Qarshi halqaro universiteti


Download 289.68 Kb.
bet67/91
Sana13.01.2023
Hajmi289.68 Kb.
#1090149
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Bog'liq
Majmua.Tarbiya nazariyasi va metodikasi

Jami

60

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi. Talabalar tomonidan mustaqil ishlar tayyorlanayotganda ular e’tiborini ilg‘or xorij tajribasi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarning asoslarini bog‘lash, tahlil etish, o‘z fikrlarini hayotiy misollar bilan yoritishga yo‘naltiriladi



GLOSSARIY
An'anaviy ta'lim - markazida o'qituvchi turadi deb yuqorida qayd qildik, o'quvchi esa o'z tinglaganlarini, ta'kidlab aytamiz o'qituvchi tomonidan bayon qilinganlarni esda saqlash va xotiralashga harakat qiladi.
Avtoritar qobiliyat – o'quvchilarga bevosita ta'sir ko'rsatish va shu asosda obro' qozona olish.
Amaliy mashg’ulot - o’quv ishlarining mantiqiy davomi bo’lib, bu termin talabalarning mustaqil auditoriya ishlarining umumiy tushunchasi hisoblanadi. Agar ma‘ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo’lsa, amaliy mashg’ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg’ulotlar talabalarning bilimini sinashga xizmat qiladi.
Amaliyot - bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o’zgartirish, yaratish, - bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi.
Amaliyot – ta‘lim shakllaridan yana biri bo’lib, unda talaba oliy o’quv yurtida olgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq etadi. Amaliyot talaba uchun kelajak ish faoliyatida ilk qadami bo’lib, shu amaliyot davomida talaba oliy o’quv yurtida olgan bilimlarini qanchalik amaliyotga qo’llay olishini o’z nuqtai nazaridan ham baholaydi va bu orqali unda kelajagini tasavvur qilishga imkon yaraladi.
Anketa metodi - anketa fransuzcha so'z bo'lib, tekshirish degan ma'noni anglatadi. Anketa metodi o'quvchilardan so'rash metodi bo'lib, u o'quvchilar tarkibining sifati to'g'risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo'llashni belgilash uchun ma'lum bir shaklda o'tkaziladi.
Attestasiya - oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik sifati va darajasini, Davlat ta'lim standartlari talablari mazmuniga mosligini belgilovchi jarayon.

Download 289.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling