Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti (5330600) dasturiy injiniring yo’nalishi


Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi


Download 265.26 Kb.
bet9/18
Sana29.03.2023
Hajmi265.26 Kb.
#1305569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Falsafa 2-mustaqil ish

8.Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi
Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi:
Milliy;
Diniy;
Mintaqaviy;
Umuminsoniy turlarga bo‘linadi.
Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi.
Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning qadr-qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi”


bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir.

Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash,



Download 265.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling