Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti axborot xavfsizligi yo`nalishi i-bosqich ax-11-22 guruh talabasi
Falsafaning qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli
Download 251.11 Kb.
|
Falsafa 3-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metod va metodologoya tushunchasi.
Falsafaning qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.
Reja: Metod va metodologoya tushunchasi. Ilmiy metodlar klassifikatsiyasi. Falsafada qonun tushunchasi va uning mohiyati. Falsafiy qonunlar va ularning o`ziga xos xususiyatlari. Falsafiy kategoriyalar mohiyati va xususiyati. Metod va metodologoya tushunchasi. Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. Metod muammosi doimo falsafiy va ilmiy olamning diqqat markazida bo‘lgan. Ayniqsa, hozirgi davrda metodologiyadan turli yo‘nalish va oqimlar, jumladan, fan, falsafa, fenomenologiya, strukturalizm va poststrukturalizm, postpozitivizm va shu kabilarda keng ko‘lamda foydalanilmokda. Ijtimoiy metodologiya hozirgi zamon germenevtikasida mavzularni tahlil qilish nazariyasi va falsafiy konsepsiyalarni o‘rganishda qo‘llanilmoqsa. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi. Har qanday metod ma’lum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi. Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy, tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud.Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.Usullarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. Dialektika (yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushuniladir. Umuman olganda, dialektik metodga ko‘ra, agar ob’ektiv olamda doimiy rivojlanish, paydo bo‘lish va yo‘qolish, hodisalarning o‘zaro bir-biriga o‘tishi bo‘lar ekan, unda tushuncha, kategoriya va tafakkurning mavjud shakllari, harakatchan, o‘zaro bog‘liqlikda, ziddiyatlar birligida bo‘lib, rivojlanuvchi real haqiqatni to‘g‘ri aks ettirishi kerak. Shuning uchun dialektikaning asosiy tamoyili tarixiylik bo‘lib, u predmetning doimiy rivojlanishda, o‘zgarishda va harakatdaligini ifodalaydi. Bizni o‘rab turgan olam yagona bir butunlik, aniq tizim bo‘lib, bir-biri bilan uzviy bog‘liq predmetlar xilma-xilligi yagonalikda, bir-biri bilan o‘zaro ta’sir va o‘zaro uzviy bog‘liqliqda namoyon bo‘ladi. Shunga mos ravishda dialektikaning yana bir tamoyiliga ko‘ra, har qanday narsani faqat undagi ichki va tashqi tomonlar mujassamligini tadqiq qilgandagina, to‘g‘ri tushunish mumkin. Download 251.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling