qoldirgan buyuk zotlarning nomlarini tiklash va xalq xotirasida 
abadiylashtirishga qaratilgan benihoya xayrli siyosat olib bormoqda. 
Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga salmoqli 
hissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom 
dunyosida eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar 
to‘plamining (as-sahih as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular: 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810–870), Imom 
Muslim ibn al-Hajjogi (819–874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-
Termiziy (824–892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (817–880), 
Imom Ahmad an- Nasoiy (830–915), Imom Abu Abdulloh Muhammad 
ibn Yazib ibn Mojja (824–886) kabi siymolardir. Bu olti alloma ichida 
hadis ilmida amir al- mo‘miniyn degan sharafli nomga sazovor 
bo‘lgan Imom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk 
islomshunos olimdir. 
Imom al-Buxoriyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil 
ibn Ibrohim ibn al-Mug‘iyra ibn Ardazbh al-Juafiy al-Buxoriydir. U 810 yil 


20 iyulda Buxoro shahrida tug‘ilib, Samarqand shahri yaqinidagi Xartang 
qishlog‘ida 870 yil 1 sentabrda (60 yoshida) vafot etgan. 
Imom al-Buxoriydan islom olamida juda qadrlanadigan «Al-jome’ as- 
sahih», «At-tarix» nomli asarlar meros bo‘lib qolgan. Imom al-
Buxoriy butun umrini hadislar to‘plashga va ishonchlilarini ajratishga 
sarflagan. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, al-Buxoriy 
600 mingga yaqin hadisni to‘plagan olim va uning shoh asarlari «Al-
jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad» kabilar hisoblanadi. Imom al-
Buxoriyning xalqimiz madaniy hayoti tarixidagi xizmatlari shundan 
iboratki, u faqat hadislar to‘plash bilan cheklanib qolmagan, balki 
o‘z davrida odamlar orasida mehr-muhabbat, saxiylik, ochiqqo‘llik, ota-
ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir-
bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, halollik va 
mehnatsevarlik kabi fazilatlarni qaror toptirishga oid yo‘l-yo‘riqlar va 
o‘gitlar ham ishlab chiqqan.
Islom dini taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan yana bir ulug‘ ajdodimiz, 
samarqandlik alloma, kalom ilmining asoschilaridan biri, musulmon 
olamidagi eng yirik sunniylik kalom maktabi – moturidiylik asoschisi Abu 
Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Hanafiy al-Moturidiydir (870– 
944). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 
2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi. 
Moturidiyning islom dini taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi shundaki, 
hanafiy oqimini al-Moturidiy maktabining izdoshlari tashkil etgan. 
Qolgan qismini esa yana bir mashhur mutakallim alloma al-Ash’ariy 
(874–935 yoki 941) maktabining izdoshlari tashkil etganlar. 


Jahonning eng mashhur olimlari al-Moturidiyni bir ovozdan kalom 
ilmining ulug‘ namoyandalaridan biri sifatida tan olganlar. Al- 
Moturidiyning shoh asarlaridan biri «Kitob at-tavhid» (yoki 
«Yakkaxudolilik haqidagi kitob») musulmon ilohiyotshunosligida bilish 
nazariyasi bayon qilingan birinchi asar hisoblanadi. Uning kalom ilmiga 
ta’rif berilgan muqaddimasida bilimning uch manbai, ya’ni hissiy qabul 
qilish, axloqiy tafakkur va inson ishonchli manbalardan olishi mumkin 
bo‘lgan an’anaviy axborot mavjudligi haqida so‘z yuritiladi. 
Al-Moturidiy konsepsiyasining ahamiyati shundaki, u sof din 
doirasidan chiqib, aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan 
bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi. 
Afsuski, Abu Mansur al-Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha yetib 
kelmagan yoki yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlarning 
kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. Yuqorida tilga olingan, 
islom olamida juda muhim hisoblangan «Kitob at-tavhid» asari bizgacha 
to‘liq yetib kelgan. Uni 1970 yilda Fatxulloh Xulif Bayrut shahrida nashr 
ettirgan. 
Abu Mansur al-Moturidiy o‘z davrida islomiy ilmlar sohasidagi eng 
yetuk alloma hisoblangan, islom dunyosi olimlari tomonidan tan olingan 
va hozir turli diniy asarlarda zo‘r ehtirom bilan tilga olinadi. Uni ulug‘lab, 
«imom al-xuda» va «imom al-mutakallimin» (yoki «hidoyat yo‘li imomi» 
va «mutakallimlar imomi») kabi nomlar bilan ham ataganlar. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
fayllar.org 
uz.wikipedia.org 
hozir.org 



Download 365.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling