muvozanati63
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda AD
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y2 deb hisoblasak, aksincha, ASYuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasida yalpi talabning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o‘zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig‘ini AS egri chizig‘ining vertikal kesmasida o‘zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat baholar darajasi o‘zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o‘zgarishi faqat baholar darajasi o‘zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‘liq bandlik sharoitida o‘zgarmay qoladi.
9.5-rasm. Yalpi taklif o‘zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri
Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o‘sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko‘payishi talab inflatsiyasi mavjudligini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif o‘zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajalariga ta’sirini 9.5-rasm misolida ko‘rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko‘tariladi, ya’ni stagflyasiya ro‘y beradi.
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog‘liq bo‘lmagan omillardan birortasi o‘zgarib, yalpi taklifning o‘zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, yerning bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig‘i AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o‘sish holati ro‘y beradi.
Yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim
mamlakatlar, masalan AQSHda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi”64.
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar hajmi o‘rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi.
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag‘batlantirisho‘ yoki cheklash siyosati, shuningdek, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosati qo‘llaniladi.
Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining ko‘rinishlariga daromadlarni o‘stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzxonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash va h.k. choralar ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |