Qarshi halqaro universiteti
Download 289.68 Kb.
|
Majmua.Tarbiya nazariyasi va metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy qayta tayyorlash
Ijtimoiy pedagogika - barcha yoshdagi fuqarolarni tarbiyalashning zama'naviy imkoniyatlari, vositalari va manbalarini o'rganadi.
Kasbga yo’naltirish tizimi - Shaxsga kasbni va uning Shaxsiy sifatlarini o’rganishda yordam beruvchi maqsadlar, mohiyat va printsiplar, uslub va vositalar birligidir. Kasbga yo’naltirish barcha o’quv tarbiya ishlari bilan bog’lab olib boriladi. Kasbiy qayta tayyorlash - O'quv fani va kursi bo'yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va etarli hajmda yangi bilimlar, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish. «Klaster» - (axborotni yoyish) metodi. Bu metod pedagogik jarayonning didaktik strategiyasining muayyan shakli bo'lib, ta'lim oluvchilarga o'rganilayotgan mavzu bo'yicha bir necha g'oyalar bo'yicha yagona tuzilmani yaratishga qaratilgan. Darhaqiqat «Klaster» inglizcha so'z bo'lib (cluster) bosh, bir shingil, bog'lam ma'nosini anglatadi. U matn yoki mavzuning aniq ma'noni anglatuvchi birliklarga ajratish, ularning bir bosh uzum shaklida joylashtirishga yo'nalganligi sababli fikrlarni uyg'otish, ma'lum g'oyalar o'rtasidagi aloqalar, bog'liqliklarni aniqlashga chorlaydi. Kuzatish - o’rganish lozim bo’lgan pedagogik hodisani ma‘lum maqsad nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish ob‘ektiga oid bo’lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish aniq belgilangan reja asosida olib boriladi. Kurs ishi – oliy maktab o’quv rejasida qayd qilingan ta‘lim berishning shakllaridan biri. Kurs ishlari biror fanning nazariy kursi tugallangandan so’ng amalga oshiriladi. Ta‘lim berishning bu turi talabalarning ilm olish davrida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, nazariy bilimlarini qanchalik amaliyot bilan bog’lay olishi negizida paydo bo’ladi. Loyiha - (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g'oya, ma'lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo'llarini belgilab beruvchi g'oyalar, fikrlar, obrazlardir. Download 289.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling