Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Elektronika va avtomatika” fakulteti


Download 19.76 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1621815
Bog'liq
15A-bayonnoma 03.04.23


Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Elektronika va avtomatika” fakulteti
Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-о‘qituvchilarining
yig‘ilishi 15A-sonli bayonnomasi


2023 yil 03 aprel Qarshi shahri


Qatnashdilar: Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.N.Uzoqov, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri-dots. X.X.Nekboyev, “Axborot texnologiyalari” kafedra professor o‘qituvchilari (14 ta), “TJA va B” kafedrasi mudiri A.Jo‘rayev va “TJA va B” kafedrasi professor o‘qituvchilari (14 ta).


KUN TARTIBI:


  1. Institut miqyosida xalqaro IT sertifikat olgan yoshlar sonini oshirish.

  2. Institut startap loyihalarini ishlab chiqish va grant loyihalarda ishtirok etish.

  3. Kafedralar miqyosida xo‘jalik shartnomalari miqdorini oshirish.




  1. Institut miqyosida xalqaro IT sertifikat olgan yoshlar sonini oshirish.

Tinglandi:
Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.N.Uzoqov so’zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son Qarori hamda viloyat hokimining 2023-yil 19-fevraldagi “2023 yilda viloyatda IT-xizmatlari hajmini oshirish, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish, yoshlarni IT-sohasida o‘qitish bo‘yicha” 01-05/770-sonli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligini ta’kidlab o‘tdi. Ushbu chora-tadbirlar rejasida viloyatdagi xalqaro IT-sertifikat olgan yoshlar sonini 2022-yilda 500 nafarga yetkanligi va 2023 yilda viloyatdagi xalqaro IT-sertifikat olgan yoshlar sonini 3000 nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan, jumladan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti miqyosida xalqaro IT-sertifikat olgan yoshlar sonini 100 taga yetkazish nazarda tutilgan.
IT park Qashqadaryo viloyat hududiy filiali mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, xalqaro IT-sertifikat olish tartibi bilan tanishtirib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 310-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni IT sohasida salohiyatini oshirish bo‘yicha xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50% gacha xarajatlarini qoplash tizimi joriy etilganligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, IT park Qashqadaryo viloyat hududiy filiali mas’ul xodimlari ushbu tizimning bajarilish mexanizmi, kompensatsiya olish shartlari, xarajatlarni qoplash darajalari, xalqaro IT-sertifikat xarajatlari qoplab berilgan yoshlar soni, xalqaro IT-sertifikatlar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tdi. Coursera platformasi va unda mavjud kasbiy va yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud kurslar haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.
Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.N.Uzoqov so‘zga chiqdi. Institut miqyosida xalqaro IT-sertifikat olgan PO‘larning oylik ish haqlariga 10% ustama hamda sertifikat asosida talabalarga dars mashg’ulotlari olib boradigan PO‘larga yana qo‘shimcha 10% ustama belgilanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, yig‘ilish
QAROR QILADI:

  1. Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.N.Uzoqov va IT park Qashqadaryo viloyat hududiy filiali mas’ul xodimlari tomonidan berilgan axborot ma’lumot sifatida qabul qilinsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-357-son Qarori hamda viloyat hokimining 01-05/770-sonli chora-tadbirlar rejasi vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash kafedralar professor-o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilsin.

  3. Ushbu qarorlarning ijrosini nazorat qilish kafedra mudirlari zimmasida qoldirilsin.




  1. Institut startap loyihalarini ishlab chiqish va grant loyihalarda ishtirok etish.

Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.N.Uzoqov so’zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-357-son Qarori hamda viloyat hokimining
01-05/770-sonli chora-tadbirlar rejasini ta’kidlab o‘tdi. Ushbu chora-tadbirlar rejasida viloyatdagi startap loyihalarni moliyalashtirish hajmini 3.5 mlrd. so‘mdan oshirish ko‘zda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarida startap loyihalarini 50 taga yetkazish va 20 ta loyihalarni moliyalashtirish erishish, jumladan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti miqyosida startap loyihalarini
15 taga yetkazish
nazarda tutilgan.


Kafedra mudiri: dots. X.X.Nekboyev


Yig‘ilish kotibi: H.Xoliyorova
Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling