Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti (5330600) dasturiy injiniring yo’nalishi


Zero Forobiy aytganidek -”Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe'llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobil


Download 265.26 Kb.
bet5/18
Sana29.03.2023
Hajmi265.26 Kb.
#1305569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Falsafa 2-mustaqil ish

Zero Forobiy aytganidek -”Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe'llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi”.


O‘z-o‘zingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hyech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan.

Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab yetadi. Falsafa dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish demakdir. Insonda mutlaq borliq, insondan tashqarida esa – nisbiy borliq namoyon bo‘ladi.


Darhaqiqat, antik davrdan boshlab insonga bo‘lgan qiziqish dam kuchayib, dam ma'lum vaqt pasayib turgan, lekin hyech qachon yo‘qolmagan. «Inson nima?», degan savol bugungi kunda ham avvalgidek jahon falsafasidagi o‘ta muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda, insoniyatning eng o‘tkir aql-zakovat sohiblari e'tiboridan tushmay va ayni vaqtda o‘zining uzil-kesil, umumiy e'tirof etilgan yechimini topmay kelmoqda.

Inson har safar mutafakkirlar diqqat markazidan o‘rin olar ekan, uning mohiyatini yangi tarixiy sharoitda va yangicha nuqtai nazardan anglab yetishga harakat qilib, uni qayta va qayta yangidan kashf etganlar. Pirovardida, falsafa fanida insondan murakkabroq va ziddiyatliroq predmet yo‘q, desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.


5. Falsafa qonun va kategoriyalariningijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli


Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi, rivojlanishi, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va o‘zaro ta'sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o‘rtasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki ular to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida hamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish qiyin.
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya'ni eng mayda zarrachalardan tortib to yer, Quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o‘zgarish va rivojlanishdadir. Ular o‘rtasida abadiy o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro ta'sir va aloqadorlik mavjud.

Download 265.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling