Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti (5330600) dasturiy injiniring yo’nalishi


Download 265.26 Kb.
bet17/18
Sana29.03.2023
Hajmi265.26 Kb.
#1305569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Falsafa 2-mustaqil ish

Predmet belgilari deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlar, munosabatlar va xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan aloqada bo’lganligi uchun o’zining ko’pgina belgilariga ega bo’ladi. Bu belgilar:
1) yakka va umumiy, 2) muhim va nomuhim, 3) zaruriy va tasodifiy, 4) ijobiy va salbiyga bo’linadi. Belgining faqat bir predmetga xos bo’lganlari yakka, bir qancha predmetlarga xos bo’lganlari umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan: Xitoyning dunyoda aholisi soniga ko’ra eng katta davlat ekanligi yakka belgi, Osiyoda joylashgan davlat ekanligi umumiy belgi hisoblanadi.Tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinadi, nomuhim belgilar predmetda mavjud bo’ladi, lekin uning mohiyatini ochib bermaydi. Masalan: o’simliklarning bir yillik yoki ko’p yillik ekanligi muhim belgi, kim tomonidan ekilganligi nomuhim belgi hisoblanadi. Ba'zi hollarda muhim belgilar nomuhimga, nomuhim belgilar esa muhimga aylanadi.
Zaruriy belgilar predmetning mavjudligi bilan uzviy bog’liqdir va uning yo’qolishidan predmet ham mavjud bo’lmaydi. Tasodifiy belgilarning yo’qolishidan predmet o’z mohiyatini yo’qotmaydi. Avtomobilning rangi tasodifiy belgi, uning dvigatelining mavjudligi zaruriy belgi. Ma'lum xossalarning mavjud va mavjud emasligiga qarab belgilar ijobiy va salbiy belgilarga bo’linadi. Masalan: talabalarni qobiliyatli(ijobiy) va qobiliyatsizlarga (salbiy) ajratish mumkin.
ONTOLOGIK VA MUNOSABATDOSH KATEGORIYASI ORIYADARNING UYG’UNLIGI
Reja:



  1. Borliq falsafa predmeti sifatida.


  2. «Borliq» kategoriyasi.


  3. Borliq tushunchaning etimologiyasi.

Borliq falsafa predmeti sifatida. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o‘rganilmaydi, degan ma'noni anglatmaydi.


O‘quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o‘rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudli k muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o‘zaklarga ega bo‘lib (ontos – borliq, logos – so‘z, ta'limot), borliq haqidagi ta'limot degan ma'noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O‘z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi.

«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko‘p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet, hodisa, voqyea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta'sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.


Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob'ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash keladi:
«Men kimman?»
«Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
«Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?»
«Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
«Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo‘ljal bormi?»
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o‘zi nima bilan bevosita ish ko‘rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi o‘zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy ma'no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta'lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo‘lishlari lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to‘xtalamiz va mazkur muammoni anglab yetish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Borliq tushunchaning etimologiyasi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi nafaqat eng muhim, balki boshqa kategoriyalar orasida ayniqsa ko‘p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa keng tarqalgan tillarida ayni bir ma'no – «bo‘lish», «mavjud bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» ma'nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va ma'no jihatidan unga yaqin fe'llar negizini tashkil etadigan «bo‘lmoq» fe'li, o‘zining bevosita ma'nosidan tashqari, yordamchi fe'l sifatida ham faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash lozim bo‘lib, uning mantig‘i va qonunlari fikrni bayon etishning til shakliga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin albatta fikrlash mumkin bo‘lgan, universal va o‘zgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom ma'noda universal fe'l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida - «bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis tilida – ist va h.k.
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma'nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe'ldan, aniqroq aytganda, «bo‘lmoq» fe'lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va h.k.
Borliq tabiiy tillarda otlar, ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya'ni bilishda uning ob'ekti yoki sub'ekti sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni zamonda bu ob'ektlar yoki sub'ektlarning birortasi ham uning borligi yoki yo‘qligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas.
Borliq va yo‘qlik dialektikasi. «Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q», deganida, Parmenid ayni shu holga e'tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o‘xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimsiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqyelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya'ni amalda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shu ma'noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma'noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hyech narsa yo‘q5.
Yana shuni ham e'tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma'noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob'ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya'ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi» borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob'ektning nusxasi, ideal obrazi bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsa, agar u potensial, ya'ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi ob'ektiv rivojlanish mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma'noda so‘z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu ma'noda biz g‘oyalar, narsalar, voqyealar, tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo‘lmish insonni bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimsi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko‘radi. Ayni vaqtda u o‘zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‘rganish va uning butun rang-barangligini tushunib yetish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‘rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko‘ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini qurshagan borliqning ko‘p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqyelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‘p sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‘lgan bir nechtasini farqlash imkonini beradigan tajriba va bilim to‘pladi.
Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma'naviy substansiya, o‘lmas jon haqidagi g‘oyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‘z aksini topgan. So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga yetishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo‘ljal olgani bois, unda inson borlig‘iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko‘proq e'tibor berilgan. Ayni vqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e'tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, yer, daraxt, temir, olov) haqidagi ta'limotda o‘z aksini topgan. Keyinroq «O‘zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi.
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‘zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar avvalo tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o‘z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o‘zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi.
Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqyelikning o‘zidan izlaganlar, uni dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron»(Anaksimandr taxminan mil. av. 611-545 yillar)deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o‘tlaridan paydo bo‘lgan. So‘ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa yer va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham yer va suvdan paydo bo‘lganmiz», deb hisoblaydi.
O‘sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580-500 yillar) «hamma narsa sondir», degan xulosaga keladi. U yerning sharsimonligi haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari suradi. Keyinchalik bu g‘oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo‘llab-quvvatladi va unga yozma ta'rif beradi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo‘lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o‘zgarmasligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Parmenid fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham bo‘lmaydi, chunki undan boshqa hyech narsa yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o‘z chegaralariga ega bo‘lib, «ulkan mutlaqo yumaloq Sharga» o‘xshaydi.
Parmenidning yagona, ajralmas, o‘zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi ta'limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili bo‘lgan (samoslik) Melis «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo‘qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi. Biroq, hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‘lishi mumkin emas.
Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‘lgan davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o‘sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‘rganadi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona tabiat», ya'ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484-421 yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo‘lsa ham, «barcha narsalarning to‘rt negizi» (olov, havo, suv va yer) haqida so‘z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko‘rinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv o‘tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni «bo‘shliq» - yo‘qlikka zid o‘laroq, «to‘la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan.
Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon bo‘ladi. U butun dunyo muttasil harakat va o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi deb hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deb qayd etgan Geraklit (mil. av. 544-483 yillar) ta'limotida ayniqsa bo‘rtib ko‘rinadi.
Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427-347 yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq» bo‘lishi «ob'ektiv mavjud g‘oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‘ydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud bo‘lgan tushunchalar borlig‘ini ham ko‘rsatib o‘tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda mavjud bo‘lgan barcha narsalarni kiritdi.
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi “Avesto”da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik deb ifodalanadi.
Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko‘p sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo‘ladi.
Xususan, o‘rta asrlar yevropa falsafasida «haqiqiy borliq - «Xudoning borlig‘i» va «haqiqiy bo‘lmagan», ya'ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi.
Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqyelikdan biri inson aqlidir. U “Fuqarolik siyosati” asarida borliqni olti darajaga bo‘ladi:
1. Birinchi holatdagi sabab.
2. Ikkinchi holatdagi sabab.
3. Uchinchi holatdagi aqli faol.
4. To‘rtinchi holatdagi instinkt.
5. Beshinchi holatdagi shakl.
6. Oltinchi holatdagi materiya. Forobiy bu darajalarning har biriga ta'rif beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli faolni ta'riflaydi. Unga ko‘ra, aynan “aqli faol”ga ko‘ra, insonning tabiiy, ma'naviy va ruhiy hayoti shakllanadi.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya'ni Allohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq.
XVII-XVIII asrlarning materialist faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.
Yangi davr, va nemis klassik falsafasi davri «substansiya» (dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob'ektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi.
XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini o‘ta kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.
Borliq va hayot: borliqning irratsionalistik konsepsiyasi. Falsafiy irratsionalizm asoschisi A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas. Shopengauer o‘zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan bosh falsafiy asarida dunyoning borlig‘ini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish ko‘r-ko‘rona va nooqilonadir, zero uning asosiy niyati – o‘z-o‘zini asrashdir. O‘z-o‘zini asrash instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning o‘ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana ta'riflar va tushunchalar tilida ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos tabiiy stixiyani ko‘rish imkoniyatini beradi.
Fan dunyoni umumiy qonunlar va nazariyalar yordamida anglab yetishga harakat qiladi. Ammo hayot har doim betakror bo‘lib, uni ta'riflar yordamida ifodalash mumkin emas, faqat hayot faoliyati mahsullaridagi moddiy ifodalarnigina o‘rganish mumkin. Bu eng avvalo ijodga tegishli, kreativ faoliyatning barcha turlaridan intilishga eng yaqini esa musiqadir (intilishning birinchi moddiy ifodasi). So‘zlar va obrazlar hayotga intilishning izlarini ma'lum darajada ko‘zdan yashiradi.
Shopengauerning izdoshi F.Nitsshe hayotga intilishning mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ammo bu nuqtai nazar haqiqiy borliqning anglab yetish mumkin bo‘lmagan hodisa sifatidagi talqiniga daxl etmaydi. Nitsshe insonda eng avvalo o‘z hayoti uchun kurashishi lozim bo‘lgan biologik mavjudotni ko‘radi. Inson o‘z hayot kuchlari va instinktlarini axloqiy taqiqlar va jamiyat me'yorlari hukmiga bo‘ysundirish yo‘li bilan kurashdan bo‘yin tovlamasligi kerak. Axloq insonni o‘rtacha andozalarga yaqinlashtiradi va uning qayta tug‘ilishiga sabab bo‘ladi: inson xavfsizlik hissini saqlash yo‘lida to‘laqonli, lekin xavfli hayotdan voz kechadi. Bunday qayta tug‘ilishning yo‘llaridan biri – Iso Masihning diniy axloqi, ikkinchi yo‘l – Suqrotning ratsionalistik axloqi. Ikkala ta'limot ham narigi dunyo g‘oyasiga asoslanadi, ularning ikkalasi ham real hayotning qimmatini kamsitishga qaratilgan.
Fridrix Nitsshe (1844-1900 – nemis faylasufi, irratsionalizm vakili, hayot falsafasi asoschisi. Asosiy asarlari: «Musiqa ruhidan fojianing tug‘ilishi», «Insoniy, o‘ta insoniy», «Zardo‘sht tavallosi», «Quvnoq fan», «Yaxshilik va yomonlikning narigi tomonida», «Hamma uchun va hyech kim uchun», «Hokimiyatga intilish», «Antixrist» va b.) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. yevropa madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir.
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va tenglikni e'lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. To‘ralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi.
To‘ralar axloqining sub'ekti sifatida o‘ta qudratli inson amal qiladi. U oliy biologik tur hisoblanadi. Odam maymundan qanday tarqalgan bo‘lsa, o‘ta qudratli inson ham odamdan shunday tarqaladi. U tayyor tur sifatidagi inson tabiatiga xos bo‘lgan jihatlarni o‘zidan soqit etadi. O‘ta qudratli inson hayotni kurash sifatida idrok etishga va o‘zini tinimsiz o‘zgartirish yo‘lida harakat qilishga qodir.
O‘ta qudratli inson g‘oyasiga «abadiy qaytish» konsepsiyasi qarshi turadi. Nitsshe fikriga ko‘ra, voqyealarning ehtimol tutilgan kombinatsiyalari soni cheklangan, vaqt esa cheksizdir, shu sababli barcha voqyealar takrorlanishi lozim. Umuman olganda, Nitsshening falsafiy tizimi o‘zining ziddiyatlarga to‘laligi bilan ajralib turadi, shu tufayli ham u turlicha tushuniladi va talqin qilinadi.
Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yo‘nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan ta'sir ko‘rsatdi.
Borliqning tarixiy-materialistik konsepsiyasi. K.Marks o‘zining ijtimoiy borliq haqidagi ta'limotini tarixiy materializm deb nomlagan. Uning fikricha, ijtimoiy borliq individning borlig‘iga nisbatan ham, ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, u jamiyatga fizik borliqqa o‘xshash borliq sifatida qaragan. Ayni shu sababli jamiyat ham tabiat qonunlariga o‘xshash aniq va shubhasiz qonunlarga bo‘ysunishiga uning ishonchi komil bo‘lgan. Ijtimoiy borliq - bu moddiy borliq. U individlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq qonunlari uning tarixiy rivojlanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Jamiyat tarixini Marks ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va kommunizmning tadrijiy va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Uning fikricha, har bir tuzum ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini o‘z ichiga olgan tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish kuchlari (bazis) – bu o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘z-o‘zidan murakkablashishga qodir bo‘lgan o‘ziga xos borliq. Materialistik evolyusionizm ta'limotlarida materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning eng murakkab darajasi hisoblanadi. Bu yerda materiya, moddiy borliq, shu jumladan moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy organizmga o‘xshatiladi va unga hayot alomatlari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari (bazisning ustqurmasi) formal borliq sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat o‘zgarish jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. Shu sababli ishlab chiqarish munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida kechadi. Bu sakrashlar ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham (bu hol formatsion o‘sish davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. So‘nggi zikr etilgan holat ishlab chiqarish munosabatlarining yangi ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq keluvchi yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yo‘l bilan o‘tilishiga olib keladi. Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil o‘sib yetiladi. Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil o‘sib yetilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan to‘qnashib, burjua inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega bo‘lgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi yangi qonunlar, yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.
Borliq va inson: borliqning ekzistensial-germenevtik konsepsiyasi. Ekzistensialistlar mushohada yuritish orqali anglab yetish mumkin bo‘lgan mohiyat (essensiya)ni amalda mavjudlik (ekzistensiya)ga qarshi qo‘yadilar. Ular borliqning mazmuni to‘g‘risidagi masalaga qaytish lozimligini e'tirof etadilar. Lo‘nda qilib aytganda, borliqning oqilona tavsifi uning asl mazmunini yoritib berishga qodir emas. Bunday mazmun hayot tajribasida, ya'ni «shu yerda-borliq» yoki mavjudlik orqali namoyon bo‘ladi. Germenevtika borliq sxemasi yoki formulasini aniqlashga emas, balki uning mazmunini bilishga qaratilgan. Falsafiy muammo sifatidagi borliqning mazmuni insonni o‘z mavjudligining pirovardliligi va tasodifiyligini anglash natijasida yuz bergan shokdan xalos etishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda aristotelcha analitikaga xaydeggercha germenevtika qarshi qo‘yiladi.
Borliq germenevtikasi oqilona-sxematik yoki metafizik bilimga ishonchsizlik ko‘zi bilan qarashga asoslanadi. Falsafa tarixida germenevtikaning ayrim tarafdorlari: a) mistik; b) estetik; v) intuitiv; g) irratsional narsalar va hodisalarga qarab mo‘ljal oladilar. Dunyoni anglab yetish mazkur usulining aks sadolari Pifagor (osmon musiqasiga quloq solish), Platon (g‘oyalar xususida mushohada yuritish), Tertullian (absurd orqali haqiqatning tagiga yetish), Paskal (aql haqiqatlariga yurak haqiqatini qarshi qo‘yish), romantiklar, Kerkegor, Shopengauer va Nitsshe metodida mavjud.
Reja:
1)Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyat
2) Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabati
3) Qadriyatlar.
Islomgacha bo’lgan milliy qadriyatimiz tarixi bir necha ming yilni qamrab oladi va ma’naviyatimiz to’g’risidagi ma’lumotlarning bir qismi hatto milliy hududlarimizdan tashqarida ham topilgan bo’lib, «Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklarda uchraydi. Ikkinchi qismi qadim Shumer, Bobil va Ashshur, Misr va Yunon, Hind va Xitoy manbalarida, Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklarda aks etgan. Uchinchi guruh manbalar arxeologik yodgorliklar bo’lib, ular bevosita yurtimiz hududidagi moddiy ashyolar va inshootlar bilan bog’liq. To’rtinchi guruh manbalar so’ngi davrlargacha og’zaki an’ana holida etib kelgan xalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o’yinlar, bayramlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, milliy madaniyatining cho’qqisiga qiyos qilish mumkin. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati, millat istiqboli, taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarining inson ongidagi ifodasidir. Shuni ham unutmaslik lozimki, u milliy madaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birdamlik va hamkorlik tuyg’ulari zaif bo’lgan xalqlarda yuksak milliy ong bo’lishi amrimaholdir.Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy til va madaniyatni qadrlashga, milliy axloq-odob va boshqa ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning negizini tashkil etadi. Bundan tashqari, agar milliy ongimiz to’xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilligimizning ma’naviy zamini mustahkam bo’lmaydi. Chunki milliy ong mustaqilikka yo’nalish beradi, xalqini yaktan, yakdil qiladi.Milliy ong muayyan millat va xalqning ijtimoiy birligi, ijtimoiy shart sharoitlari, urf-odatlari, an’nalari, turmush tarzi asosida vujudga kelgan kishilarning (millat yoki xalqning) xissiyotlari, kechinmalari, tushunchalari qarashlari, g’oya va nazariyalari majmuini ham anglatadi. Milliy ong mahalliy borliqni (ijtimoiy borliqni) aks ettirsada, u hech qachon sust bo’lmaydi. Aksincha, milliy ong ajdodlarning avlodlarga qoldirgai ma’naviy merosi orqali yangi sharoitda vujudga kelgan muayyan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan qo’shilib rivojlanadi. Shu bois ta’lim tarbiyaning milliy ongining shakllanishi hamda taraqqiy etishdagi o’rni va ahamiyati nihoyatda ulkandir. Ta’lim-tarbiya tizimini ana shu asosda qayta ko’rib chiqish hozirgi davrda ayniqsa muhimdir. Bu esa, o’z navbatida, ilm-fan, axloq va huquq, adabiyot va san’at oldiga bir qator masalalar qo’yadi. Binobarin, maktab yoshlarga fan asoslaridan bilim beribgina qolmay, balki ularni tarbiyalaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga ko’maklashadi, komil inson degan oliy maqsad sari etaklaydi.Avvalo muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi, ma’naviy kiyofasi o’sha tabiiy, ijtimoiy, tarixiy sharoitlarga qarab o’zgarib borishi tabiiydir.Zero, millatning ruhiy, ma’naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o’z ifodasini topadi.Aslida milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma’lum davrlarda o’zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustuqurmaning mohiyatini tubdan o’zgartirib borishga faol ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro’y berayotgan keskin o’zgarishlar jarayonini ko’rsatib o’tish mumkin. Ularning hayotida shiddat bilan ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o’zgarishlar qanchalik keskin tus olmasin, xalq ommasi ongining yangicha shakllanishi anchagina ijobiy tus olyapti.Milliy ong va uning shakllanishi eng avvalo, milliy uyg’onish zaminida boshlanadi. Milliylikni tan olish millatga mansub kishilarning ijtimoiy etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etadi. Milliylikda milliy mansublik ruhi ham mavjud. Diqqat qilinsa, milliy ruhimizdagi milliy tuyg’ularimiz mavjud milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanishini bilish mumkin. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy asoslangan bo’lsa, uni milliy o’z-o’zini anglash deb tushunish mumkin. Milliy o’zlikni anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun ko’llanma darajasiga ko’tarilsa, milliy mafkura deb ataladi. Bu sohadagi asosiy qoidalar Islom Karimovning «Istiqlol va ma’naviyat» asarida ta’kidlangan bo’lib, bugungi kunimizga xos yorqin xususiyatlardan biri millatning o’zligini aglashidir. Demak, millatning o’zligini anglash tushunchalarining tarkibiy qismlari avvalo, quyidagilardan iborat:

  1. Milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib etish.

  2. Milliy qadriyatlar: til, tug’ilib o’sgan joy, madaniyatga (keng ma’noda) sodiklik.

  3. Milliy manfaatlarni tushunib etish.

  4. Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish.

  5. Vatanparvarlik.

Shaxs milliy o’zligini anglash tushunchasining tarkibiy qismlarini o’rganishda quyidagi jihatlarga diqqat qaratmog’i lozim:




  1. Millat (etnos) ga mansublikni anglash.

  2. Millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy o’rnini bilish.

  3. Milliy qadriyatlarga sadoqat.

  4. Milliy taraqqiyotga vijdonan xizmat qilish.

Basharti, mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan xalqda etuk milliy ong bo’lmasa, ozodlik, erkinlik haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Agar xalqning milliy ongi to’xtovsiz o’sib bormasa, mustaqillikning ma’naviy zamini mustahkamlanmaydi. Chunki milliy ong mustaqillikka yo’nalish beradi, xalqni yakdil qiladi.Siyosiy madaniyati o’sgan, milliy o’zligini anglagan xalq va millatning hayoti mazmunan boyiydi, go’zallasha boradi. O’z-o’zini, milliy o’zligini anglash – bu milliy birlik, milliy ahillik va milliy totuvlikning asoslaridan biridir. Xalqning milliy jihatdan o’z-o’zini anglashiga erishmasdan turib, umumiy maqsadlar yo’lida birlashtirib, g’oyaviy-iqtisodiy jihatdan uyushtirib, har qanday murakkab vazifalarni hal qiladigan buyuk ijtimoiy kuchga aylantirib bo’lmaydi.Avvalo, o’zini o’zi anglash – bu xalqning o’tmish tarixiy taraqqiyot yo’lini, ota-bobolarining, nasl-nasabining, avlod-ajdodlarining kim bo’lganligi va ularning jahon ilm-fani, madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalarini bilib olishdir. Milliy o’zlikni anglash kishining jamiyat va Vatan porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanligini chuqur anglab etishi va mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun o’zini safarbar etishi demakdir.O’zini chuqur anglab etgan, ko’zi ochilgan, aqli etilgan, g’oyaviy-siyosiy jihatdan uyg’ongan, jisplashgan xalq va millatni mustamlakachilik usulida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talon-toroj qilish, huquqini poymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish mumkin emas.Dunyodagi har bir davlat, katta-kichikligidan qat’iy nazar, o’z taraqqiyoti jarayonida ma’naviyatga ehtiyoj sezadi. Bu tarixiy zaruratdir. Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tarixning burilish davrlarida, ayniqsa, beqiyos bo’ladi.Demak, qadriyatning uch guruhi bo’lib, ular milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatga bo’linadi. Milliy qadriyat muayyan elat, millat, uning ajdodlarga xos bo’lgan behad qimmatli ma’naviy boylikdir.Mintaqaviy qadriyat esa muayyan jug’rofiy millatlarga xos, ular uchun umumiy bo’lgan ma’naviy boyliklardir. Bunga Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak qadriyatini misol qilib keltirish mumkin.Umuminsoniy qadriyat esa butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklardan tashkil topadi. Milliy qadriyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kun yo bir yilda shakllanmasdan, balki insoniyatning milliy ma’naviy tarixi, millatning ma’naviy kamol topish jarayoni bilan bog’lanib ketadi. Milliy qadriyatning asosiy belgisi va o’zagi, milliy axloq, milliy his-tuyg’u, milliy ruhiyat kabi masalalar bilan bog’liq, shu bilan birga, milliy qadriyatda milliy manfaat masalalarini ham o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.Ma’naviyat majmui ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanadi. Milliy ahloq qadriyatning markazida turadi. Uning belgilari rostlik, adolat, do’stlik, insonparvarlik, bir-biriga hurmat , hamjihatlik, bilimlilik, mehnatsevarlik, ona tili va Vatanga muhabbat, sahovat, mas’ullik, halollik singari fazilatlardir.Qadriyat so’zning ma’nosini o’zbek tilidagi qadr ma’nosidan bilib olish mumkin. Qadr tushunchasi serqirra ma’no va mazmunga ega bo’lib, qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning sub’ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadm. Qadriyatlar mohiyati jnhatidan moddiy va ma’navmy qadriyatlarga bo’linadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:



  1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar;

  2. An’nalar, urf-odatlar va marosimlarda aks etadigan axloqiy qadriyatlar;

  3. Insoniyat aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar;

  4. Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ko’rinadigan qadriyatlar.

  5. Kishilar yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar.


Bayon etilgan qadriyatlar, o’z navbatida: 1) umuminsoniy; 2) mintaqaviy; 3) milliy; 4) diniy qadriyatlarga bo’linadi. Umuminsoniy ma’naviyat birligida mazkur qadriyatlarning o’ziga xos o’rni bo’lib, ular 2 turga: milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’linadi.Milliy qadriyatlar ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig’indisidan iborat. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birgaliqda mavjud bo’ladi.Milliy qadriyatlar masalasiga mustaqillikkacha etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Endiliqda mustaqillik va demokratiya jarayoni milliy qadriyatlarii qayta idrok etish va anglashni talab etadi. Bu sohada yig’ilib qolgan muammolarni yangicha tafakkur asosida chuqur nazariy mushohada etish hayot taqozosidir.Milliy qadriyatlar tor ma’noda muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar mazmunini tashkil etsa, Keng ma’noda muayyan bir davlatda yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini ifodalovchi munosabatlar yig’shshisini aks ettiradi.Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, o’tmishi, kelajagi bilan uzviy bog’liq bo’ladi.Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi udumlari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi uning tuyg’usida ham aks etadi. Milliy tuyg’u – tabiiy tuyg’udir. Unda millatning tarixi, hozirgi ahvoli, milliy ruhiyati va xususiyatini tushunish hissiy shaklda mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini xis etmasa, uning o’z milliy manfaat va qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish kiyin. Toki millatlar, milliy manfaatlar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy tuyg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat uchun eng katta jinoyat ekanligini bugun tushunib etayapmiz. Millatlarning o’z-o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlari bilan birga milliy qadriyatlari ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o’z millati manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmasligi kerak.Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni milliy qadriyatlar bo’lib qolaveradi. Biron millatning yaxshi urf-odatlari, marosimlari boshqa millat ruhi, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi.Bundan tashqari, har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog’liq bo’ladi. Milliy qadriyatlarni qandaydir o’zgarmas hodisa deb qaramaslik kerak. Milliy taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib boradi.Umuminsoniy qadriyatlar insonlarda axloq va madaniyatning ustunligini e’tirof etishda, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar hamkorligining umumiy yo’nalishini hosil qilish va dunyoda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy ishlarni tushunishda, madaniy-ma’naviy, ilmiy-texnikaviy, harbiy sohani, aloqani mamlakatlar va xalqlarda rivojlantirishda ko’rinadi.Umuminsoniy qadriyatlar jahon tsivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligini ifodasidir. Bu jihatdan qaraganda, umuminsoniy va milliy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir.Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo’lib, uni o’z ichiga oladi. Demak, umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi hamda umumiyligini ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyodagi birorta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatdan, Umumiy jahon tsivilizatsiyasidan alohida tarixga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydi. Barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan uzviy bog’lanib, taraqqiy etib kelgan. Zotan, xamma vaqt butun jahon iqtisodiy va ma’naviy xalqlar, millatlar, elatlar, urug’lar va kabilalar tarixi, taqdirlarining o’zaro bog’lanishi, bir-birini boyitishi asosida amalga oshib kelgan.Umuminsoniy qadriyatdar o’zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilishi, dunyodagi ko’plab xalqlar, millatlarning o’tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.Tabiatni muhofaza qilish, ekologik tarbiya va madaniyatni rivojlantirish, insoniyatning sihatsalomatligini ta’minlash, oziq-ovqat, energiya va yonilg’i tanqisligini tugatish, madaniy boyliklarni, tsivilizatsiyani esonomon saqlab qolish, urushlarning boshlanishiga yo’l ko’ymaslik, tinchlikni saqlab qolish — bularning hammasi umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlar va millatlargagina mansub bo’lmay, bashariyatning mulkidir.Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to’ldiradi, mazmunan boyitadi.Umuminsoniy qadriyatlar kishilarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvurlari, taffakkurlari, kelajak orzu-istaklari, e’tiqodlari, axloq qoidalarini o’zida mujassam etgan, hayotda sayqal topgan ma’naviy boylik bo’lib, tarbiyaning tayanch vositalaridan hisoblanadi. Qolaversa, bunday qadriyatlar tarixiy taraqqiyotda hayotda sinalgan, jamiyat taraqqiyotida ahamiyatli ijtimoiy hodisadir.Umuminsoniy qadriyat hayot uchun qimmatli, inson qalbida o’chmas iz qoldiradigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo’llaydigan ma’naviy boylikdir. Umuminsoniy ma’naviy boyliklarga ilm-fan, falsafiy tafakkur yutuqlari, adabiyot, me’morchilik, san’at asarlari, kashfiyot, ixtirolar, ma’naviy madaniyat durdonalari, hurfikrlilik, umuminsoniy axloqiy me’yorlar kiradi.Umuminsoniy qadriyat o’z ijobiy ahamiyatini yo’qotmaydi. Inson ozodligi, Vatan, inson salomatligi, intellektual va aqliy mulklar, vaqt, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalash imkoniyatlari, adolat, mehnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik, tinchtotuvlik, do’stlik, halollik, vatanparvarlik, ota-onani hurmat qilish, farzandlar haqida g’amxo’rlik, vijdon, burch baynalminachlik kabi qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi.Xalqlarning ulug’vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shadigan hissasidadir. Ayni chog’da boshqa bir narsani ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Gap shundaki, milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo’yish, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolarni qaysidir millat va elatning manfaatlariga xilof ravishda hal etishga intilish, milliy manfaat bahonasida milliy xudbinlikni, tekinxo’rlikni olqishlash millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiiy ta’sir o’tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o’rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o’zbek xalqning ham o’ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona va xolisona o’rganish mustaqillik sharoitidagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning shartlaridan biridir.Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabati. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarga bolinadi.Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari va millatlarning o‘zligini belgilaydigan boshqa o‘ziga xos tomonlari yig‘indisidan iboratdir. Bu o‘ziga xoslik moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, xalq amaliy san’ati, xalq o‘yinlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatlarga kiradi. Har qanday millat ijtimoiy-tarixiy birlik sifatida o‘ziga xos, betakror jihatlarga ega. O‘z milliy qadriyatlarining obyekti va subyekti sifatida har bir millat qadriyatlarini rivojlantirib, takomillashtirib boradi. Shu bilan birga o‘zi ham ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarib, yangilanib, rang-barang jihatlar kashf qilib boradi, bu ikkala hususiyat ham milliy qadriyatlarda aks etadi.Milliy qadriyatlar milliy makonda shakllanadi, rang-barang tarzda namoyon bo‘ladi, kishilar ongiga ta’sir qiladi, ular uchun ma’naviy mezonlar rolini o‘ynaydi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida doimiy yangilanib, ya’ni zamonaviylik kasb etib, avloddan-avlodga an’anaviylik asosida o‘tib boradi. Milliy qadriyatlar kishlarning o‘zaro munosabatlari, ijtimoiy faoliyati, xatti-harakatlari hamda ular bilan bog’liq bo‘lgan maqsad, ehtiyoj, qiziqish va intilishlari uchun asos bo‘ladi, moddiy va ma’naviy sohalarda muayyan natijalar, ya’ni milliy-madaniy boyliklar, yutuqlar sifatida namoyon bo‘lishi ham mumkin. Mintaqaviy qadriyatlar bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Masalan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug’lar, dostlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, saxiylik, halol bilan haromni farqlash Markaziy Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar deb barcha insonlarning tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli va manfaatlarida mavjud bo‘lgan tutash, umumiy bo‘lgan zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklarga aytiladi. Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o‘taydi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarningumumlashgan ifodasidir. Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat, inson huquqlari ustunligi, xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash,tabiatni asrash va bohqalar umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. Qadriyatlarning tarix sinovidan o‘tganligi, jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta’siri, inson va xalqlarning maqsad va manfaatlariga to‘g‘ri kelishi, yangiliklarni qabul qilishga tayyorligi va jamiyat taraqqiyotida ahamiyati.Qadriyat [arabcha. qiymat, ahamiyat; qimmatbaho buyumlar; xalq boyligi] - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, moddiy va ma’naviy boyliklar va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Qadriyat - tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan ular uchun foydali ahamiyatli, moddiy – iqtisodiy, madaniy-ma’naviy mafkuraviy, siyosiy huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta’sirida uning qadri, ahamiyati namoyon bo‘ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi. Bahoda teskari munosabat, boshqa bir kishining qadriyat sifatida qaralayotgan obyekt, narsa, hodisa, ideal va boshqaga nisbatan munosabati, uni anglashning biror bir darajasi o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda subyekt qadriyatga munosabatini baho tarzida ifodalaydi. Qadriyatning mazmuni va ahamiyati bahoda to‘la-to‘kis aks etmasligi, turlicha ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab aniqlash qiyin bo‘ladigan hollar ham uchraydi. Masalan, ba’zi narsalar (san’at asarlari, obidalar, yodgorliklar va boshqalar) qadrining nihoyatda balandligi ularga “bebaho” degan sifat berilishiga sabab bo‘ladi. Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri bilan uzviy bog‘liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri to‘g‘ri tushunilmasa, unga to‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Aynan shu ma’noda qadriyatni baholash unga bo‘lgan insoniy munosabatni ham ifodalaydi, bu esa, o‘z navbatida, kishilarning talab-ehtiyojlari va maqsadlari bilan bog‘liqdir. Inson nimanidir baholayotganida va qadrini anglayotganida o‘z ma’naviyati, bilimi, ehtiyojlari, talablari, maqsadlaridan kelib chiqadi, o‘z manfaatlarini ham unutmaydi. Bu ehtiyoj, talab, maqsadlar va biror foyda olishni ko‘zlash ham ma’naviy xususiyatga ega bo‘lganidan, muayyan kishilarning u yoki bu qadriyat, uning qadri va ahamiyati haqidagi fikri (bahosi) muayyan darajada nisbiydir. Kimningdir yoki nimaningdir qadrini baholashda ishtirok etayotgan turli maqsad va ehtiyojga ega bo‘lgan kishilar soni ortgani sari, uning haqiqiy bahosini aniqlash qiyinlashib boraveradi. Xullas, qadr tilimizda xilma-xil ma’noni anglatadi va ma’naviy qiyofamizni ko‘rsatadigan sermazmun tushunchalardan biri hisoblanadi. Qadriyat esa inson va jamiyat ma’nayatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. “Qadriyatshunoslik (aksiologiya)” ning eng asosiy kategoriyasi. Bu kategoriya o‘zida qadriyat asosining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy-aksiologik mazmuni, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Aksiologlar undan har qanday narsa, shu jumladan, insonning ijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalaydigan umumiy va universal kategoriya sifatida foydalanadilar. Qadriyat turli sohadlarda xilma-xil ma’noda qo‘llanadi. Qadriyat so‘zining turfa xil ma’noda ishlatilishi unga berilgan ta’riflarning turlicha bo‘lishiga olib kelgan. Ijtimoiy fanlarning qanday sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan bo‘lsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif beradi. Shunday qilib, qadriyat biror tarzda va shaklda zohir bo‘ladigan, subyekt uchun muayyan ta’sirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari, ko‘rinishlari, narsalar, hodisalar, jarayonlar, munosabatlar, turli sifatlar, xususiyat, axloq va ma’naviylik mezonlari hamda boshqalarning subyekt uchun ijtimoiy ahamiyati va qadrini ifodalaydigan umumiy aksiologik kategoriyadir.Odamlar garchand bitta jamiyatda, bir davrda va o‘xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi.Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri, qarashlari o‘zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘likdir. Turli xil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga mutlaqo zid ko‘rinadigan “yaxshilik” va “yomonlik”, “haqiqat” va “haqsizlik”,“baxt-saodat” va “g‘am-kulfat”, “tadrijiylik” va “inqilobiylik”, “taraqqiyot” va “tanazzul”, “borliq” va “yo‘qlik” kabi tushunchalar hayotning bir-biri bilan qarama-qarshi bog‘langan jihatlarini ifodalaydi. Qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqarorlashtirishga nisbatan intilish kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganda - ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik, tutqunlikda - erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida - sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi. Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona namunalar yo‘q. Qadriyatlarni moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘lish mumkin. Qadriyat shakllari ham ularga mos ravishda tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o‘zaro uyg‘unlikda, qonuniy bog‘lanishda, umumiy aloqadorlikda namoyon buladi. Bunday hollardagi taqpil jarayonida ilmiy bilishning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bo‘lak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish qo‘l keladi. Bunda qadriyat shakllari bog‘langan obyekt, jarayonlarning makon hamda zamonda zohir bo‘lishi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar va aloqalarni o‘rganish, obyektiv asosi, subyektiv jihatdan anglanishi, umumiy, xususiy va alohida jihatlarini tahlil qilish imkoni tug‘iladi. Bu esa qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, bog‘lanish hamda ularning in’ikosi bo‘lgan eng umumiy qadriyat tizimlariga xos xususiyatlarni o‘rganish imkonini beradi. Mustaqillikkacha qadriyatlar mavzusi keng o‘rganilmas edi. Istiqlol davrida bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda, qadriyatlar to‘g‘risidagi fan - qadriyatshunoslik respublikamizdagi ijtimoiy fanlar tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, bu yo‘nalishda tadqiqot va izlanishlar olib borilmoqda, ko‘plab asarlar nashr etilmoqda. Mustaqillik ona-Vatanimizga va xalqimizga inson sifatida hayotdan bahra olib yashashi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib, el-yurt bo‘lib, jahonda o‘z o‘rnini topishiga zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berdi. Bularning bari imkoniyatlar darajasida qolib ketmasligi uchun yoshlarimizni har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‘lib voyaga yetishishi uchun ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan tarixiy, diniy va milliy qadriyatlarimizni o‘zimiz avvalo har tomonlama o‘rganishimiz hamda boshqalarga targ‘ib va tashviq qilishda doimo oldingi safda bo‘lishimiz lozim. Shu bois Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, avvalo, “... milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so‘z bilan aytganda, o‘z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo‘lida xizmat qilmog‘i darkor.” Hozirgi paytda aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik kabi g‘oyalarni tarannum etuvchi mafkuralarga tayanmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan g‘oyalarning rivojlanib borishi insonda juda katta umid-orzular tug‘diradi. Chunki umuminsoniyat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi bunday g‘oyalarning ro‘yobga chiqishi jahon miqyosida tinchlik va taraqqiyot, inson erkinligi, milliy va diniy totuvlikning tantana qilishiga, oxir-oqibatda insonning baxt-saodatga erishuviga olib keladi. Bu esa insoniyatning asriy orzusidir.Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.
Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir.
Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad-riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati xossasi emas, balki uning mohiyati, o‘z navbatida borlikning u yoki bu obyektining yashashi, mavjud bo‘lib turishi uchun tom maʼnodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg‘uularning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo‘layotgan voqealarni, hodisaarni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o‘at qadrli, o‘at muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, u yoki bu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, obyektiv va subyektiv qadriyatlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qadriyatlariga bo‘lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqiqatni, ezgulikni, go‘zallikni ulug‘lovchi qadriyatlarga ajratish mumkin.Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -maʼnaviy taraqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o‘sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari talab va ehtiyojlari o‘z ifodasini topadi. Zamonlar o‘tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va maʼnosi o‘zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, professional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo‘lish mumkin.Insonning qadr - qimmati, shaʼni, or - nomusi, milliy g‘ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi faylasuf tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik, o‘ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, sanʼatida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o‘z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy maʼnaviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevotsita bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o‘tmishi va buguni bilan bog‘liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o‘zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini siyqalashtirib, taraqqiyot jarayonida takomillashtirib turishi maʼnosida o‘z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o‘zgarishlar jarayonida ularni o‘tmishdan kelajakka tamon yetkazib boradigan eng asosiy obyektdir» .Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayilla f tashkil etadi. o‘zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g‘oyalari yotadi. Uzoq tarix davomida o‘zbeklarning o‘zaro munosabatlarida, kundalik turmush tarzida o‘zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o‘zaro hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo‘shnichilik, bolajonlik va ota - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama eʼzozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o‘sha millatga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko‘rsatkichdir.Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqmiz turmush tarziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, tadbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar tarixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalg‘imizning o‘ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayta-qayta taʼkidlashni istardik»

Download 265.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling