Qarshi halqaro universiteti
Download 289.68 Kb.
|
Majmua.Tarbiya nazariyasi va metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Xalq madaniyati
- 3. Ommaviy madaniyat
- 1. Submadaniyat
2. An`anaviy qadriyatlarni saralashning ikkinchi davri Islom dinining
tarqalishi bilan bog`liq. Har qanday g`oyalar tizimi o`z davri jamiyatining ijtimoiy talablari asosida vujudga kelib ijtimoiy taraq-qiyotning keyingi davr ijtimoiy muhit talablariga javob berolmay qolishi bu hech mubolag`asiz ijtimoiy qonuniyatdir. Insoniyatga va uning keyingi taraqqiyotini yangi-yangi mezonlar bilan ta`minlagan yozma yodgorligidagi 2. Xalq madaniyati - maxsus tayyorgarligi bo`lmagan shaxslar tomoni-dan bunyod bo`lgan madaniyat qadriyatlaridir. Xalq ijodining mualliflari, odatda noma`lumdir. Jumladan, afsonalar, ertaklar, dostonlar («Go`ro`g`li», «Alpomish» va h.k.), xalq o`yinlari, kuy-qo`shiqlari (laparlar) va boshqa. Ijrosiga ko`ra xalq madaniyati elementlari yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (qo`shiq yoki o`yin ijrosi) yoki ommaviy (masalan, sayillar, xalq bayramlari) ko`rinishga ega bo`lishi mumkin. 3. Ommaviy madaniyat - XX asr o`rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun etarli bo`lishi natijasida shakllangan va mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo`lgan madaniyat namunalari (ommaviy estrada musiqasi, tsirk va h.k.) qadriyatlaridir. Ommaviy madaniyat odatda kiborlar yoki xalq madaniyat qadriyatlariga nisbatan kamroq badiiy qadrga ega va u ommaviy iste`molga mo`ljallab madaniy qadriyatlarni ishlab chiqishni ifodalaydi hamda u industrial jamiyatlarga xosdir. Ommaviy madaniyat barcha odamlarga qaratilgan bo`lib, muttasil ravishda kundalik hayot uchun ishlab chiqiladi va ommaviy muomala vositalari faoliyatida yorqin namoyon bo`ladi. Bundan tashqari madaniy qadriyatlarning 2 xili mavjud: 1. Submada-niyat. 2. Kontrmadaniyat. 1. Submadaniyat - (lot. atrofida, ostida va madaniyat) - har bir ijtimoiy guruh va avlodga xos bo`lgan, jamiyatdagi hukmron madaniyatdan farqlanuvchi madaniyat olami (masalan, yoshlar submadaniyati, milliy guruhlar, qariyalar, jinoiy guruhlar submadaniyatlari va h.k.). Submadaniyat hukmron madaniyatdan tili, kiyinishi, odatlar va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. YOlg`iz odamlar, sport bilan shug`ullanuvchilar, tilanchilar, o`g`rilar, kar-soqovlar va boshqa o`z madaniyatiga egadirlar. Turli ijtimoiy tabaqa vakillari farzandlari ham o`zaro farqlanadilar - ular turli maktabga qatnaydilar, turli kitoblar o`qishadi va h.k. Download 289.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling