Qarshi halqaro universiteti
Download 289.68 Kb.
|
Majmua.Tarbiya nazariyasi va metodikasi
1. «An`anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri eramizdan oldingi ikki
ming yillikning so`nggi choragi va birinchi ming yillik boshlariga to`g`ri keladi. Bu davr jamiyat barcha tomonlarining o`sishi va o`zgarishiga asos bo`lgan yangicha ijtimoiy munosabat, mezonlarning qaror topishi bilan bog`liq. Bu davr ijtimoiy- siyosiy o`zgarishlarga mos keladigan, an`anaviy qadriyatlar mezoni hisoblangan «Avesto» yozma yodgorligi bilan uzviy bog`liq. Bu davrda nisbatan tor doiradagi hududlar, urug` va qabilalar manfaatlariga mos kelgan qadriyatlar mezoni o`rniga keng doiradagi hududlar va elatlar mushtarak manfaatlarining izchil ifodasi bo`lib, ibtidoiy ko`p xudolik (poleteistik) tasavvurlar o`rniga yakka xudolik (monoteistik) tasavvurlarning qaror topa boshlaganligini ko`ramiz. Mazkur jarayonning ilk bosqichlarida nisbatan kengroq hududlarda istiqomat qiluv-chi urug` va qabilalarning umumiy manfaatlarini ifoda etuvchi obrazlarning yaratilishiga kuchli ehtiyoj sezilgan. Qabilalar o`rtasida umume`tirof etilgan dastlabki obraz «Hamma narsani ko`rib turuvchi, hamma narsadan xabardor, ming ko`zli va ming qulog`i bor, qabilalar o`rtasidagi kelishilgan shartnoma talablarining bajarili-shini qattiq nazorat qiluvchi adolat tarozisini qo`lida tutgan quyosh timsolidagi «mitra» bo`lib shakllandi. Umuman, o`sha davr uchun o`ta muhim bo`lgan narsa qabilalar o`rtasidagi umumiy an`anaviy axloqiy normalarni qaror toptirish va unga izchil amal qilish zaruriy ehtiyojga alanadi. CHunki Irtish-Urol hududlaridagi yuzlab qabilalar o`rtasida umumiy kelishuv (shartnoma)lar tuzilib, unga qat`iy rioya qilmasdan turib, tabiatning injiqliklariga birgalikda (hamjihat-likda) kurash olib borish, boshqa hudud qabilalaridan o`z hududlarini himoya qilishning imkoni yo`q edi. \«Avesto» ta`limotidagi an`anaviy qadriyatlar mezoni to`la sof diniy- mifologik mazmun bilan cheklanib qolmasdan, balki shu bilan birga ijtimoiy muhit talablarini ham, tabiiy hodisalarni o`rganish asnosida vujudga kelgan bilimlarga ham suyanadigan dunyoviy harakterga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, yovuz dev Axrimon odamlarga dahshat urug`ini sochish uchun o`n ming turdagi kasalliklarni yuboradi. Unga qarshi ezgulik tangrisi Axura Mazda 9999 ta kasallikning davosini tabiatdagi narsa-hodisalar (jonsiz, tirik va o`simliklar) dunyosining xossalari, sifatlari ko`rinishda odamlar uchun yaratadi. Odamlar tabiatni chuqur o`rganishlari orqali mazkur shifobaxsh xossa va sifatlarni ajratib olib, o`z dardlariga shifo topgan-lar. eng muhimi, tabiatni o`rganish orqali ortirilgan bilimlar qadriyat darajasiga ko`tarilgan. SHundan bo`lsa kerak, Otashparastlar qadimda, hatto o`rta asrlarda ham 3 ta narsa bilan mashhur bo`lganlar: 1) sehrgarlik; 2) tabobat ilmida; 3) vinochilik bilan shuhrat qozonganlar. Bu fazilat-larning uchalasi asosida ham tabiatni chuqur o`rganish yotganligini ko`ramiz. Download 289.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling