Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Download 386.92 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2023
Hajmi386.92 Kb.
#1401799
  1   2
Bog'liq
1-MUSTAQIL TALIM TOPSHIRIRG 1





QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI

________________________________________


_________ kurs ______________ guruh talabasi
_____________________________________ning

MUSTAQIL ISHI

BAJARDI: _______________________


TEKSHIRDI:_____________________

QARSHI-2023



TARIXIY GEOGRAFIYANING METODI, PREDMETI VA VAZIFALARI.
Re j a :
Kirish.

  1. Tarixiy geografiya fanining predmeti va vazifalari

  2. Tarixit geografiyaning metodlari

  3. Tarixiy geografik tadqiqotlar tarixi

O’rta asrlar davri uchun esa boy yozma meros mavjud bo’lib, ular asosan arab-fors va turkiy tillarda yozilgan. Tabiiyki tarixiy-geografik ma`lumotlar 1-chi navbatda geografik va tarixiy-geografik asarlardan ko’proq o’rin olgan bo’ladi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning "Kitob sur`at al-arz", Abu Zayd Balxiy al-Istaxriy va ibn Xavkal qalamiga mansub "Kitob al-masolik va-l mamolik", muallifi noma`lum "Hudud ul-olam", Najib Bakronning "Jahonnoma", Sam`oniy-ning "Kitob al-ansob", Xamdallox Mustavfiy Kazviniyning "Nuzxat al-kulub" (XI), Xofizi Abruning "Geografiya", Zahiriddin Muhammad Boburning "Bobur-noma" (XVI), Ruzbixon Isfaxoniyning "Mehmonnomai Buxoro" (XI), Amin Ahmad Roziyning "Xaft iqlim" (XI), Sulton Muhammad Balxiyning "Majma` al-g’aroyib" (XI), Abulg`oziyning "Shajarai tarokima" (XVI1) va "Shajarai turk" (XII) Muhammad Tohirning "Ajoyib at-tabakot" (XII) Mahmud ibn Valiyning "Baxr ul-asror" (XII)


Xudoyberdi ibn Qushmuhammadning "Dil g`aroib" (XIX), Muhammad Soliqxo’janing "Tarixi jadidayi Toshkand" (XIX) kabi asarlari ana shular jumlasidandir. Qayd etilgan manbalarda O’rta Osiyoning keyingi ming yillikdagi tarixiy geografiyasi qamrab olingan va ulardan o’lkaning tog`, vodiy, dasht va cho’llari, ma`danlari, suvlari, o’simliklari, hayvonot olami, siyosiy-ma`muriy tarkibi, etnik holati, shahar va qishloqlari, xo’jaligi, xalqaro munosabatlari geografiyasi haqida ma`lumotlar olsa bo’ladi. Shu bilan birga tarixiy geografik tadqiqotlar uchun tarixiy va boshqa mavzularga oid asarlar ham foydalidir.
Markaziy Osiyo sayoramizdagi tabiati murakkab va madaniyati qadimiy yilkalardan bo’lib, uning tarixiy geografiyasini bitta ilmiy tadqiqotda qamrab olish mushkuldir.
Biz hammamiz maktabda O`zbekistonning, dunyoning fizik, tarixiy geografiyasini o’rganamiz. Tarixiy geografiya nimasi bilan farqlanadi. Hatto nomidan ham bo’linib turibdiki, bu fan o’tgan davrlarning iqtisodiy va siyosiy geografiyasini o’rganuvchi fandir. Bu fan "Geografiya tarixi" fanidan farqli o’laroq (Geografiya tarixi fani geografiya fanining paydo bo’lishidan, to rivojlanishiga qadar o’rganadi) jamiyatning turli davrlarda rivojlanish sharoitini o’rganuvchi aniq geografiyani tashkil etadi. Tarixiy geografiya alohida tuman-lardagi ishlab chiqarishning turli davrlarda o’sish haqidagi ma`lumotlarni aniqlashtiradi. Yoki tarixiy muhim voqea-hodisalarning bo’lib o’tgan joylarini, geografik shart-sharoitlarini o’rganadi. Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o’ganadi, ammo shu bilan birga uni geografiya fanidan ham ajratib bo’lmaydi, chunki geografiya fanida ochilayotgan yangi ilmiy ma`lumotlar tarixiy geografiya fani uchun juda muhimdir.
Tarixiy geografiya fanining materiallari tarixiy kartografiya fanining asosi bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy geografiya fanining rivojlanishi esa, tarix fanining rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir.

Download 386.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling