«Case studies» tipiga mansub, ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual sub’ektlarni, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish nazarda tutiladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni shartlarning pirovard to‘plami, hayotiy vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi. 3.Falsafada qonun tushunchasi va uning mohiyati. Falsafiy qonunlar va ularning o`ziga xos xususiyatlari.
Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi. Odatda, bu olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat chekishni talab etuvchi juda og‘ir ishdir. Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko‘p sonli to‘plamlariga tayanishiga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi va umumlashtirilishi lozimki, hodisalarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash imkonini beradigan tizim sifatida namoyon bo‘lsin. SHunday so‘ng elementlarning rang-barang munosabatlari orasida tizimning va tizim ayrim elementlarining har qanday o‘zgarishlarida saqlanib qoluvchi umumiy, o‘zgarmas, invariant aloqalarni aniqlash talab etiladi. Qonun – tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa. Ularning uchta turi mavjud.Voqelik qonunlari bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’iy nazar mavjud va amal qiladi. Fan qonunlari odamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining ongimizdagi in’ikosi hisoblanadi. Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jismning, og‘irlik kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan Arximed qonuni noinvariantdir: ular mavjud bo‘lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu erda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‘irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim hollarda esa – u cho‘kib ketadi. Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o‘zgartirib, ulardan o‘zlari istagan natijalarga erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Yangi bazis sharoitlarni yaratish yo‘li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal qilishini to‘xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar. Hodisalarning muntazamligi, takroriyligida qonunlarning amal qilishi (shuningdek fenomenlogik qonun, empirik bog‘lanish) qonuniyat-deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |